3
Muallif haqida ma’lumotnoma
Dadayev Saydulla 1947-yil 16-avgustda
Sirdaryo
viloyatining Sirdaryo tumanida tug‘ilgan.
1969-yilda
Nizomiy
nomidagi
Toshkent
davlat
pedagogika instituti Tabiiyot-geografiya fakultetining biologiya
va q/x asoslari bo‘limini imtyozli diplom bilan bitirgan.
1971-1988-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasiga qarashli Zoologiya va parazitologiya ilmiy
tatqiqot institutining gelmintologiya laboratoriyasida katta
laborant,
kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim va yetakchi
ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.
1978-yilda Moskva shahrida akad. K.I. Skryabin nomidagi Butunittifoq
gelmintologiya ilmiy tekshirish instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda
“Janubiy O‘zbekiston tuyoqli hayvonlari gelmintlarining ekologo-geografik va
biologik xususiyatlari” mavzusida 03.00.20-Gelmintologiya ixtisosligi bo‘yicha
nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Sobiq ittifoq FA prezidiumining qaroriga asosan 1987-yilda «Parazitologiya
va Gelmintologiya» ixtisosliklari bo‘yicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilgan.
1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi FA Zoologiya
instituti huzuridagi D
015.10.01 ixtisoslashgan kengashda «O‘zbekistonda Ruminantia Scopoli, 1777 kenja
turkumiga kiruvchi umurtqalilar gelmintlari faunasi» mavzusida doktorlik
dissertatsiyasini himoya qilgan.
S. Dadayevga 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya
komissiyasi tomonidan professorlik ilmiy unvoni berilgan.
1988-1996-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
Zoologiya kafedrasi mudiri, 1997-2009-yillarda Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universitetining “Zoologiya”, “Biologiya va uni o‘qitish metodikasi”,
“Zoologiya, anatomiya va fiziologiya” kafedralarida mudir hamda professor
lavozimlarida ishlagan.
2009-yil sentyabr oyidan boshlab Guliston davlat universitetining “Umumiy
biologiya” kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda.
Prof. S. Dadayev ilmiy-pedagogik faoliyata davomida 320 dan ortiq ilmiy va
o‘quv metodik ishlarni chop ettirgan, shulardan 3 tasi monografiya, 45 ga yaqini
darslik, o‘quv va uslubiy qo‘lanmalar hamda tavsiyalardir.
Prof. S. Dadayev tomonidan oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi talabalari
uchun “Parazitologiya”, “Umurtqalilar zoologiyasi”, “Foydali hasharotlar”,
“
Entomologiyadan laboratoriya mashg’ulotlari”, “Umumiy parazitologiya” o‘quv
predmetlaridan o‘quv qo‘llanmalar hamda “Umumiy zoologiya” va “Zoologiya
(xordalilar II-qism)” fanlaridan darsliklar chop ettirilgan.
Prof. S. Dadayev 1998-2012-yillar davomida O‘zbekiston
Respublikasi FA
4
zoologiya instituti huzuridagi 03.00.08-Zoologiya yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan
ilmiy kengashi a’zosi bo‘lgan, 2013-yildan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiy Komissiyasida «Biologiya» yo‘nalishining
03.00.06-Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalarni
ko‘rib chiqish, dotsent hamda professor ilmiy unvonlar olish uchun mutaxassis
olimlar timonidan topshirilgan hujjatlarni ko’rib chiqib, tavsiya berish bo’yicha
ekspert kengashi a’zosi hisoblanadi.
Shuningdek, bir necha yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi qoshidagi test markazida biologiya ixtisosligi bo’yicha MDH va horijda
oliy ma’lumot olgan o’qituvchilarning diplomlarini qayta nostrifikatsiya qilish
ekspert komissiyasi a’zosi, Guliston davlat universitetining Tabiatshunoslik fakulteti
qoshida 2012 yilda tashkil qilingan “Biologiya va tuproqshunoslik” yo’nalishidagi
ilmiy seminar raisi, Guliston davlat universiteti “Ilmiy va uslubiy tadqiqotlar
axborotnomasi” tahrir hay’ati a’zosi hamda 2014-yildan boshlab Guliston davlat
universiteti ilmiy kengashi va tabiatshunoslik fakulteti ilmiy kengashi a’zosi
hisoblanadi.
Prof. S. Dadayev gelmintologiya fanining ravnaqiga qo‘shgan
hissasi uchun
1983-yilda Moskva shahrida buyuk gelmintolog olim, gelmintologiya fanining
asoschisi akad. K.I. Skryabinning yubiley medali va diplomi bilan mukofotlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalq
ta’limi vazirligi va iste’dod jamg‘armasi tomonidan har yili o‘tkazib kelinayotgan
“Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida 2008-
yilda “Parazitologiya” o‘quv qo‘llanmasi uchun II-darajali
diplom hamda pul
mukofoti, 2009-yilda “Zoologiya” darsligi uchun III-darajali diplom hamda pul
mukofoti va 2012-yilda “Zoologiya (xordalilar II-qism)” darsligi uchun
rag‘batlantiruvchi mukofot va faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: