soliq hisobotlari
Adliya
vazirligida 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro‘yxatga olingan Moliya vazirligi va
Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 4 martdagi ―Soliq hisobotining shakllarini
tasdiqlash to‘g‘risida‖gi 23, 2013-8-sonli qarorlariga muvofiq tasdiqlangan
shakllarda va Soliq kodeksiga asosan belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobot korxona faoliyatining
yakuniy natijalariga ta‘sir ko‘rsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati
123
ilova qilinishi lozim (Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda 1209-son bilan
ro‘yxatga olingan ―Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalar‖ga
muvofiq).
Soliq
to‘lovchilar
tomonidan
davlat
soliq
xizmati
organlariga
moliyaviy
va
soliq
hisobotlarni
taqdim
etish
tartibi va muddatlari.
Kameral nazorat o‘tkazishda birinchi navbatda soliq to‘lovchilar tomonidan
moliyaviy va soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etilishi o‘rganiladi.
Bunda, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy, soliq va
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq hisobotlarini topshirishning Soliq
kodeksida belgilangan muddatlari bilan haqiqatda taqdim etilgan sanalarni
taqqoslash yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish sanalari
quyidagicha belgilangan:
soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda - soliq
hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana;
soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda - aloqa
tashkilotining tamg‘asida ko‘rsatilgan, pochta jo‘natmasi jo‘natilgan sana;
soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda - elektron hujjat davlat
soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.
Soliq hisobotlari shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda soliq
hisobotini qabul qilib olishni rad etish mumkin emas hamda soliq to‘lovchining
talabiga binoan soliq hisobotining nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana
to‘g‘risida belgi qo‘yilishi shart.
Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat
tarzida qabul qilib olinganda soliq to‘lovchiga elektron tarzdagi hisobot qabul qilib
olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborilishi shart.
Adliya vazirligida 2000 yil 3 iyulda 942-raqam bilan ro‘yxatga olingan
―Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida‖gi
Nizomga muvofiq vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsernlar va
124
davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar uchun umumlashtirilgan choraklik va
yillik hisobotlarni taqdim etishning quyidagi muddatlari belgilangan:
choraklik hisobotlar uchun hisobot choragi tugagandan so‘ng 40 (qirq) kun
mobaynida;
yillik hisobotlar uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan
kechiktirmay.
Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar va chet el firmalarining
vakolatxonalari uchun yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddati hisobot
yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni
quyidagi muddatlarda taqdim etadilar:
choraklik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot choragidan keyingi oyning 25
sanasiga qadar;
yillik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15
fevralidan kechiktirmay.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat yillik moliyaviy hisobotini hisobot
yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadilar (Adliya
vazirligida 2000 yil 3 iyulda 942-son bilan ro‘yxatga olingan nizomning 4-bandi).
Soliq to‘lovchilar oylik soliq hisobotlarini har oy yakuni bo‘yicha Soliq
kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning
mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.
Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim
etilmagan deb hisoblanadi, agar unda:
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri
ko‘rsatilgan bo‘lsa;
soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi
ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
Soliq to‘lovchi tomonidan belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim
etilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan e‘tiboran
125
3 (uch) kun ichida bu haqda soliq to‘lovchiga yozma bildirgi yuboradi va aniq fikr-
mulohazalarni ko‘rsatgan holda uni yakuniga etkazish uchun qaytaradi.
Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan
muddati tugagunga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq to‘lovchiga nisbatan
javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
Davlat
soliq
xizmati
organlariga
taqdim
etilgan
moliyaviy
va
soliq
hisobotlari
bo‘yicha
kameral
nazorat
o‘tkazishni tashkil etish.
Davlat
soliq
xizmati
organlariga
taqdim
etilgan
moliyaviy
va soliq hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirilishini tekshirish:
Bunda, soliq to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga
topshirilishi lozim bo‘lgan soliq hisobotlari o‘rganilganda:
moliyaviy va soliq hisobotlarini davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish
muddatlariga amal qilinishi;
soliq to‘lovchilar soliq solishning qaysi toifasiga mansubligi;
moliyaviy hamda soliq hisobotlarining (soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning har bir turi bo‘yicha) to‘liqligi;
hisobotlarda mansabdor shaxslarning imzosi va soliq to‘lovchining muhri
(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) mavjudligi;
hisobotlarning barcha majburiy rekvizitlari to‘ldirilishi (soliq to‘lovchilarning
identifikatsiya raqami, pochta manzili, sanasi va sh.k.);
soliq davri ko‘rsatilishi, soliq hisoboti shakllarida nazarda tutilgan barcha
ko‘rsatkichlarning, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
summalarining to‘ldirilishi;
moliyaviy va soliq hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirilganligi o‘rganilayotganda,
ushbu hisobotlarni to‘ldirishda Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda 1209-son
bilan ro‘yxatga olingan ―Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha
qoidalar‖ga rioya qilinganligi o‘rganiladi.
126
Moliyaviy va soliq hisobotlardagi raqamlarni shakl va ma‘lumotlardagi
raqamlar bilan bir-biriga muvofiqligini tekshirish:
- moliyaviy
va
soliq
hisobotlaridagi
raqamlarni
shakl
va ma‘lumotlardagi raqamlar bilan bir-biriga muvofiqligini tekshirishda,
quyidagilarning to‘g‘riligi tekshiriladi:
ko‘rsatkichlarning arifmetik hisob-kitobi;
ilova va ma‘lumotlardagi ko‘rsatkichlarning asosiy hisob-kitobga to‘g‘ri
o‘tkazilishi;
- moliyaviy va soliq hisobotining barcha shakllarida ko‘rsatilgan tegishli
ko‘rsatkichlarning bir xilligini o‘rganish taqdim etilgan moliyaviy va soliq
hisobotlarning har bir shakllaridagi o‘xshash ko‘rsatkichlarni taqqoslash yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Bunda:
sof
tushum
miqdori
(―Moliyaviy
natijalar
to‘g‘risida
hisobot‖
2-son shakl (010-qator))ning yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-
kitobidagi (5-ilovaning 010-qatori, 10-ilovaning 010-qatori), qo‘shilgan qiymat
solig‘i
hisob-kitobidagi
(2-ilovaning
010-qatori,
4-ilovaning 010-qatori), byudjetdan tashqari majburiy ajratmalar hisob-kitobidagi
(010-qator), yagona soliq to‘lovi hisob-kitobidagi (hisob-kitobning va 6-ilovasining
010-qatori) xuddi shunday ko‘rsatkichlar bilan muvofiqligi. Bundan tashqari davlat
maqsadli jamg‘armalar bo‘yicha faoliyat turlariga qarab ―Moliyaviy natijalar
to‘g‘risida hisobot‖ 2-son shakl ko‘rsatkichlari bilan solishtirish;
―Moliyaviy
natijalar
to‘g‘risidagi
hisobot‖
2-son
shakldagi
(240-qator) foyda solig‘i to‘lashga qadar foyda (zarar) miqdorining foyda solig‘i
hisob-kitobidagi (010-qator) solishtirish;
yil boshidan daromad olgan jismoniy shaxslar, jismoniy shaxslarning
daromadiga solinadigan soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini ―hisoblangan va haqiqatda
to‘langan daromadlar hamda jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini ushlanib
qolgan summalari haqida‖gi soliq hisoboti shakllariga muvofiq ishlovchilar soni
(001 qator) asosiy ish joyi bo‘yicha ishlovchilar (002 qator) shu jumladan
127
o‘rindoshlar (003 qator), o‘tgan davrdagi (oldingi hisobotdagi) jismoniy shaxslar
soni bilan taqqoslab, uning o‘sish yoki kamayish sabablariga aniqlik kiritish,
korxonada ishlovchilar soni ishlab chiqarish hajmi va faoliyat turiga mosligi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va jamg‘arib boriladigan
pensiya badali bo‘yicha hisobot davri boshiga qarzdorlik summasi, oldingi
hisobotdagi hisobot davri oxiriga qarzdorlik summasiga muvofiqligi;
buxgalteriya balansining 1-son shakl hisobotdagi debitorlik va kreditorlik
qarzdorliklari o‘tgan davrda (oldingi hisobotda) ko‘rsatilganligiga nisbatan
oshganligi, shuningdek, buxgalteriya balansiga ilova etilgan ―Muddati o‘tgan
debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi qayd etilgan miqdorlar‖ balans
hisobotdagi (211 qator) ko‘rsatkichlarga mosligi;
hisobotlar ―nol‖ qilib topshirilgan taqdirda, mavjud boshqa ma‘lumotlar
asosida haqiqatda ushbu hisobot davrida ish hajmi bajarilmaganligini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796-
sonli qaroriga asosan mulkdorlarning o‘zlariga tegishli qurilishi tugallanmagan
ob‘ektlar hamda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari uchun mulk va er
soliqlarini ikki karra oshirilgan stavka bo‘yicha hisoblanishini ta‘minlaydi.
Hisobot davri uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
bo‘yicha hisoblangan summani bir xodimga o‘rtacha qanchadan hisoblanganligini
aniqlash lozim.
Bunda hisobot davri uchun faoliyat ko‘rsatgan holda ish haqi hisoblamaslik
yoki ish haqi miqdori 1-razryaddan (eng kam oylik ish haqi miqdori*2,476) ko‘p
hisoblangan bo‘lishi lozimligi o‘rganiladi.
Jismoniy shaxslarga hisoblangan daromadlar bo‘yicha imtiyozlar summasi
o‘tgan davr bilan taqqoslanib, o‘sishi yoki kamayishi sabablari o‘rganilishi lozim.
Har bir soliq turi bo‘yicha oldingi (oylik, choraklik va hokazo) hisobot davrida
taqdim etilgan hisobotlarda ko‘rsatilgan hisoblangan soliq va majburiy to‘lovlar
summalarini kamayib ketishi sabablari (soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatish,
arifmetik xatolik, eksport kamayganligi hisobiga boshqa sabablar) o‘rganiladi.
128
Soliq solish ob‘ektlariga soliq stavkalarini to‘g‘ri qo‘llanilishini tekshirish
soliq stavkalari qo‘llanilishining asoslanganligini nazorat qilish hisob-kitoblarda
ko‘rsatilgan soliq solish ob‘ektlarini va tegishli quyida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarni
taqqoslash yo‘li bilan mazkur hisobot davrida amalda bo‘lgan qonun hujjatlari
asosida amalga oshiriladi.
Bunda, soliq stavkalarini qo‘llashning asoslanganligi nazoratini amalga
oshirishda quyidagilarni aniqlash lozim:
soliq to‘lovchining faoliyat turi;
erkin konvertatsiyalanadigan valyutada tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti
hajmi;
foydalanilgan suv resurslari manbalari (er osti, er usti);
soliq to‘lovchining mol-mulki (soliq solish ob‘ekti).
Soliq kodeksining 352-moddasiga muvofiq, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha
asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat
bo‘lgan yuridik shaxslar belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona
soliq to‘lovini to‘lashi kerak.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan
yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan sanadan e‘tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1 oktyabrdan keyin
ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to‘laydi.
Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari bo‘yicha Soliq kodeksining 350-
moddasida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan
boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tishlari kerak, soliq solish tartibini
tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan
mustasno.
Turli soliq solish ob‘ektlari va (yoki) yagona soliq to‘lovi stavkalari
belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yagona soliq to‘lovini
to‘lovchilar shu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda
soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona
soliq to‘lovini to‘lashlari lozim.
129
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlardan to‘g‘ri
foydalanishni tekshirish soliq imtiyozlari qo‘llanilishining asoslanganligini
o‘rganishda ushbu imtiyozlar Soliq kodeksi, boshqa qonunlar va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilanganligi o‘rganiladi.
Bunda, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha quyidagilarga e‘tibor
berilishi lozim:
Soliq kodeksining 32-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchilar tomonidan
taqdim etiladigan imtiyozlarini qo‘llash uchun imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi
hujjatlarni mavjudligi;
Adliya vazirligida 2005 yil 2 mayda 1463-son bilan ro‘yxatga olingan
―Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash
bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish
tartibi to‘g‘risida‖gi nizomda belgilangan tartibda va shaklda ulardan foydalanish
to‘g‘risidagi hisob-kitobni davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinganligi;
soliq va majburiy ajratmalar bo‘yicha maqsadli berilgan imtiyozlarni qo‘llash
natijasida bo‘shagan mablag‘larni ishlatilishi o‘rganilib, maqsadsiz ishlatilganlik
holati aniqlangan taqdirda imtiyoz summasini (hisoblangan penya bilan birgalikda)
undirib olish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, korxonalar tomonidan qo‘llanilgan imtiyozlarni haqiqatda
korxonaning amalga oshirayotgan faoliyat turiga mosligi;
Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda 1209-son bilan ro‘yxatga olingan
―Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari‖ning 5-bandiga muvofiq,
yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatini mavjudligi o‘rganiladi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq turlari bo‘yicha hisobotlarda qo‘llanilgan
imtiyoz asosi bo‘yicha asos bo‘luvchi me‘yoriy hujjatlar to‘g‘ri ko‘rsatilganligi,
asossiz imtiyoz qo‘llanilmaganligini o‘rganish lozim.
Kameral nazorat natijalari va ko‘rilgan choralar bo‘yicha hisobotlar ―Tahlika
tahlil‖ (Risk analiz) dasturiy mahsuli tarkibidagi ―Tadbirkorlik sub‘ektlari
faoliyatida kameral nazorat natijalari hisobini yuritish‖ (Kameral ARM 4) moduliga
kunlik kiritib boriladi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |