1) rastrli grafika; 2) vektorli grafika; 3) fraktal grafika.
Rastr so‘zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilidagi rostrum-xaskash, omoch so‘zidan olingan. Monitor ekranida tasvir,televizor ekranidagi kabi yaratiladi. Hozirgi payida ekrandagi tasvir ham raqamli ko‘rinishda yaratiladi: tasvir qatorlar va ustunlarga bo‘linadi, tasviming mayda bo‘laklaripiksellardan iborat bo‘ladi.
|
Rastrli tasvirlar skanerlar, raqamli fotoapparatlar, shu jumladan, telefonning fotokameralarida yaratiladi. Kompyuter ekranidagi tasvirdan nusxa olinganda ham rastrli tasvir paydo bo’ladi.Printerlarda chop etilgan tasvirlar ham rastrlar orqali yaratiladi.
|
Rastrli tasviming o’lchami deganda undagi ustunlar va satrlar soni tushuniladi. Masalan, 3200x2400 o’lchamli tasvirda 7 million 680 mingta, 1920x1080 o’lchamda esa 2 million 73 ming 600 ta piksel bor.Rastrlar zichligi dcganda uzunlik birligiga mos kcladigan piksellar soni tushuniladi va dpi (dots per inch-bir dyuymdagi nuqtalar)da o’lchanadi. Masalan. 3200x2400 o’lchamli tasvirni 300 dpi zichlikda chop ctish uchun 11x8 dyuym2 yoki 27x20 sm2 o’lchamli qog'oz kcrak bo’ladi. Rastrligrafikaningafzalliklari: harqandaytasvirnisifatlisaqlayolishi, tasvirningsifatlibo’lishi, dcyarlibarchaqurilmalarubilanishlayolishidir. Kamchiliklari: uni saqlash uchun katta hajmdagi xotira kerakligi, masshtab kattalashtirilganda tasvir sifati pasayishi, ba’zi amallarni bajarish ko‘p hisob-kitoblar talab qilishidir. Shunga qaramay, rastrli grafika kopmpyuter grafikasining barcha sohalarida keng qo’llaniladi.
Oddiygina 500x500 o’lchamli kvadratni saqlash uchun 250 mingta piksel va 0,25 - 1 MB xotira kerak bo‘ladi. Lekin biz bu kvadratni Pascal dasturlash tilida Rectangle (0, 0, 500, 500) buyrug‘i orqali osongina yarata olarniz va bunda bizga bor-yo‘g‘i 22 bayt kcrak bo'ldi.
Tasvirlarni oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining asosini tashkil etadi. Vektor grafikasida tasvir oddiy shakllarning yig‘indisi ko‘rinishi ifodalanadi, saqlanadi va tasvirlanadi. Natijada tasvirlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash va tasvirlash osonlashadi. Ularni saqlashga kam joy talab qilinadi, tasviming masshtabi kattalashtirilganda uning sifati yomonlashmaydi. Lekin vektor grafikasi yordamida fotosuratlarni saqlashning iloji yo‘q.
Vektor grafikasidan chizmalar, animatsiyalar yaratishda keng foydalaniladi. Operatsion tizimdagi shriftlar vektor grafikasi asosida yaratilgan va ularning yuqori sifati barcha tomonidan e’tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |