34
O‘simliklarning o‘sishiga har xil kasalliklar, zararkunandalar va yovvoyi o‘tlar
xalaqit bеradi.
Olimlarimizning taxminlariga ko‘ra, dunyoda mavjud hasharotlarni o‘rganish
va nomlab chiqish uchun 75 ming yil kerak bo‘lar ekan.
Hasharotlar Yer yuzida juda keng tarqalgan bo‘lib, ular har qanday sharoitda
hayot kechirishga moslashgan, y’ni turli chuqurlikdagi suvlarda,
yer usti va yer
ostida, eng baland tog‘ cho‘qqilarida, chuqur g‘orliklarda, sovuq tundrada, quyosh
tushmas o‘rmonlarda, jazirama cho‘l va sahrolarda, havoda va hatto doimiy
muzliklarda ham ular vakillarini uchratish mumkin.
Hasharotlar tabiatda ular o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan sanitarlar, xalq
xo‘jaligidagi
zarur xom ashyolar manbai, lazzatli, shifobaxsh taom va noyob
dorivorlar beruvchi jonzotlardir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, hasharotlarning ko‘pchiligi foydali bo‘lish bilan bir
qatorda, ular orasida odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi va har xil
yuqumli kasaliklarni tarqatuvchi, madaniy o‘simliklarda zararkunandalik qilib
hosildorlikni kamaytiruvchi, qurilish va uy-joy materiallariga katta zarar yetkazuvchi
turlari ham oz emas. Ayrim hasharot turlari juda tez ko‘payib, qishloq xo‘jalik
ekinlariga katta ziyon keltiradi. Madaniy o‘simliklarning zararkunandalar ro‘yxatiga
700 dan ortiq hasharot turi kiritilgan.
Mutaxassis olimlarning ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha qishloq xo‘jaligi
ekinlari hosilining uchdan bir qismi zararli organizmlar ta’sirida nobud bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda bu zararli organizmlar tufayli insoniyat har yili 203,7 mln.tonna
don, 228,4 mln.
tonna qand lavlagi, 23,8 mln. tonna kartoshka, 23,4 mln. tonna
sabzavot, 11,3 mln. tonna meva, sitrus o‘simliklari va uzum hosilini kam olmoqda.
Bundan tashqari, Yer yuzida ekinlar hosilini zararli organizmlar ta’sirida nobud
bo‘lishi barcha tur ekinlar bo‘yicha 34,2 % ni, jumladan, begona o‘tlardan 10%,
kasallik qo‘zg‘atuvchilardan 12,1%, zararkunandalardan 11,1% ni tashkil etadi.
Donli ekinlarga Osiyo chigirtkasi, zararli xasva; g‘ozaga g‘o‘za tunlami;
sabzavot hamda poliz ekinlari va mevali daraxtlarga har xil o‘simlik bitlari;
mevalarga olma qurti; kartoshkaga esa kolorado qo‘ng‘izi katta ziyon keltiradi.
Omborlarda saqlanayotgan g‘alla va boshqa
donlarda uchraydigan uzun
tumshuqli qo‘ng‘izlardan mitaning zarari ancha katta.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki har yili sabzavot-poliz
ekinlariga, mevali daraxtlarga, g‘o‘za va boshqa texnik ekinlarga xilma-xil
zararkunanda hasharotlar tushib hosildorlikka katta zarar keltiradi. Ular faqat
olinadigan mahsulot miqdorini kamaytiribgina qolmay,
balki sifatiga ham yomon
ta’sir qiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda har yili dunyoda
5-6 mln. odam bezgak chivinlari yuqtiradigan bezgak kasalligi tufayli olamdan
35
o‘tadi, shulardan 1 mln dan ortig‘ 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi.
Aholining qishloq xo‘jalik o‘simliklari mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish uchun ekinlar hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilash zarur. Bunga
erishish uchun esa madaniy o‘simliklarning kasalliklarga chidamli, hosildor navlarini
yaratish, agrotexnikasini yaxshilash bilan bir qatorda zararkunanda hasharotlardan
himoya qilish usullarini qo‘llab ham yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Zararkunandalar kеltiradigan zararning oldini olish va lozim bo‘lganda kurash
choralari o‘tkazish uchun tabiatdagi foydali va zararli turlarni
bir-biridan farq qilish
lozim. Ayniqsa, hasharotlar orasida zararkunanda turlar juda ko‘p, ularning
ko‘rinishi, tuzilishi, hayot kеchirishi va hatto, uchrash joylari ham bir-biridan farq
qiladi.
Paxta yеtishtirish hududlarida uchraydigan hasharot turlari minglab
hisoblanadi. Ularning ko‘plari qishloq va o‘rmon xo‘jaliklariga,
chorvachilikka va
insonlar sihat-salomatligiga zarar kеltirsa, ba’zi turlari foyda kеltirishi bilan ma’lum
ahamiyatga egadir.
O‘zbеkistonda g‘o‘zaga zarar yеtkazuvchi hasharot turlari 100 dan ortadi,
bеdazorlarda bo‘lsa bundan ham ko‘p tur uchraydi.
Shuni ham eslatib o‘tish kеrakki, g‘o‘za-bеda almashlab ekiladigan maydonlar,
boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan yoki o‘zlashtirilmagan yеrlar bilan tutash
bo‘ladi. Shunday ekan, tеvarak-atrofda tarqalgan hasharot turlari paxta maydonlarida
ham uchraydi dеyishga hamma asoslar bor. Shu sababli qishloq xo‘jalik
entomologiyasini paxtachilik zonasi miqyosida, paxtachilik entomologiyasi dеb
ifodalansa yanglish bo‘lmaydi. G‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurash,
boshqa
ekinlar zararkunandalariga qarshi kurash dеmakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: