Loy ishida qo’llaniladigan usullar
1. Yumaloqlik – bir bo’lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi.
2. Shar yasash, so’ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
3. Yassilash – sharikdan yassi non yasaladi, qo’lning holati doimo o’zgarib turadi.
4. Cho’zish – sharikning bir qismi cho’ziladi.
5. Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o’zaro biriktirish.
Loy bilan ishlash mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda ish
joyini bekamu-ko’st jihozlanganligi muhim ahamiyatga. Loy va plastilindan narsalar yasash uchun maxsus uskunalar: aylanadigan doirali dastgoh (katta guruhlar uchun), suv solinadigan idishlar, latta; bolalar yasagan narsalarni bo‘yash uchun gruntovka; bundan tashqari, bo‘yashda ishlatiladigan maxsus bo‘yoqlar — angoblar kerak bo‘ladi. Bolalar ishlagan haykaltaroshlik mahsulotlarmi pishirish uchun mufel pechkaning bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday pechkani o‘quv kollektorlaridan topish mumkin.
Natura yoki namunani namoyish qilish uchun natura uchun mo’ljallangan tagliklardan foydalansa bo‘ladi. Karkaslar — turli uzunlik va kenglikdagi oddiy taxtalar ham uskunalarga kiritiladi. Karkaslardan foydalanish bolalarga jonivorlar oyoqlarining mukammalroq tasvirida va ularning figuralarini barqaror hamda dinamikroq qilishga imkon beradi.
Narsalar yasash mashg'ulotlari uchun plastik materiallar — loy, plastilin kerak bo'ladi, bunda asosiy yasash uchun eng maqbul material, bu loydir. Kichik guruhlarda faqat loydan foydalaniladi, chunki bu yoshdagi bolalar plastilindan narsa yasashda qiynaladilar. 0‘rta guruhda ham bolalar asosan loydan narsalar yasaydilar. Rangli plastilindan katta guruhlarda mazmunli narsalar yasashda foydalaniladi.
Narsalar yasash uchun loy qanday tayyorlanadi?
Turli joylardan olingan loy rangi bilan farqlanadi; u sarg‘ish, jigarrang, qizg‘ish, kulrang, oq, yashil-ko‘kish, qo‘ng‘ir rang bo‘lishi mumkin. Loy, uning tarkibida qum kam bo‘lsa, kuchli bo‘ladi, qum aralashmasi uni sochiluvchan qiladi. Loyni bevosita yerning o'zidan tanlash mumkin. Kuchli loyning yaxshi qatlamlari daryo va ariqlarning yaqinida uchraydi. Shuning uchun shahar bog‘chalari uchun loyni yozda dala hovliga chiqqan vaqtlarda g‘amlab kelish kerak.
Plastilin — loy, mum, yog‘, bo‘yoq va boshqa qo'shilmalardan tayyorlangan sun’iy plastik massa. U yumshoq va qayishqoq, u uzoq qotmaydi, ammo temperatura oshganda yumshaydi va eriydi. Narsalar yasashda plastilinni qo‘lda uzoq muddat ezish tavsiya qilinadi. Plastilin bilan ishlashdan oldin uni qutisi bilan issiqroq joyga yaqin qo‘yib, biroz isitiladi. Katta guruhlar tarbiyalanuvchilarida plastilinning individual tayyor to‘plamlari bo‘lishi kerak. Ular plastilinning holatini o‘zlari nazorat qilib, qolgan plastilinni ranglari bo’yicha ajratib ishlatadilar
Polimer loy yoki chinni xamirning kelib chiqish tarixiga ko’ra Argentinada ixtiro qilingan bo’lib, undan ajoyib gullar, shakllar yaratiladi, bugungi kunda bu materialdan noyob mahsulotlarni yaratish imkonini beradi. Vizual qarashda u chinniga o’xshaydi, undan tayyorlangan mahsulot havoda qotib qoladi. Bunday materialdan tayyorlangan sovg’alarni bolalar ham tayyorlashlari mumkin. Sog’liq uchun xavfsiz, qiymatligi bo’yicha arzon, yumshoq, u bilan ishlash zavqli va undan yasaladigan narsalar uzoq saqlanadi. Fantaziya, didni rivojlantirishga xizmat qiladigan a’lo darajadagi qiziqish hamdir. To’g’ri tayyorlangan chinni xamir o’zining xossasiga ko’ra yumshoq, ilashuvchan, yaxshi tekislanish va istalgan shaklga kirish xususiyatiga ega bo’ladi. Bu mateiral bilan ishlash uchun chuqurlashtirilagan maxsus bilim va ko’nikmalar shart emasligi, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ayni muddaodir. Bunday loyni tayyorlash usullari xilma-xil.
usul: 3 osh qoshiq yelim PVA;
2 osh qoshiq pista yog’i;
1 osh qoshiq glitserin;
4 osh qoshiq jo’xori kraxmali;
3/1 ch qoshiq limon kislotasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |