73
5.
Soliq to‘lovchiga ShK ochish uchun asos bo‘lib soliq to‘lovchi tomonidan
DSIga soliq majburiyatlari bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotlari,
tekshirish
natijalarida soliq va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha qo‘shimcha
(kamaytirishga) hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yoki soliq
to‘lovchi tomonidan to‘langan to‘lov topshiriqnomalari hisoblanadi.
6.
«Fuqarolarning Davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati
paydo bo‘lgan soliq to‘lovchilarga tuman (shahar) Ijtimoiy ta‘minot bo‘limidan
ma‘lumot kelib tushgan kundan so‘ng, 3 ish kunidan oshmagan muddatda
ShKlar
ochiladi.
7.
Yuridik manzili o‘zgarganligi sababli, boshqa tuman (shahar)dan kelgan soliq
to‘lovchilarga ma‘lumot kelib tushgan kundan so‘ng, 1 ish kunidan oshmagan
muddatda Kameral nazorat bo‘limi tomonidan Soliqlar va majburiy to‘lovlar
tushumlarini hisobga olish,
tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish
bo‘limiga
DSI
boshlig‘ining
munosabat
belgisi
bilan
bildirgi
berilgandan
so‘ng,
bir
ish
kunida
ma‘lumotlar
bazasi administratori elektron fayllarni ma‘lumotlar bazasiga qabul qilib tegishli
ShKlarni ochadi.
8.
Ma‘lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga olingan soliq to‘lovchi
boshqa tuman (shahar) hududida soliq solish ob‘ekti va soliq solish bilan bog‘liq
ob‘ektga ega bo‘lgan taqdirda, soliq solish ob‘ektidan kelib chiqib belgilangan
tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha ShKlar
ochiladi.
Yuridik shaxslarning
ShKlaridagi mavjud barcha soliq va majburiy to‘lov
turlari bo‘yicha hisobot yilining yil oxiriga qoldiq (joriy va alohida hisobi
yuritilgan va to‘lash muddati uzaytirilgan soliq qarzi va penyasi,
penya
hisoblanmaydigan soliq qarzi, ortiqcha to‘langan summasi, shu jumladan QQS
bo‘yicha manfiy qoldig‘i, qo‘llanilgan moliyaviy jarimaning undirilmasdan qolgan
qismi) summalari keyingi yilning yil boshiga qoldiq summasi sifatida soliq
74
to‘lovchining shu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha
ochilgan
yangi ShKlariga dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
1.Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ShKdagi o‘tgan yil oxiriga qoldiq
summasi hisobot yili boshiga ShKning tegishli «qoldiq» (saldo) qatorining
«soliq qarzi», «penya», «ortiqcha to‘langan summa», «shu jumladan QQS
bo‘yicha manfiy qoldiq» hamda «penya hisoblanmaydigan soliq qarzi miqdori»
(ChSNNKNNP) ustunlarida aks ettiriladi.
2.Ma‘lumotlar bazasidan barcha soliq to‘lovchilarning
ShKlaridagi qoldiq
summalarni yildan-yilga dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o‘tkazish
vakolati davlat soliq xizmati organlari ma‘lumotlar bazasi administratoriga
beriladi.
3.Soliq to‘lovchilarning ShKsidagi hisobot yili oxiriga qoldiq summalarini keyingi
yilning boshiga qoldiq summalari sifatida o‘tkazish soliq organida hisobga
qo‘yilgan barcha soliq to‘lovchilar bo‘yicha amalga oshiriladi.
4.Yangi hisobga qo‘yilgan soliq to‘lovchilarning ShKlarida hisobga qo‘yilgan yil
boshidagi qoldiq summa sifatida – «nol» aks ettiriladi.
5.Yuridik manzili o‘zgarganligi munosabati bilan qayta hisobga qo‘yilgan soliq
to‘lovchilarga ochiladigan ShKda qoldiq summalar sifatida avval ro‘yxatda
bo‘lgan tuman (shahar) soliq organida «shaxsiy kartochkani uzatish»
operastiyasi amalga oshirilgan sanasi bilan ShKdagi
mavjud qoldiq summalari
aks ettiriladi.
6.Ma‘lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga qo‘yilgan bo‘lib, ikkinchi bir
tuman (shahar) hududida soliq solish ob‘ekti paydo bo‘lgan sanadan boshlab,
ushbu DSI bazasida soliq to‘lovchilar ShKsida yil boshiga qoldiq summa
sifatida «nol» aks ettiriladi.
7.Soliq to‘lovchining o‘tgan yil uchun ShKsida yil boshiga oldingi yildan
o‘tkazilgan qoldiq summalar noto‘g‘riligi
aniqlangan taqdirda, uni to‘g‘rilab
o‘zgartirish kiritish faqat tegishli hujjatlar asosida ma‘lumotlar bazasi
adminstratori ishtirokida Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga
olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i
75
tomonidan
DSI
boshlig‘i
nomiga
yozilgan bildirishnomaga qo‘yilgan munosabat
belgisi asosida amalga
oshiriladi.
10.Soliq qarzini undirish maqsadida tayyorlanadigan inkasso topshiriqnomalari,
soliq to‘lovchi tomonidan taqdim qilingan bankda 2-sonli kartotekaga qo‘yilgan
to‘lov topshiriqnomalari, xulosalar reestrlarida ham ushbu hujjatlarni
tayyorlagan mas‘ul xodimning ismi sharifi qayd qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: