Uchburchak



Download 13,29 Mb.
bet41/54
Sana31.12.2021
Hajmi13,29 Mb.
#231929
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
11-sinf informatika dars ishlanma

Nazariy qism:

PhotoShop foydalanuvchilari orasida fotograflar bilan birga dizaynerlar, rassomlar ham ko‘p uchraydi. Ular uchun tayyor rasmlarni qayta ishlash bi­lan birga yangi tasvirlarni yaratish ham muhim. Buning uchun chizish uskunalaridan foydalanish kerak bo‘ladi. PhotoShopda chizish uskunalaridan Кисть (Mo‘yqalam), Карандаш (Qalam) va Линия (Chiziq) mavjud bo‘lib, ular yordamida mos ravishda chiziqlarni chizish, sohalarni bo‘yash va tasvirga tayyor geometrik shakllarni kiritish mumkin. Bundan tashqari, tasvirlarga vektor grafika elementlarini joylash uchun Перо (Pat) deb ataluvchi uskuna ham mavjud. Mo‘yqalam va qalam uskunalari uskunalar panelida bitta tugma ostiga joylangan. Bu tugma uskunalar panelining to‘rtinchi qatori ikkinchi ustuni- da joylashgan. Uning ustiga sichqonchani olib kelib, o‘ng tugmasini bossak, unga mos uskunalar ro‘yxati chiqadi. Bu uskunalarni chaqirish uchun klavia- turada lotin harfi В ni bir yoki bir necha marta bosish ham mumkin:



Кисть (Mo‘yqalam) uskunasinitanlaganimizda, parametrlarpaneliquyi- dagiko‘rinishgao‘tadi



Bu tugmalardan asosiylarini bilan tanishib chiqamiz:

A - tayyor mo‘yqalamlarni tanlash.

В - mo‘yqalamning diametrini va ko‘rinishini tanlaydi.

С - Кисть (Mo‘yqalam) palitrasini ekranga chaqiradi.

D - rasmdagi va mo‘yqalam ranglarini aralashtirish tartibi (yigirmadan ortiq variantlar mavjud)

E - mo‘yqalamda chizilgan tasviming shaffofmasligi (shaffoflik ortgan sari bo‘yalgan soha ostidagi tasvir ko‘proq ko‘rinib turadi).

G - mo‘yqalam tolalarining qattiqligi kamaygan sari bo‘yalgan soha bo‘yoq bilan qoplanishi foizi ortib boradi.

H - bo‘yoqni surkash tartibidan purkash tartibiga o‘tkazadi (aerograf tar­tibi).

Mo‘yqalamning parametrlarini o‘matishda va u bilan ishlashda Кисть (Mo‘yqalam) palitrasidan foydalanish qulayroq. Uni parametrlar panelidagi C tugmasini bosib yoki boshqa palitralar kabi asosiy menyu orqali chaqirish mumkin. Bu palitraning ko’rinishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan.

Bu palitra yordamida mo‘yqalamlar to‘plarnini (A), mo‘yqalamning shakli (B), uning kattaligi (D, E), qancha burchakka burilganligi (H), enining necha foiz tashkil etishi (I), ikkita izi orasidagi masofa (K) kabi parametrlarini tanlash mumkin. Rasmda barg ko‘rinishidagi mo‘yqalam tanlangan, uning o‘lchami 90 pikselga teng, 45° ga burilgan, eni 56% ni tashkil etadi. Ikkita izi orasidagi masofa 100% ga teng. Shuningdek, bu yerda mo'yqalamning tasvirdagi izi parametrlarini o‘zgartirish (С), mo'у qalam izini gorizontal (F) va vertikal (G) o‘girish, mo‘yqalamning qattiqligini o‘zgartirish (J) mumkin

Bu parametrlarning har birini yoki bir nechtasini o‘zgartirib, turli-tuman barglarni olish, ular bilan tasvimi to‘ldirish mumkin. Mo‘yqalamning rangini o‘zgartirish uchun PhotoShopning asosiy rangini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosilsa, bitta barg qo‘yiladi.

Chaptugmasini bosib turib sichqonchani sudrasak, sichqonchaning izi barglar bilan to‘ldiriladi.Bir qarashda mo ‘ у qalam va qalam bilan ishlash orasida farq yo‘qdek ko‘rinsa-da, ular turli maqsadlarda ishlatiladi. Qalam yordamida chiziq chizilganda bu chiziqning chetlari aniq ajralib turadi. Mo‘yqalamda esa bunday bo‘lishi shart emas.

Mo’у qalam birinchi navbatda bo‘yash uchun ishlatiladi. Bo‘yash esa mo ‘ у qalam qanday tezlik bilan tortilganiga, qanday kuch bilan bosilgani, bo‘yoq surtilayotgani yoki purkalishiga bog‘liq ravishda o‘z garadi. Qalamda esa bunday parametrlarning ta’siri bo‘lmaydi. Uskunalar panelida qalam mo‘yqalam bilan bitta tugma ostida joylashgan. Uni tanlash mo’yqalamni yanlash kabi amalga oshiriladi.

Q alamning parametrlar paneli mo‘yqa lam parametrlari paneli kabi ko‘rinish ga ega. Qalamning parametrlarini ham mo‘yqalam parametrlari kabi o‘zgartirish mnmkin. Masalan, qalam chizadiganchiziqning qalinligini o‘zgartirish uchun uning parametrlar panelidagi ikkinchi tug mani (oldingi darsdagi suratda В tugma)ni bosamiz. Hosil bo‘lgan muloqot oynasidagi birinchi surgichni surib, qalamning qalinli gini o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi surgich qalamning yumshoq va qattiqligini o‘zgartiradi. Uni chapga sursak, qalamning qattiqligi oshadi, o‘ngga sursak, qalam yumshoqroq bo‘ladi

Qalam bilan chiziq chizish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib, u suriladi. Bunda to‘g‘ri chiziq kesmalarini chizish juda qiyin. Agar qalam yordamida kesma chizish kerak bo‘lsa, Shift tugmasini bosib turib, kesma- ning uchlari bo‘lishi kerak bo‘lgan joy da sichqonchaning chap tugmasini bo- sish kerak bo‘ladi. Shift tugmasini va sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, sichqon- chani harakatlantirsak, harakat yo‘nalishiga qarab vertikal yoki gorizontal kesmalar chiziladi.

Agar Ctrl tugmasi bosilsa, chizilgan chiziqni siljitish mumkin bo‘ladi (siljitish uskunasi vaqtincha ishga tushadi). Alt tugmasi esa tomizg‘ich uskunasini vaqtincha ishga tushiradi. Alt ni bosib turib, tasviming biror joyiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasi bosilsa, shu nuqtaning rangi asosiy rang sifatida tanlanadi va keyingi chiziqlar shu rangda chiziladi.

Qalam yordamida chiziqlar chizishdan tashqari, uning shaklini o‘zgar- tirib, tasvirga turli shakllarni joylash mumkin. Masalan, yuqoridagi rasmda keltirilgan muloqot oynasining pastki qismidagi maydonchaning vertikal sur­gichni pastga sursak, unda qalamning yangi shakllari pay do bo‘ladi. Undan maysa yoki barg shaklidagi qalamni tanlab, tasvimi osongina maysalar va barglar bilan to‘ldirish mumkin




Amaliy ish:

Mo‘yqalam uskunalar panelining qayerida joylashgan?

Mo‘yqalam palitrasi yordamida uning qaysi parametrlari qanday o‘zgartiriladi?

Mo‘yqalam yordamida tasvirga turli rangdagi va turli o‘lchamlarga ega barglarni va maysalarni qo‘shing.

Qalam bilan ishlashda Shift, Alt, Ctrl tugmasi qanday vazifalarni bajaradi?

Qalam yordamida uchburchak, uning medianalari, balandliklari va bissektrisalarini chizing.

Taniqli kinoaktyorlardan birining suratini yuklang, uning yuzini aj- ratib oling va mo‘yqalam uskunasi bo‘yash bilan uning terisi rangini to‘qlashtiring (ochlashtiring)

Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.

Uyga vazifa berish:

Qalamning parametrlarini panel yordamida o‘zgartirib chizilayotgan chiziqning o‘zgarishini kuzating va tahlil qiling

Mavzu: Tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylash

Fan: Informatika№ 15

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylashni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.

Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatdabo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.

Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:

TK: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish;

FK: tasvirlarni grafik uskunalar yordamida to‘plashni biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;

Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.

Dars turi: Yangi bilim berish.

O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:

O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.

O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,

Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish

Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yo’qlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.

Siyosiy daqiqa.

Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

Tayanch bilimlarning faollashtirish.

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:

Photo Shopda geometrik shakllarni tasvirga joy lash uchun bir qator uskunalar mavjud bo‘lib, ular uskunalar panelining uchinchi bo‘limida joylashgan



Buuskunalarjamioltitabo‘lib, ularyordamidatasvirgato‘g‘rito‘rtburchak (A), burchaklaridoirasimonto‘g‘rito‘rtburchak (B), ellips (C), muntazamko‘pburchak (D), to‘g‘richiziqkesmasi (E) vaixtiyoriygeometrikshakl (F) joylashmumkin. Bu uskunalardan biri tanlanganda uning parametrlari parametrlar panelida paydo bo‘ladi. Masalan, quyidagi rasmda burchaklari doirasimon to‘g‘ri to‘rtburchakning parametrlari ko‘rsatilgan:



Bu parametrlarning vazifasi bilan tanishib chiqamiz:

A - bu uskuna uchun awaldan o‘matilgan parametrlar;

В - shaklning turi (chegarasi, ichi yoki ikkalasi);

С - shaklning ichi rangi;

D - shakl chegarasining rangi;

E - chegarasi qalinligi;

F - chegaradagi chiziq turi;

G - shakl bo‘yi;

H - shakl balandligi;

I - shaklning awalgi shakllar bilan bog‘lash turi;

J - shakllarning tekislash usuli;

К - shakl joylashgan qatlamning boshqa qatlamlar orasidagi o‘mi;

L - shakl o‘lchamlarini oldindan aniqlab olish;

M - burchaklardagi chorak doiraning radiusi;

N - shakllarning chegarasini tekislash.

Bu parametrlarga mos keladigan geometrik shakl quyidagi rasmda ko‘rsatilgan

T o‘g‘ri to‘rtburchak va ellips parametrla-


ri ham xuddi shu kabi bo‘ladi, faqat ularda M parametr bo‘lmaydi. To‘g‘ri chiziq kesmasi pa-
rametrlarida esa E parametr ishlamaydi. Kesmaning qalinligi M o‘mida paydo bo‘ladiganТолщина (Qalinligi) parametri orqali o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, L parametr kesma uchlarining ko‘rinishini tanlash uchun xizmat qiladi.

Muntazam ko‘pburchaklar uskunasida M parametr ko‘pburchakning tomonlari sonini tanlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, muntazam ko‘pbur- chak chizish uchun sichqoncha awal ko‘pburchak markaziga olib kelinadi. So‘ng uning chap tugmasini bosib, markazdan uzoqlashtiriladi. Kerakli o‘l- chamga erishgach, sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi. Agar sichqoncha tugmasini qo‘yib yubormay, uni ko‘pburchak markazi atrofida aylantirsak, ko‘pburchak ham shu yo‘nalishda o‘zining markazi atrofida buriladi.

Ixtiyoriy geometrik shakl uskunasining parametrlari ham faqat M para- metr bilan farq qiladi. Bu parametr yordamida mavjud shakllardan keraklisi tanlanadi

PhotoShop rastrli grafika uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, undan vektor- li grafikadan ham keng foydalaniladi. Vektorli grafika obyektlarini yaratish uchun maxsus uskuna bo‘lib, uning nomi Перо (Pat)dir. Pat uskunasi uskunalar panelining uchinchi qismida birinchi bo‘lib joy- lashgan tugma orqali chaqiriladi. Bu tugma ostida beshta uskuna yashiringan bo‘lib, ular quyidagilardir



Перо (Pat) - chegaralari to‘g‘ri yoki egri chiziq bo‘lgan geometrik shakl yaratadi.

2. СвободноеПеро (Erkin pero) - chegaralari ixtiyoriy bo‘lgan geomet­rik shakl yaratadi

3. Перо+ (Pat+) yaratilgan shakl chegarasiga yangi tayanch nuqta qo‘shadi

4. Перо- (Pat-) mavjud tayanch nuqtani olib tashlaydi

5. Угол (Burchak) - egri chiziqda burchak hosil qilish uchun ishlatiladi. Pat uskunasi tanlanganda uning parametrlari paneli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:



Undagi tugmalar quyidagi vazifalarni bajaradilar:

A - awaldan yaratilgan parametrlarni tanlaydi;

В - pat yordamida nima yaratilishini tanlaydi;

С - yaratilgan obyektni ajratishga aylantiradi;

D - yaratilgan obyektni niqobga aylantiradi;

Б - yaratilgan obyektni geometrik shaldga aylantiradi;

F - yaratilgan obyektni undan oldin yaratilgan obyekt bilan birlashtirish


usulini tanlaydi

G - yaratilgan obyektning joylashishini tekislash usulini tanlaydi

-yaratilgan obyekt joylashgan qatlamning boshqa qatlamlarga nisbatan o‘mini tanlaydi;

L - natijalarniко‘rib turish bayroqchasioi o‘matadi yoki bekor qiladi;

M - yangi obyektni yaratishni optimallashtiradi

N - obyektning chetlarini tekislaydi

Pat uskunasi yordamida odatda konturlar yaratiladi. Konturlar esa geometrik shaklga, niqobga yoki ajratiladigan soha chegarasiga aylantirilishi mumkin. Shuning uchun pat uskunasida paining qalinligi va rangi kabi parametrlar bo‘lmaydi. Niqoblardan yaratilayotgan tasviming bir qismini tasodifiy 0‘zgarishlardan himoyalash uchun foydalaniladi.

Pat yordamida siniq chiziq chizish uchun pat uskunasini tanlab, chiziq uchlarida sichqonchaning chap tugmasini navbatma-navbat bosib chiqish yetarli. Egri chiziq chizish uchun ham bu chiziqning tugun nuqtalarini ko‘rsatib chiqish kerak bo‘ladi. Lekin bunda egri chiziqning tugun nuqtadan qaysi yo‘nalishdachiqishini sichqonchaning chap tugmasini bosib turib ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Patni ishlatish mehnat va chizmachilik darslarida egri chiziqli chizg‘ichlar lekalolardan foydalanishga o‘xshab ketadi. Egri chiziqqa qo‘shimcha tugun nuqtalar qo‘shish yoki ortiqchalarini olib tashlash bilan uni tahrirlash va qurilayotgan egri chiziqning ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib yuborish mumkin. Bunda Перо+ (Pat+) va Перо- (Pat-) uskunalari juda qo‘l keladi. Pat uskunasidan foydalanish ancha mahorat talab qiladi. Shuning uchun unda qunt bilan ko‘proq ishlang

Amaliy ish:

PhotoShopda tasvirlarga geometrik shakllarni qo‘shadigan nechta uskuna bor?

Geometrik shakllarni tasvirga joy lash uskunalari klaviatura orqali qanday faollashtiriladi?

Geometrik shakllarni joy lash uskunalari yordamida tasvirga bir nechta geometrik shakllarni joylang. Ular joylashgan qatlamlar ketma-ketligini o‘zgartiring.

Pat uskunasida bir nechta yopiq siniq chizing. Ularni geometric shaklga o‘tkazing.

Pat uskunasi yordamida bir nechta yopiq egri chiziq chizing. Ularni ajratilgan sohasiga aylantiring.

Перо+ (Pat+) va Перо- (Pat-) uskunalari yordamida mavjud chiziqlarga qo‘shimcha tugun nuqtalar qo‘shing va ulardan ba’zilarini olib tashlang.


Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.

Uyga vazifa berish:
Oltita geometrik shakl uskunalarining har biridan foydalanib oltita obyektni bitta tasvirga joylang


Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish