Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliq nazoratining shakllari va ularni amalga oshirish tartibi



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

2.Soliq nazoratining shakllari va ularni amalga oshirish tartibi. 
Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 

soliq to‗lovchilarni hisobga olish; 


110

soliq solish ob‘ektlarini va soliq solish bilan bog‗liq ob‘ektlarni 
hisobga olish; 

budjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga tushumlarni hisobga 
olish; 

kameral nazorat; 

xronometraj ko‗zdan kechirish; 

xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi sonining va 
haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring; 

soliq tekshiruvlari; 

mavzuli ekspress-o‗rganish; 

fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‗llash; 

aksiz to‗lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek 
ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish; 

davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan 
olingan pul mablag‗lari davlat daromadiga o‗z vaqtida va to‗liq 
tushishini nazorat qilish; 

boshqa majburiy to‗lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi 
davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish; 

soliq monitoringi. 
Bojxona organlari tovarlarni O‗zbekiston Respublikasining bojxona 
chegarasidan olib o‗tilishi munosabati bilan to‗lanishi lozim bo‗lgan soliqlar va 
boshqa majburiy to‗lovlarni undirish bo‗yicha soliq nazoratini o‗z vakolatlari 
doirasida amalga oshiradi. 
Soliq nazoratini amalga oshirishda xronometraj ko‗zdan kechirishdan 
foydalaniladi. 2019 yil 1 yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‗zgarishlarga 
asosan xronometraj ko‗chdan kechirish joriy etildi. 
Xronometraj ko‗zdan kechirish — xronometraj o‗tkaziladigan davrda 
tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish 
hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash 
maqsadida amalga oshiriladigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqiy 


111
realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq nazoratining shakli hisoblanadi. 
Pul tushumini, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini xronometraj ko‗zdan kechirish tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi soliq to‗lovchilarda, bevosita tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish 
sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatish joylarida hamda 
soliq to‗lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish 
ob‘ektlarini saqlash bilan bog‗liq boshqa joylarda davlat soliq xizmati 
organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‗tkaziladi. 
Xronometraj ko‗zdan kechirishni o‗tkazish muddati yetti kalendar kundan 
ortiq bo‗lmasligi kerak. 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini 
aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirishni o‗tkazish to‗g‗risidagi buyruq 
soliq solish ob‘ektlarini va soliq solish bilan bog‗liq ob‘ektlarni hisobga olish 
jarayonida soliq to‗lovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, 
xizmatlarning) 
hamda 
soliq 
solish 
ob‘ektlarining 
haqiqiy 
hajmlari 
kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar aniqlangan 
taqdirda davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‗rinbosari tomonidan 
qabul qilinadi. 
Davlat soliq xizmati organining realizatsiya qilingan tovarlarning 
(ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj 
ko‗zdan kechirishni o‗tkazish to‗g‗risidagi buyrug‗ida xronometraj o‗tkaziladigan 
soliq to‗lovchi, uning identifikatsiya raqami, xronometrajni o‗tkazish joyi va 
muddati, davlat soliq xizmati organining xronometrajni o‗tkazadigan mansabdor 
shaxslari majburiy tartibda ko‗rsatiladi. 
Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy 
hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirish ishlab chiqarish, 
realizatsiya qilish hajmlarini hamda pul mablag‗lari tushumini kuzatish va qayd 
etish orqali o‗tkaziladi. Bunda xronometrajni o‗tkazishga boshqa shaxslarni, shu 
jumladan ekspertlarni jalb etishga yo‗l qo‗yilmaydi. 


112
Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy 
hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirishni amalga oshirish 
jarayonida soliq to‗lovchidan hisobga olish hujjatlarini talab qilishga, soliq 
to‗lovchiga nisbatan talablar qo‗yishga yoki soliq to‗lovchining faoliyatiga 
boshqacha tarzda aralashishga yo‗l qo‗yilmaydi, bundan soliq to‗lovchidan hamda 
rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini 
amalga oshiruvchi shaxslardan, soliq to‗lovchining boshqa moddiy javobgar 
xodimlaridan tushuntirishlar olish, shuningdek nazorat-kassa mashinalarida va 
to‗lov terminallarida saqlanayotgan xronometrajni o‗tkazish davriga doir 
ma‘lumotlarni olish mustasno. 
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‗yicha 
xronometraj ko‗zdan kechirish natijalari bo‗yicha ikki nusxadan kam bo‗lmagan 
miqdorda ma‘lumotnoma tuzadi. Ma‘lumotnomaning bir nusxasi soliq to‗lovchiga 
topshiriladi. Soliq to‗lovchi ma‘lumotnomani olishdan bo‗yin tovlagan taqdirda, 
davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda ma‘lumotnomaga 
tegishli yozuvni kiritadi va ma‘lumotnomaning bir nusxasi pochta orqali buyurtma 
xat bilan soliq to‗lovchiga jo‗natiladi hamda u jo‗natilgandan keyin uch kun 
o‗tgach topshirilgan hisoblanadi yoxud soliq to‗lovchining shaxsiy kabinetiga 
elektron tarzda jo‗natiladi. 
Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy 
hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirish natijalaridan soliq 
solish ob‘ektlari va soliq solish bilan bog‗liq ob‘ektlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar 
bazalarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish 
va yuritish, shuningdek taqdim etiladigan hisobotlarning va hisoblab chiqarilgan 
soliqlar hamda boshqa majburiy to‗lovlarning summalari ishonchliligini solishtirib 
ko‗rish uchun foydalaniladi. 
Davlat soliq xizmati organlari soliq to‗lovchi faoliyatining xususiyatlari va 
mavsumiy omillarni hisobga olgan holda soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etilgan 
xronometraj ko‗zdan kechirish o‗tkazilgan davrga oid soliq hisobotida aks 


113
ettirilgan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan 
xronometraj jarayonida olingan tushum to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan 
solishtirishni amalga oshiradi. 
Agar xronometraj ko‗zdan kechirish o‗tkazilgan davrga oid taqdim etilgan 
soliq hisobotida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
tushumning kamaytirilganligi alomatlari aniqlansa, davlat soliq xizmati organlari 
Soliq Kodeksining  70-moddasiga
 
asosan soliq to‗lovchiga talabnoma yuboradi. 
Soliq to‗lovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan 
olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar 
soliqlarni to‗lashdan bo‗yin tovlaganlik sifatida tasniflanadi. 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni 
xronometraj ko‗zdan kechirishni o‗tkazish hamda kamaytirilgan tushum 
summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini 
tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilanadi. 
Soliq nazoratining yana bir turi bu-xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar 
xodimlarining 
hisobotdagi 
va 
haqiqiy 
sonining 
muvofiqligi 
yuzasidan 
monitoringidir. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 
sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning soliq 
solinadigan bazani aniqlashtirish maqsadida xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy 
sonining muvofiqligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 
sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring davlat soliq xizmati organlarining 
mansabdor shaxslari tomonidan joylarga chiqqan holda, soliq to‗lovchi 
foydalanadigan ob‘ektlarda va hududlarda soliq to‗lovchining mansabdor shaxslari 
yoki ularning vakillari ishtirokida, mavjud xodimlarning sonini birma-bir sanab 
chiqish hamda ma‘lumotnoma bilan rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 


114
sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish uchun quyidagilar 
asos bo‗ladi: 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‗tkazilgan kameral nazorat 
natijalariga ko‗ra, davlat soliq xizmati organlariga soliq to‗lovchilar tomonidan 
taqdim etilgan hisobotlarda ish haqi fondi, shuningdek xodimlar soni 
kamaytirilganligini 
taxmin 
qilish 
imkonini 
beradigan 
tafovutlar 
yoki 
nomutanosibliklar mavjudligi; 
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari; 
vazirliklar va idoralarning davlat soliq xizmati organlariga taqdim 
etiladigan soliq ma‘lumotlarida va hisobotlarida ko‗rsatilgan xodimlar soni 
o‗rtasida farqlarning mavjudligi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 
sonining muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladigan monitoring to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar tekshirishlarni ro‗yxatga olish kitobiga kiritilmaydi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 
sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish to‗g‗risidagi buyruq 
davlat soliq xizmati organlarining rahbari yoki rahbar o‗rinbosari tomonidan qabul 
qilinadi. Buyruqda monitoring amalga oshiriladigan sub‘ekt, faoliyatning asosiy 
turi, joyi va muddatlari, monitoringni amalga oshirish uchun asos bo‗lgan farq yoki 
nomuvofiqliklar, shuningdek davlat soliq xizmati organlarining monitoringni 
amalga oshiruvchi xodimlari ko‗rsatiladi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 
sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar 
tomonidan soliq to‗lovchidan boshqa axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga 
yoxud uning moliya-xo‗jalik faoliyatiga boshqacha shaklda aralashishga yo‗l 
qo‗yilmaydi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 
sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring natijalari bo‗yicha u amalga oshirilgan 
kuni davlat soliq xizmati organining mas‘ul xodimi tomonidan ma‘lumotnoma 
tuziladi. Ma‘lumotnoma soliq to‗lovchining mansabdor shaxsi yoki monitoring 


115
jarayonida bevosita ishtirok etgan vakili ishtirokida tuziladi va bir nusxasi ularga 
topshiriladi. 
Soliq to‗lovchi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va 
haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring natijalari bo‗yicha tuzilgan 
ma‘lumotnomani olishni yoki ma‘lumotnoma bilan tanishishni rad etgan taqdirda, 
davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda mazkur 
ma‘lumotnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunda ma‘lumotnomaning bir nusxasi 
pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. 
Monitoring natijalaridan faqat xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining 
hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligini amalga oshirishda, shuningdek soliq 
solinadigan bazani aniqlashda foydalaniladi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 
sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish tartibi O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish