2 0-Mavzu;O’yinchoqlar to’qish texnologiyasi.
REJA
1.Ilmoq bilan o‘yinchoqlar to‘qish usullari.
2.Spitsa bilan o‘yinchoqlar to‘qish usullari.
3.Ilmoq bilan o‘yinchoqlar to‘qish uchun zaruriy materiallar.
To'qish, halqalarni hosil qilish usullari. O'zbek xalqi qadimdan qo'l hunarmandchiligi sirlarini chuqur egallab kelgan. Jumladan, o'zbek xotin-qizlari mohirlik bilan kashta, jiyak, do'ppi, to'n, so'zana kabilarni tikish bilan shug'ullanganlar. Ular atlas va gilamlar to'qishgan. Bor xomashyolardan foydalanganlar. Hozirgi kunga kelib ayollarimiz orasida qo'lda kiyimlar to'qish keng rivojlanib bormoqda. Qo'lda to'qilgan kiyim-kechaklar betakror va bejirimdir. To'qish amaliy san'atning bir turi boiib, nihoyatda zavqli va foydalidir. To'qilgan kiyim yaroqsiz bo'lib yotmaydi yoki tashlab yuborilmaydi. Har bir to'qish hunaridan xabari bor xotin-qiz kerakli buyumni osonlikcha to'qib oladi.
To’qimachilikning asosiy xom- ashyosi paxta.1 kg paxtada 330- 260 gr gacha tola, 670-640 gramgacha chigit olinadi.Paxta chigiti tarkibi 22- 26 % gacha yog’ bo’ladi.chigitdan 2% momiq tolasi, 3% selyuloza, 20% sheluxa, 25 % kunjara11% paxta yog’i, 2% chiqindi, 2% sovun maxsuloti chiqariladi
Birinchi ip yigirish charxini 1490 yilda Italiyalik olim Leonardo da Vinchi ip yigiradigan va o’raydigan, oyoqda boshqariladigan moslama yaratdi.
1767- yili ip yigirish mashinasini Richard Arkrayt yaratdi va unga patent oldi. Barcha yaratilgan mashinalar “Varter” nomi bilan yuritildi. Varter inglizcha so’z bo’lib, suvdan harakat olish demakdir.
To'qish qurollari bu - spitsa va ilgakdir. Spitsa — asosiy to'qish quroli bo'lib, uning quyidagi turlari bor.
Aylana troschali.
Aylana naychali.
To'g'ri, ikki tomoni uchli.
To'g'ri, bir uchli.
Spitsalar — nikellangan, po'lat, temir, alyumin, plastmassa va yog'ochdan yasalgan bo'ladi. Eng foydalanishga qulay spitsa po'latdan yasalgan, ikki uchi uchli va bir uchi uchli spitsadir. Chunki u mustahkam bo'lib, yog'och va plastmassa spitsalar kabi sinib ketmaydi. Har bir spitsaning raqami bo'ladi. U spitsaning diametrini bildiradi.
Diametri 1 mm li spitsa.
Diametri 4 mm li spitsa.
Har bir to'qishni o'rganuvchi talabaga har xil raqamli spitsalar berilishi kerak. Chunki har bir spitsa o'z o'rnida ishlatiladi. Bu buyumning sifatli chiqishiga olib keladi.
Ilgak. Kalta [12-15 sm va 30-40 sm], ingichka va yo'g'on [1-6 mm] ilgaklar bor. Har xil iplarni to'qishda har bir ipning o'ziga mos ilgak tanlanadi. Ilgak ipdan ikki baravar yo'g'on bo'lishi kerak. Ilgak po'lat, alyumin, plasmassa, mis va temirdan yasalgan bo'ladi.
Buyumni qo'lda to'qish uchun spitsa yoki ilgak kerak bo'ladi. Buyumni junli, jun aralash, ipak, paxta, quyon va echki yunglaridan yigirilgan ip va hokazo iplardan to'qish mumkin. To'qiladigan buyumga shakl berish uchun andozaga muvofiq yoki hisobga yarasha shu halqalar soni ko'paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |