Yodda saqlang. Turli ranglar inson kayfiyatiga turlicha ta’sir ko’rsatadi.
Savol va topshiriqlar.
1. Yorug‘lik nurlari haqida nimalar bilasiz?
2. Qo‘shiluvchi ranglar tizimi qanday ishlaydi?
3. Ayiriluvchi ranglar tizimi qanday ishlaydi?
4. HSB ranglar tizimi qanday ishlaydi?
5. HSB ranglar tizimidagi har bir parametr nimani anglatadi?
6. Bir-birini to‘ldiruvchi ranglar deb qanday ranglarga aytiladi
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
Mavzuga doir o‘nta test tuzing.
/Mavzu: PhotoShopda ranglar bilan ishlash
Fan: Informatika № 12
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilargaphotoShopda ranglar bilan ishlashni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatdabo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
TK: real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana oladi va bu usullar samarali ekanligini tushuna oladi;
FK: grafik ko‘rinishda berilgan funksiyaning aniqlanish sohasi, qiymatlar to‘plarni, monotonlik oraliqlari, maksimumi va minimumini, asimptotalarini topa oladi;
Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
Dars turi: Yangi bilim berish.
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Yorug‘lik nurlari haqida nimalar bilasiz?
Qo‘shiluvchi ranglar tizimi qanday ishlaydi?
Ayiriluvchi ranglar tizimi qanday ishlaydi?
HSB ranglar tizimi qanday ishlaydi?
HSB ranglar tizimidagi har bir parametr nimani anglatadi?
Bir-birini to‘ldiruvchi ranglar deb qanday ranglarga aytiladi
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ranglar tizimlari tabiatda uchraydigan ranglar-
ning barchasini ham ko‘rsatib bera olmaydi. Ularning yana bir kamchiligi, bu
tizimlar apparatga bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, bir tizimda ishlaydigan
ikkita turli qurilma ranglarni bir xil ko‘rsata olmaydi.
Apparatlarga bog‘liq bo‘lmagan ranglarni qamrab olishi eng katta bo‘lgan tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, u Lab deb ataladi. Ulardan birinchisi rangning yomg‘ligini (ingliz tilidagi Lightless so‘zidan olingan) anglatadi. Ikkinchi parametr a esa rangning qizildan yashilgacha, uchinchi parametr b rangning sariqdan ko‘k ranggacha bo‘lgan o‘zgarishini aniqlaydi.
Apparatlarga bog‘liq bo‘lmagan va ranglarni qamrab olishi eng katta bo‘lgan tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, u Lab deb ataladi. Ulardan birinchisi rangning yomg‘ligini (ingliz tilidagi Lightless so‘zidan olingan) anglatadi. Ikkinchi parametr a esa rangning qizildan yashilgacha, uchinchi parametr b rangning sariqdan ko‘k ranggacha bo‘lgan o‘zgarishini aniqlaydi. PhotoShopda bu tizimdan yuqorida keltirilgan bir tizimdan ikkinchisiga o‘tishdafoydalaniladi. Ya’ni bir tizimdan olingan rang awal Lab tizimiga o‘tkaziladi, so‘ng undan boshqa tizimga o‘giriladi.
PhotoShopda eng ko‘p bajariladigan amallardanbiri bu ranglarni tanlash- dir. Ranglarni tanlashning bir necha usullari bo‘lib, ulardan biri Палитрацветов (Ranglar palitrasi) dan foydalanishdir. Bu muloqot oynasini ekranga chaqirish uchun uskunalar panelidagi (asosiy yoki fon rang) uskunasini tanlaymiz. Oynaning o‘rtasidagi vertikal surgichni siljitib, kerakli ranglar sohasiga o‘tamiz. 0‘ng tomonda bu sohadagi ranglar ancha batafsil ko‘rsatiladi. Undan kerakli rangni sichqonchaning chap tugmasini bosib tanlash mumkin. Oynaning o‘ng tomonida rangni to‘rtta tizimdan birida kerakli parametrlarni kiritib ham tanlash mumkin. Rang tanlashning ikkinchi yo‘li palitralar sohasidagi Цвет (Rang) pa- litrasidan foydalanishdir. Uning sarlavhasining o‘ng tomonidagi yashirin menyudan kerakli ranglar tizimini tanlab olish mumkin. Ekranda paydo bo‘l- gan gorizontal surgichlarni surib, kerakli rang tanlanadi.
Bu palitra bilan birga Образцы (Namunalar) nomli palitra joylashgan. Bu palitrada awaldan tanlab qo‘yilgan bir qator ranglar bo‘lib, ularni sichqoncha yordamida tanlash mumkin:
Bu palitraning yashirin menyusida awaldan aniqlab qo‘yilgan namuna- larning boshqa to‘plamlarini tanlash, yaratilgan to‘plamni yangi nom bilan saqlash, saqlab qo‘yilgan to‘plamlarni qaytadan yuklab olish, palitra oynasining ko‘rinishini o‘zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin. Oq-qora suratlarni saqlashda yarim tusli (kulrangning turli tuslaridan) foydalaniladi. Bunda har bir piksel uchun bir bayt ajratiladi va piksel kul rangning 256 ta tusidan biri ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Amaliy ish:
Lab ranglar tizimi qanday ishlaydi?
Lab ranglar tizimidagi har bir parametr nimani anglatadi?
Ranglar palitrasi bilan qanday ishlanadi?
PhotoShopga biror tasvir yuklang. Uning ranglar tizimini boshqala- riga o‘tkazing va yangi nom bilan saqlab qo‘ying.
Yarim tusli ranglar tizimida saqlangan oq-qora suratning qayta rang- li tizimga o‘tkazing va undagi o‘zgarishlarni izohlang.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
Palitralar sohasida ranglar bilan ishlashni mashq qiling
Mavzu: Kanallar va filtrlar haqida ma’lumot
Fan: Informatika № 13
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilargakanallar va filtrlar haqida ma’lumotnio’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatdabo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
TK: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash, mediamadaniyatga ega bo‘lish.
FK: turli ko‘rinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi
Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
Dars turi: Yangi bilim berish.
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Lab ranglar tizimi qanday ishlaydi?
Lab ranglar tizimidagi har bir parametr nimani anglatadi?
Ranglar palitrasi bilan qanday ishlanadi?
PhotoShopga biror tasvir yuklang. Uning ranglar tizimini boshqala- riga o‘tkazing va yangi nom bilan saqlab qo‘ying.
Yarim tusli ranglar tizimida saqlangan oq-qora suratning qayta rang- li tizimga o‘tkazing va undagi o‘zgarishlarni izohlang.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. RGB tizimida ranglar qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. Tasvir- ning har bir pikseli o‘z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu ranglarning tashkil etuvchilarini qo‘lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo‘q. PhotoShop bu yerda ham yordamga keladi. Uning Каналы (Kanallar) palitrasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
Biror rasmni yuklab olib, Каналы (Kanallar) palitrasini ochamiz. Buning uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo‘limidagi Каналы (Kanallar) bandini tanlaymiz. Palitraning RGB tizimi uchun ko‘rinishi quyida keltirilgan. Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos qo‘sh- tugmani bosish yetarli. Qizil kanalga Ctrl+3, yashil kanalga Ctrl+4, ko‘k kanalga Ctrl+5 qo‘shtugmalari mos qo‘yilgan. Ularni navbatma-navbat bosib, rasmning o‘zgarishini kuzatamiz.
CMYK ranglar tizimiga mos keluvchi kanallar quyidagi rasmda keltirilgan. Ularni ko‘rsatish uchun tasviming ranglar tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Birning uchun asosiy menyuning Изображение (Tasvir) bo‘limining birinchi bandi - Режим (Tartib) ni, paydo bo‘lgan yangi menyudan CMYK bandini tanlaymiz.
Kanallarga yangisini qo‘shish mumkin. Bunday kanallardan biri alfa kanal deb ataladi. Alfa kanallar tasviming bir qismini ajratib olish uchun ishlatiladi. Filtrlar PhotoShopning yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan bel- gilab qo‘yilgan algoritm bo‘yicha tasvimi qayta ishlashga aytiladi. Filtrlar asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limida yig‘ilgan. Bu bo‘limning bandlari quyidagi rasmda keltirilgan:
Bo'limning birinchi yarmida ko‘p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo'yilgan qo‘shtugmalar keltirilgan. Bo‘limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar 10 ta guruhga bo‘lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida intemetdan yangi filtrlarni yuklab olish mumkin. Filtrlarning qo‘llanishiga misollar quyidagi rasmlarda keltirilgan. Bu filtrlar Стилизация (Stillashtirish) guruhining Выделениекрая (Chetini ajratish) va Тиснение (0‘yib chiqish) filtrlaridir:
Quyidagirasmlarda Искажения (Buzilish) guruhidagi Дисторсия (Egri- lash) va Зигзаг (Egri-bugri) filtrlariningqo‘llanishiko‘rsatilgan.
Amaliy ish:
RGB va CMYK ranglar tizimida nechta kanal bor?
Filtrlar qanday qilib ishga tushiriladi?
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limidagi bandlar necha guruhga bo‘linadi?
Kuchukcha yoki jo‘ja rasmini yuklab olib, unga turli filtrlarni qo‘llab о‘ring va muvaffaqiyatli chiqqan suratlarni yangi nom bilan saqlab qo‘ying
Fotosuratni yuklab olib, uni rassom tomonidan chizilgan surat ko’ri- nishiga o‘tkazing.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limi ikkinchi qismidagi filtrlarning bir nechtasini qo'llab yangi tasvirlar hosil qiling
Mavzu: Mo‘yqalam va qalam bilan ishlash
Fan: Informatika № 14
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga mo‘yqalam va qalam bilan ishlash usullarini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatdabo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
TK: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektualrivojlantirish;
FK: Axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi;
Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
Dars turi: Yangi bilim berish.
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |