Uber va Spotify hamkorligi 2014-yil dekabr oyida boshlangan. Ushbu Kobranding hamkorligi o’zari manfaatlarning to’qnash kelishi natijasida vujudga kelgan.
Uberning ushbu hamkorlikdan maqsadi o’z xaridorlariga qulayliklar yaratish hamda xaridor massasini ko’paytirish bo’lgan.
Spotify cobranding natijasida o’z pleylistlarini tarqatishning yangi kanalini vujudga keltirgan.
Uber va Spotifyning birlashishi natijasida Uber xaridorlari o’zining sevimli pleylistlarini yo’l davomida eshitib ketish imkoniyatini qo’lga kiritishgan.
O’rganib chiqishlar shuni ko’rsatdiki Uberda o’rtacha yo’l davomiyligi 30 daqiqa hisoblanadi.
Spotify o’z diversifikatsiyasi loyihasini shu yo’l bilan amalga oshirgan.
2020-yil fevral oyida Uber & Spotify cobrandingi yakunlandi.