50
oziqlanadi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, tafakkur sezgidan, idrok va
tasavvurdan quyidagi jihatlariga ko‘ra farqlanadi:
a) tafakkur sezgi a’zolariga nisbatan narsa
va hodisalar mohiyatini
chuqurroq ochib beradi;
b) tafakkur sezgimizga nisbatan voqelikni umumiyroq aks ettirib,
narsa va hodisalar o‘rtasidagi doimiy munosabat, aloqalarni ham aniqlaydi;
v) biz sezgilarimiz orqali narsa-hodisalar orasidagi oddiy
munosabatlarni bilamiz. Tafakkur esa ularning umumiy bog‘lanishini,
taraqqiyot qonunlariga munosabatini bilib olishimizga yordam beradi.
Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun, avvalo, u haqda tushuncha
hosil qilish darkor. Predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy
qonun-qoidalar yoki umumiy tushunchadan foydalaniladi. Bunda, albatta,
tafakkurning til bilan munosabati yanada aniqroq seziladi.
Tafakkurning
muhim
xususiyati
uning
til
bilan
uzviy
bog‘langanligidir. Inson tafakkuri til bilan birga rivojlanadi.
Tafakkur
natijalari tilda mustahkamlanadi. Til o‘zining shu xislati bilan insonga
bilim to‘plashga, uni saqlashga, avloddan avlodga etkazishga yordam
beradi.
Til
tafakkurni
takomillashtirish,
mavhumlashtirish,
umumiylashtirish va juz’iylashtirish qurolidir. Insonni hayvonot olamidan
ajratib, uni ongli mavjudotga aylantirgan xislat ham tafakkur va tildir.
Til
va tafakkur voqelikni bilish, boshqa insonlar bilan munosabatda
bo‘lish, real voqeiylikka ta’sir ko‘rsatishda ko‘rinuvchi, inson faoliyatining
ongli, maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi insongagina xos bo‘lgan
tarixiy muhim xislatdir. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, amalda,
hayotda, tarixiy jarayonda til va tafakkur ajralmas bo‘lsa-da, ularni alohida
fanlar sifatida o‘rganamiz. Tafakkur formalarini mantiq fani o‘rgansa, til
kategoriyalarini tilshunoslik o‘rganadi. Tafakkur umumbashariy bo‘lsa,
tilning qonun-qoidalari milliy xarakterga egadir. Dunyodagi tillarning
qonun-qoidalari bir-biridan ba’zan kamroq, ba’zan keskin farq qiladi.
Tafakkur shakllari, tamoyillari
esa insonning millati, irqidan qat’i nazar,
hammada bir xildir.
Mantiq fani tafakkurni tarkibiy qismlarga ajratganda, u uch birlikdan:
tushuncha, muhokama va xulosadan tarkib topganini ko‘rsatadi.
Tilshunoslik fani nutqni tarkibiy qismlarga bo‘lganda, nutq tovushi (fon),
morf, so‘z, gap va matnlarga ajratadi. Demak, til va tafakkur birliklari
miqdor jihatdan to‘g‘ri kelmaydi.
51
Ba’zi olimlar tafakkurdagi tushuncha tildagi so‘zga, muhokama esa
gapga to‘g‘ri keladi, degan fikrni ilgari surishgan. Lekin bugungi kunda
mazkur fikrning asossizligi dalillanmoqda. To‘g‘ri, tilda ko‘pchilik so‘zlar
ma’lum bir tushuncha bilan bog‘langan:
Do'stlaringiz bilan baham: