O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1991-yil dekabrdan to 2016 yilning sentyabrga qadar respublikamizda prezidentlik vazifasi va vakolatlarini sidqidildan,o’z kuchi va g’ayratini ayamasdan bajarib keldi. 2016 –yil 8 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisi parlament palatalarining qo’shma qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV- O’ZBEKISTON PREZIDENTI
2016 yil 4-dekabrda mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea-O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bolib o’tdi. Savlovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Shavkat Miramonovich Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1991-yil 6-sentabrida Respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko‘zlab uning tarkibida 1992 yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiya brigadasi barpo etish lozim deb topildi. 1992-yil iyulida u Mudofaa Vazirligiga bo‘ysundirildi.

Mustaqil O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari tizimida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatda 1990-yil dekabrida Davlat reja qo‘mitasi Iqtisod komissiyasiga aylantirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu qo‘mita va statistika davlat qo‘mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hamda joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. 1997-yildan ushbu Qo‘mita Makroiqtisodiyot Vazirligiga aylantirildi.