Ubaydullanoma



Download 78,58 Kb.
bet1/9
Sana20.06.2022
Hajmi78,58 Kb.
#679790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mushtariy


Ubaydullanoma”
“Ubaydullanoma” XU11 asrda o’tgan Mir Muhammad Amini Buxoriy asaridir. U o’qimishli va fozil kishilardan bo’lib, 1645 yilda tug’ilgan, vafot yili ma’lum emas. Ashtarxoniylardan Subxonqulixon va Ubaydullaxon (1702-1711 yy.) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan.
“Ubaydullanoma” Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiladi. Asar 1716 yildan keyin yozilgan, muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat.
Muqaddimada muallifning hol-ahvoli, ya’ni Subxonqulixon hukmronligining so’nggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, og’ir ahvolga tushib qolganligi va Uaydullaxon xizmatiga qabul qilinishi, Abdulazizxon va Subxlnqulixon davrida Buzoro xrnligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan.
1-80- boblarda Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-1711 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif mazkur asarida katta yer egaligi, aholidan yig’iladigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining ma’muriy tuzulishi, tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning afrim sabablari kabi masalalarga keng o’rin bergan. Asarda geografik va etnografik ma’lumotlar ham ko’p.
Xotimada muallif bilan zamondosh bo’lgan va Buxoroda istiqomat qilgan olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Qosixoja, mulla Sarfaroz, Fitrat, Mulham, mashhur qozilar haqida qisqacha, lekin e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.
“Ubaydullanoma” asarining 10 dan ortiq qo’lyozma nusxasi mavjud. Asar A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1957 yili Toshkentda nashrdan chiqarilgan.
XVI asrda Buxoro xonligida yuz bergan muhim ijtimoiysiyosiy va madaniy jarayonlar hamda bu davrda faoliyat yuritgan tarixiy shaxslar, din, tasavvuf vakillari, ularning avlodlarga qoldirgan qo‘lyozma asarlari, madaniy-ma’naviy meroslari Vatan tarixini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Buxoro xonligi davrida ilm-fan taraqqiyoti, diniy va dunyoviy bilimlar rivoji, xonlikda muhim strategik iqtisodiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan Karmana tarixi va tarixshunosligi, bu yerda yashab o‘tgan va xonlik ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan tasavvuf allomalari hayoti va faoliyatini ilmiy tahlil qilish mamlakatimizning o‘rta asrlar davri tarixini o‘rganishda munosib o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham Karmana tarixini o‘rganish, bu yerdagi tarixiy obidalar, aziz-avliyolar va allomalarning tarixiy meroslariga alohida to‘xtalib, bugungi kunda ularni chuqur tadqiq etish, shuningdek, ulardan bugungi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohalarida unumli foydalanish lozimligini alohida eslatib 1998 yil Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Karmana shahrining yoshi, sardoba va Malik Rabot, Qosim Shayx yodgorligi tarixini tadqiq qilish masalalsi xususida1 hamda 1999 yil Navoiy viloyati saylovchilari bilan bo‘lgan uchrashuvida ham Hazrat Qosim Shayx Azizon borasida: “Biz hamisha ulug‘ ajdodlarimiz bilan iftihor qilamiz. Ularning xotirasi hozir ham ona zaminimizni sharafga burkab turibdi. Ana shunday mo‘tabar zotlardan biri, tabarruk hoki Zarafshon tuprog‘ida yotgan so‘fiy alloma Nizomiddin Qosim Shayx hazratlaridir. XVI asrda yashab o‘tgan, butun umrini ma’rifat tarqatishga, urush va nizolarning oldini olishga, odamlar o‘rtasida mehroqibat tuyg‘ularini kamol toptirishga bag‘ishlagan ulug‘, ayni vaqtda kamtarin bu zot hayot chog‘idayoq xalqning yuksak izzatikromiga sazovor bo‘lgan. Ana shunday tabarruk insonlar, azizavliyolarning hayoti biz uchun hamisha ibrat bo‘lmog‘i kerak”2,deb aytgan fikrlari ham ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlarning muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 3080 sonli qarorida ham yurtimizdagi kuplab qadimiy shaharlar qatorida Karmana va bu yerda yashagan, ulug‘ allomalar va aziz-avliyolar xotirasiga bag‘ishlab ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish va ularning natijalaridan yurtimiz hamda jahon jamoatchiligini xabardor qilib borish3” masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Karmana tarixi va bu yerdagi me’moriy obidalar, qadamjolar, shu yerda tug‘ilib, faoliyat yuritgan ulug‘ ajdodlarimiz va ularning ijtimoiysiyosiy hayotdagi o‘rnini xolisona, ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Xususan, bu davrda yashagan karmanalik allomalarning ma’naviy merosi va ijodiy faoliyatlarining asosini vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, ekologik madaniyat kabi masalalar tashkil etadi. Bu holat tobora olamshumul muammoga aylanib borayotgan masalalarni tahlil qilish va barkamol avlodni tarbiyalashdek muhim jarayonlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3080-sonli hamda 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-2995-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, shuningdek mavzuga oid boshqa ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda mazkur monografiya ma’lum darajada ahamiyatga ega.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, qadimiy Karmanada ko‘plab ulug‘ allomalar yashab, faoliyat yuritgan. Ana shunday shaxslar qatoriga ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’naviy hayotda ulkan iz qoldirgan yassaviya tariqati vakillari - Shayx Xudoydod Valiy (1461-1532) va Qosim Shayx Azizon (15001578)larni kiritish mumkin. Bu davr ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid ma’lum tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, lekin ushbu jarayonlarda muhim o‘rin tutgan tasavvufning yassaviya tariqati vakillari, ayniqsa, karmanalik allomalar hayoti va faoliyati, ularning XVI asr davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘rni, Karmananing Buxoro xonligi davridagi mavqei alohida tadqiqot sifatida hozirgacha to‘liq va tizimli tarzda o‘rganilib, ilmiy tahlil etilmagan. Shuningdek, karmanalik shayxlar hayoti va faoliyati aks etgan manbalar va ma’lumotlar hanuzgacha ilmiy iste’molga to‘la kiritilmagan.
O‘lkashunoslar A.Hotamov, Sh.Xalilov, N.Bekniyozov va S.Mustafoyevlarning risolalarida karmanalik shayxlarning ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, hayoti va ijodi kengroq ochib berishga harakat qilingan, ammo ushbu tadqiqotlar ko‘proq badiiy-publitsistik harakterga ega. Shuningdek, XVI asr Shayboniylar davlatining huquqiy tizimi va davlat mansablari, soliq va majburiyatlari hamda bu davrdagi ijtimoiy-siyosiy voqealar Z.Muqimov tadqiqotlarida aks ettirilgan. Tadqiqot davlat boshqaruv tizimini huquqiy asoslarini ochib berishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
XVII asr Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan hukmdorlar o‘rtasidagi siyosiy nizolarni oldini olish, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, Abdullaxon II tomonidan markazlashgan davlatni tashkil topishida karmanalik shayxlarning o‘rni va ochib berildi.
Nima bo‘lganida ham XVI asr boshlarida shayboniylar sulolasi asoschisi Muhammad Shayboniyxonning hukmronlik faoliyati fojiali tarzda yakun topdi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Muhammad Shayboniyxon temuriylar saltanatida bilim egallab, turk va tojik tillarini mukammal biluvchi, o‘z davrining bilimdon kishilaridan biri bo‘lgan edi. U faoliyati davomida mahalliy diniy ulamolar bilan hamkorlik qilishga intildi va o‘zi asos solgan davlatning siyosiy mavqeini mustahkamlashga harakat qildi. Shu bilan birga Binoiy (1453-1512), Muhammad Solih (1455-1534), Ruzbehon Isfahoniy (1457-1530), Mullo Shodiy singari olim va shoirlarni atrofiga to‘plab, o‘zi ham she’rlar yozdi. Shayboniyxon “Shabon” taxallusi bilan ijod qildi. Uning o‘zbek va fors tillarida yozilgan she’rlari jamlangan devoni hamda “Bahr al-hido” (Hidoyat dengizi) nomli (1508) dostoni bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ushbu asar hozirgi kunda Respublikamizning qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. XVI asr manbalarida yozilishicha, Shayboniyxon Samarqanddagi kelini Mehr Sulton xonim (yoki Mehribonxonim) tomonidan qurdirilgan madrasaga dafn qilingan va ushbu madrasa keyinchaliк Shayboniyxon madrasasi nomi bilan mashhur bo‘lgan4. Lekin keyingi tadqiqotlarda esa Muhammad Shayboniyxonni Samarqanddagi Baland Sufa degan yerga dafn etilganligiga va ushbu Sufa Registon maydonida joylashgan bo‘lib, Tillakori va SHerdor madrasalari o‘rtasidagi burchakda ekanligiga ishora qiladi. Chunki XVIII asrda ushbu madrasa buzilib, asr oxirlariga kelib qisman yana qayta tiklanadi. Keyinchalik, ya’ni 1874 yilda bu yerdan ko‘cha o‘tkazilishi munosabati bilan bino butunlay buzib tashlanib, shayboniylar dahmasi esa Registon atrofiga ko‘chiriladi5.
Shayboniyxon vafotidan keyin mamlakatda ichki ziddiyat va tarqoqlik kuchaydi. Garchi Ubaydullaxon (1533-1539)o‘z hukmronligi davrida ichki ziddiyatlarga barham berishga harakat qilgan bo‘lsada, uning vafotidan keyin Movarounnahrda qo‘sh hokimiyatchilik boshlanadi: xususan, Samarqandda Abdullatif sulton (1540-1550yy); Buxoroda esa Abdulazizxon (1540-1549) hokimiyat tepasiga keldi. Ayniqsa, 1551-1556 yillari Navro‘z Ahmadxon (1551-1556), Burxon sulton (15531557), Abdullaxon II (1583-1598) kabi shayboniy vakillari o‘rtasida Movarounnahr urush maydoniga aylantirildi. Abdullaxon II uzoq vaqt davom etgan qonli urushlardan (15571582) so‘ng Movarounnahrni birlashtirishga, Toshkent va Turkistonni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. U 1584 yili Badaxshon va Ko‘lob, 1588 yili Hirotni egalladi. 1594 yil Xorazmda o‘z xukmronligini o‘rnatib xonlik hududini kengaytirdi va chegara yerlarida nisbatan osoyishtalik o‘rnatishga erishdi. Abdullaxon II nafaqat harbiy yurishlar olib bordi, balki davlatni markazlashtirish va mustahkamlash bilan bog‘liq muhim ishlarni ham amalga oshirdi.
asr oxirlarida temuriylar o‘rtasida bir necha o‘n yillarga cho‘zilgan toju-taxt uchun bo‘lgan shiddatli kurashlar mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Xalqning esa bora-bora temuriylarga bo‘lgan ishonch va e’tiqodlari asta-sekin so‘nib bordi. Jamiyatda mamlakatni birlashtirib, tinchlik o‘rnatadigan va urushlardan tinkasi qurigan xalqni iqtisodiy va ijtimoiy qo‘llabquvvatlovchi hukmdorga bo‘lgan zarurat kuchayib bordi. Ana shunday bir vaziyatda o‘zaro ichki nizolardan ustalik bilan foydalangan holda Muhammad Shayboniyxon qisqa vaqt ichida temuriylarga tegishli bo‘lgan hududlarni egallab, bu yerda o‘z hukmronligini o‘rnatdi.
Xulosa qilib aytganda sohibqiron Amir Temur vafotidan so‘ng Movarounnahrda boshlangan va temuriy shahzodalar o‘rtasida ro‘y bergan o‘zaro ichki ziddiyatlar mamlakatdagi siyosiyijtimoiy hayotni izdan chiqardi. Natijada atrofdagi boshqa ko‘chmanchi qabilalarning Movarounnahrga bostirib kirishi uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Ayniqsa, ko‘chmanchi qabila vakillaridan Abulxayrxon bunday imkoniyatdan unumli foydalandi va kelajakda Dashti Qipchoq qabilalarining Movarounnahrda hokimiyatni qo‘lga kiritishlari uchun zamin tayyorladi.
O‘zbek davlatchiligi tarixida din va davlat, davlat va tasavvuf shayxlari mavzulari ayrim tadqiqotlarda aks etgan bo‘lsa-da, ularni yetarli deb bo‘lmaydi. Ushbu tadqiqotlarda yassaviya tariqati shayxlari, xususan, karmanalik shayxlar faoliyati batafsil ochib berilmagan. Aksariyat tadqiqotlarda asosiy e’tibor Shayboniylar davlatida muhim o‘rin tutgan islom dini vakillari, xususan, Jo‘ybor shayxlari faoliyatini ochib berishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Buni Juybor shayxlarining karmanalik shayxlarga nisbatan qo‘lida to‘plangan katta yer-mulklarining mavjudligi va ularning davlat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida ham ma’lum mansabdorlik faoliyatlari bilan izohlash mumkin. Shuningdek, karmanalik shayxlar faoliyatini o‘rganish avvalo XVI asr boshlaridagi Movarounnahrda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chuqurroq tahlil qilish hamda siyosiy jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan yassaviya shayxlari faoliyatini yangicha qarashlar asosida ochib berishni taqazo etadi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrlarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniyada xristian cherkovi isloh qilinishi boshlanib, din va davlat o‘rtasidagi munosabatlarga ma’lum ma’noda aniqlik kiritilayotgan edi. Buni katolik cherkovining bu davrlarda xalqning va davlatning ishonchini yo‘qota boshlagani nuqtai nazaridan izohlash mumkin. O‘zbek xonliklarida esa aksincha, din va davlat munosabatlari chuqurlashib borganligini kuzatamiz. Buning albatta, o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sabablari mavjud edi. Barcha o‘rta asr davlatlariga xos bo‘lgani kabi Shayboniylar davlati ijtimoiy-siyosiy hayotida ham diniy ulamolarning mavqei baland edi. Ushbu sulola vakillari zamonasining mashhur shayx va ulamolarini o‘zlariga pir deb bilgan hamda mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda ularning yordamiga tayangan. Shayboniylar davrida Buxoroda Jo‘ybor xojalari, Karmanada Qosim Shayx Azizon (vafoti 1580), Samarqandda Shayx Xudoydod Valiy (1461-1532) va Mahdumi A’zam Dahbediy (1461-1542) kabi tasavvuf vakillari faoliyat yuritgan.
Shu o‘rinda “Shayx”, “Valiy”, “Azizon” atamalari xususida fikr bildirib o‘tish lozim. Tasavvufga oid kitoblarda keltirilishicha, “Shayx” so‘zi keksa ota, istilohda kamolot darajasini egallagan kishi ma’nolarida keladi. Shayxlik shartlari esa quyidagi shartlardan iborat bo‘lgan, ya’ni pok e’tiqodli, ilmli, o‘z ahdida ustuvor, saxiy, shijoatli, oliyhimmat, mehribon, halim, kechirimli, latifxulq, qo‘li ochiq, himmatli, murabbiy, hirsi yo‘q, osoyishta, salobatli, odobli kishi bo‘lishi lozim. Demak, shayx eng ulug‘ inson va namuna uchun yaratilgan mo‘tabar zot hisoblangan. Uning ilm va ma’rifatda bo‘lgan kamoloti barcha muridlarga namuna va haqdan so‘zlaguvchi muhtaram shaxs. Shayxning tarbiyasini olgan shogird so‘zsiz mansablarga erishadi, kamolot topadi. Zero, shayxning e’tiqodi pok, ilmi tengsiz, himmati oliy, xulqi namunaviy, tarbiyasi o‘tkir. Shayx zohirda oddiy ko‘rinadi, ammo botinda haybatli kishi; haybati esa uning karomati hisoblangan6.
“Валий” нисбасининг қўшиб айтилиши эса, бундай кишилар воқеаларни олдиндан айтиш, ғойибдан хабар бериш қобилиятига эга бўлган. Тасаввуфда “Валий” тушунчаси бевосита “Набий” тушунчаси билан боғлиқ бўлиб, у набийдан кейин турган. Жамият ҳаётида валийнинг бўлиши диний, ижтимоий, маънавий-мафкуравий зарурат ҳисобланган. Валий тушунчаси
Қуръон ва ҳадисга асосланган бўлиб, “дўст” (Аллоҳнинг дўсти) маъносини билдиради. Шу маънода Қуръони Каримда Осиф ибн Бурхиё, Марям, Луқмони Ҳаким, Искандар Зулқарнайн каби шахслар “возеҳ” (яъни аниқ, равшан) тарзда валий бўлган-
liklariga ishora qilinadi. Keyinchalik bu atama tasavvufning muhim tushunchalaridan biriga aylandi. “Azizon” esa yassaviya tariqatiga mansublikni bildirgan.
Shayx Xudoydod Valiy va Qosim Shayx Azizonlarning ta’sir doirasi Movarounnahrdan tortib Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindistongacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan edi. Shu bois shayboniylardan Ubaydullaxon, Abdulazizxon, Abu Saidxon hamda Abdullaxon II, temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun va Komron mirzolar kabi hukmdorlar ularning yordamiga tayangan. O‘rta Osiyo hududida keng tarqalgan yassaviya, naqshbandiya va kubroviya tariqati vakillari jamiyatning ham ma’naviy, ham siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Lekin yassaviya tariqatining murshidlari ko‘proq jamiyatga ma’naviy ta’sir ko‘rsatishga moyil bo‘lganligini ham eslatib o‘tish lozim.
Shayboniylar ham temuriylar kabi ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Muhammad Shayboniyxon Buxoro madrasasida ta’lim olish bilan birgalikda she’riyatga ham ixlos qo‘ydi. Ubaydullaxon esa musiqa ilmiga katta rag‘bat ko‘rsatib, husnixat va san’at bilan shug‘ullandi. Ushbu sulola vakillaridan yana biri Abdullatifxon (1540-1551 yillarda Samarqandda xokimlik qilgan) tarix, ilmi nujum borasida yuqori salohiyatga ega bo‘lganligi manbalarda qayd etiladi. Abdulazizxon va Abdullaxon II tomonidan tashkil etilgan kutubxonalar o‘z zamonasining eng yirik kitob xazinalaridan biri hisoblanib, ularda qo‘lyozma asarlarni ko‘chirish, ta’mirlash, bezak berish ishlari amalga oshirilgan. Bu holat jamiyatda temuriylar an’analarining ta’siri saqlanib qolganligini ko‘rsatish bilan birga, ayrim shayboniylar hattoki ularga o‘xshashga harakat qilganlarini ham anglatadi.
Shayboniylar xukmronligi davrida Movarounnahrda fan va madaniyat temuriylar davridagidek butun dunyo olimlari tomonidan e’tirof etadigan Sharq renessansi (uyg‘onish) darajasida bo‘lmasada, o‘ziga xos tarzda, ya’ni mahalliylashgan holda taraqqiy etdi. Bu davrda ilmiy va badiiy asarlarga diniy-tasavvufiy g‘oyalar singdirildi. Shayboniylar diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni ham rivojlantirishga harakat qildi. Manbalarda bu davrda ham Ulug‘bek asos solgan Fanlar akademiyasi faoliyati davom etganligi hamda Ulug‘bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqqanligi qayd etib o‘tiladi. Xususan, XVI asrda ham Ulug‘bek akademiyasi faoliyat yuritganligini Muhammad Olim Shayx o‘zining “Lamahot” asarida eslatib o‘tadi7. Shuningdek, bu davrda Samarqanddan farqli o‘laroq Buxoro astasekin ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bordi. Buni Buxoroning mamlakat poytaxti darajasiga ko‘tarilishi bilan ham izohlash mumkin.
Muhammad Solih (1455-1535)ning turkiy tilida yozilgan “Shayboniynoma”, Fazlulloh ibn Ro‘zbexon (1457; vafoti taxm.-1530 yillar)ning “Mehmonnomayi Buxoro”, Kamoliddin Binoiy (1453-1512)ning “Shayboniynoma”, Sayyid Hasan xoja Nisoriy (vafoti-1596-1597 yillar)ning “Muzakkiri ahbob” kabi asarlari yaratildiki, ular hozirgi kungacha Shayboniylar davri haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi manbalar sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ana shunday manbalardan biri mashhur shoir va adabiyotshunos, musiqachi, xattot Sulton Muhammad Noyi Mutribiy Samarqandiy (1559-1630) tomonidan 1605 yilda yozilgan “Tazkirat ush shuaro” asari bo‘lib, B.Ahmedovning fikricha ushbu asarda XVI asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda faoliyat ko‘rsatgan 320 dan ortiq shoir haqida ma’lumot va asarlaridan namunalar keltirilgan. Asar avvalida muallif shoirlik va she’riyatga aloqador bo‘lgan 17 nafar shayboniy sultonlari haqida ma’lumotlar keltiradi va “ularning ba’zilari bilan tanish edim va ularni shaxsan bilardim, ba’zilarining esa xizmatida bo‘lgan edim”8, -deb yozadi. Shu jihatdan Mutribiyning tazkirasi ustozi Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” asari ta’sirida yozilib, uning davomi sifatida qaraladi. Shuningdek, asarda Samarqand shahrining madaniy hayoti bilan birga me’moriy inshootlarning joylashish tartibi, qurilish tarixi, vazifalari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar keltiriladi. Mutribiy tavsifiga ko‘ra, Go‘ri Amirdan to shahar bozorigacha masjidlar, madrasa va ulug‘ shayxlar maqbaralari hamda o‘rtadan kesib o‘tuvchi Ulug‘bek qurdirgan Bayni toqayn (ikki ark oralig‘i) xiyoboni yaxlit bir me’moriy majmuani tashkil qilgan. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek topshirig‘i bilan madrasa devoriga chizdirilgan yer sharining dumaloq shakldagi xaritasini yarim doira shaklida ko‘chirib o‘z asariga ilova qiladi9. Buni e’tiborga molik hodisa sifatida e’tirof etgan holda, Ulug‘bek xaritasi 1605 yilda ham mavjud bo‘lib, talabalar foydalanishi uchun yaroqli bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin.
Abdullaxon II ning Buxoro taxtini egallab, shaharni mamlakat poytaxtiga aylantirishi xonlikdagi madaniy jarayonlar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Adabiy-madaniy an’analar doirasida tarixnavislik, tazkiranavislik va manoqiblar yozish yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu jarayonga jo‘ybor xojalarining ta’siri ham katta bo‘ldi. Ularning bevosita homiyligi tufayli bir necha yangi asarlar yaratildi. Bular Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon, hadiqat al-g‘ilmon”, Husayn as-Saraxsiyning “Manoqibi sa’diya”, Muhammad Abu Tolibning “Matlab at-tolibin” asarlaridir. Ushbu asarlarda keltirilgan ma’lumotlardan xojalarning nafaqat tashqi siyosiy va iqtisodiy, balki tashqi madaniy aloqalarga ham ko‘rsatgan ta’siri to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarni uchratish mumkin.
XVI asr boshlariga kelib Buxoro xonligidagi madaniy hayotning jonlanishiga Eron shohi Ismoilning Hirotda yashovchi so‘fiylar va diniy ulamolarni ta’qib ostiga olishi ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada ko‘plab shoirlar, olimlar, din arboblari Movarounnahrga kelishga majbur bo‘ladilar. Ularning deyarli hammasi xon va amirlarga hizmat qildi va keyinchalik mashhur shaxslarga aylandi. Ulardan Kamoliddin Binoiy (1453-1512), Muhammad Solih, Mushfiqiy (1525-1588) kabi shoirlar, tarixchi va adabiyotchilarni eslatib o‘tish mumkin. Shu bilan birga ushbu shaxslar Hirot madaniy muhitini Movarounnahrga yanada keng yoyilishiga va bu yerda mahalliy madaniyatning yangicha ko‘rinishda rivojlanishiga xizmat qildi.
Xattotlar tomonidan yuqori saviyada ko‘chirilgan asarlar rassomlar tomonidan go‘zal miniatyura va zarvaraqlar bilan ziynatlanib, Abdulazizxon (1509-1550) kutubxonasida saqlangan. Kutubxonani shaxsan ko‘rgan va undan foydalangan mashhur adib va shoir Hasanxoja Nisoriy: “Abdulazizxonning kutubxonasida kotiblar podshohi Amir Ali Husayniy, kitobdor (kitobxona boshlig‘i) mavlono Sulton Mirak Munshiylar faoliyat yuritgan”10 ligini eslatib o‘tadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan omillar mazkur davrda uzluksiz va ko‘pqirrali ilmiy-adabiy muhitni yuzaga keltirishda muhim o‘rin tutdi. Shu bilan birga XVI asrdagi ilmiy-adabiy jarayon o‘zining keng ko‘lamliligi, mumtoz an’analarni davom ettirgan holda yangiliklari, hayotiylikning ustuvor qo‘yilishi bilan ajralib turgan. Xususan, bunday mumtoz asarlar qatoriga Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Shayboniyxonning “Devon” va “Bahr ul-hido” (“Hidoyat dengizi”) nomli dostonlarini kiritish mumkin. Shayboniyxon devoni hozirgi kunda Istanbulning To‘pqopi saroyi muzeyida, “Bahr ul-hido” esa Britaniya muzeyida saqlanadi. Shayboniyxon “Devon”i haqida ilk ma’lumot o‘z davrining mashhur olimi Zakiy Validiy To‘g‘onning “Shayboniyxonning she’rlari” nomli maqolasida uchrashini ayrim tadqiqotchilar asarlarida eslatib o‘tiladi11.
XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo xonliklarida qarama-qarshi va murakkab tarixiy jarayonlar kеchdi. Ularni o‘rganishda voqеa-hodisalarga to‘g‘ri va xolis baho bеrishda bu davr oralig‘ida yaratilgan manbalar mahalliy muarrixlarning asarlari, arxiv hujatlari, Markaziy Osiyo hududiga XVI-XIX asrning birinchi yarmida tashrif buyurgan elchilar, sayohatchilar, harbiylar va boshqa shaxslarning xotiralari muhim o‘rin tutadi.
XVII-XVIII asr boshlari tarixini bayon etuvchi Muhammad Amin Buxoriyning
“Ubaydullanoma”, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning “Muhit ut-tavorix”
(Tarixlar dengizi), Abdurahmon Tole’ning “Abulfayzxon tarixi”, Muhammad Yusuf Munishiyning “Muqimxon tarixi” asarlari shu davrning mahsulidir. Bundan tashqari Mahmud ibn Vali ( “Bahr-ul asror”), Xoja Samandar Termiziyning “Dastur al-muluk” asari, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad Vafo Karmanagiyning “Tuhfat ul-xoniy”, Abdurahmon Davlatning “Tarixi Abulfayzxon” kabi tarixiy asarlari yaratildi12. Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-y vafot etgan) ning ijodi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-mulk” (Podshohlar uchun dastur) asarini Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqidagi asardir. Mutribiyning “Tazkirat ush-muaro” Salexo Samarqandiyning “Muzakkir ul-ashob” (1602-y), Mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz ush-shuaro” kabi tazkiralarida davr ilmiy muhiti haqida keng tasavvur beradi.
“Matlab ut-tolibin”(“Haqiqat izlovchilarning maqsadi”) Tojiddinning o‘g‘li AbulabbosMuxammad Tolib tomonidan 1663/64 yili yozib tamomlangan. Unda mashhur Jo‘yboriy xojalardan xoja Muxammad Islom, xoja Sa’d, xoja Tojiddin Xasan, xoja Abduraxim (1575-1629), Abdixoja (1577-1607) va Muxammad Yusufxoja (1595-1652)larning xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bayon etilgan shuningdek ushbu asarda ular istiqomat qilgan Buxoro shahri va viloyati hududi, undagi savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yoritiladi hamda Jo‘ybor shayxlarining faoliyati va ularning vaqf mulklari sanab o‘tiladi. “Matlab ut-tolibin” faqat biografik asar bo‘lib qolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid hamda Buxoro xonligi bilan Hindiston o‘rtasida munosabatlarga tegishli o‘ta muhim ma’lumotlar mavjud. Shuning uchun ham undan V.L.Vyatkin va P.P.Ivanov Jo‘yboriy xojalarning yer-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan. Muhammad Tolib haqida quyidagilar ma’lum.2 Asarda uchragan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, otasi 1608-yili vafot etganida u 39 yoshda bo‘lgan. Shuni e‘tiborga olinadigan bo‘lsa, muallifning tug‘ilgan yili 1569-yil bo‘lib chiqadi. U xoja Tojiddin Xasanning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, hamma vaqt otasi bilan birga Buxoroda istiqomat qilgan. 1623-yili ota-bola Balxga borganlar. Muhammad Tolibning ham xo‘jaligi katta bo‘lgan. Otasidan olgan ulushidan tashqari, 1632-1633 yillari befarzand xolasining yersuvi va boshqa mulki ham unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga baholangan. “Matlab ut-tolibin” tarkibi an’anaga binoan muqaddima, xotima va sakkiz bobdan iborat. Muqaddimada an’anaviy fotixa va hamdu sanolardan keyin, mazkur asarni yozishda muallif o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar haqida so‘z yuritiladi va asar mundarijasi keltiriladi. Lekin keyinroq atroflicha o‘rganilgan “Baxr ul-asror”, “Tarixi olamoroyi Abbosiy”, “Silsilot us-salotin” asarlarida bu voqea xijriy 1009, milodiy 1601yili sodir bo‘lgani ochiq aytilgan. “Matlab ut-tolibin”da shu fikr aniq
va ishonarli dalillar bilan e’tirof qilingan. Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning o‘g‘li va taxt vorisi Abdulmo‘min sulton o‘rtasida boshlangan ziddiyat haqidagi ma’lumotlar tariximizning yaxshi yoritilmagan masalalariga aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan beshinchi bobda keltirilgan ma’lumotlar diqqatgan sazovordir. Bulardan biri, Jo‘yboriy xojalarning mol-mulki yil sayin ortib borishidir. Masalan, xoja Sa’dning vorisi xoja Tojiddin Hasanning mol-mulklari orasida yangilari, yangi qurilgan Xasanobod qishlog‘i, 50 nafar chorbog‘, 20 qator tuya va boshqalar ham bo‘lgan. Shuni ham aytish kerakki, xoja Tojiddin fiqh, hadis va tarixga oid qimmatli kitoblar yig‘ishga ham e’tibor bergan. “Matlab ut-tolibin” da keltirilishicha, uning kutubxonasida 1000 jild qimmatli qo‘lyozmalar saqlangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib yozilgan kitoblar bo‘lgan.13Keltirilgan parchadan qurol-yaroqchining vazifalari va huquqlari, ortiqcha izohsiz ham ko‘rinib turibdi. Abdixo‘janing XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining ichki ahvoli va uning mamlakatning siyosiy hayotida tutgan o‘rni va mavqeyi haqida asarda quyidagi ma’lumotlarni uchratamiz. So‘nggi Shayboniy Pirmuhammad Soniy (1598-1601) davrida mamlakatning ichki ahvoli beqarorlikka yuz tutdi.Shu payt Abdixoja Buxoroni tark etib Samarqandga bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi Muxammadning omadi yurishib, toj-taxtni egallaguday bo‘lsa, ikkalari davlatni birgalashib boshqarishga ahd qildilar. “Matlab ut-tolibin”da Boqi Muhammadxonning mana bu so‘zlari keltiriladi; “Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bo‘lsak, unda mamlakatni Siz, men va Vali Muxammad o‘rtasida uchga taqsimlaymiz...” Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixo‘ja Boqi Muhammadxonnga murojaat qildi; “Tabriklaymiz, ulug‘ ajdodlarimiz Sizga poytaxt shahar Buxoroni in’om qiladilar”. Boqi Muhammadxon (ichiga sig‘may) suyunib ketdi va singlisini Abdixo‘jaga xotinlikka berdi. Odatda, shaharlarning mavjudligini va yurt aholisining to‘kin hayotini bozorlar ko‘rsatgan. Bozorlarning katta-kichikligi, boyligi va boshqa jihatlari shaharlarning mamlakatda tutgan o‘rni va siyosiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan. Ushbu asarda esa Buxoro shahrining bozorlari va undagi rastalar ham tasvirlanadi.14
I. A. Remez, K. A. Sheyko, K. Z. Hakimova, L. N. Kravets, A. Ya. Sokolov, M. A. Boboxo‘jayev tadqiqotlarida Buxoro xonligi ichki va tashqi siyosati, qishloq xo‘jaligi, haqida ma’lumotlar tahlil etilgan.Albatta ularning hammasi manbalarni o‘rgangan holda buni talqin qilishgan.
Mazkur davr tarixini yoritgan xorijlik tadqiqotchilar guruhini M. Xoldsvort, G. Meyendorf, G. Bonvalot, Jorj Fredrik Rayt, J. Kunit va h. k. tadqiqotchilar asarlari tashkil etadi. Mazkur olimlar ishlarida Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi, jumladan, davlat boshqaruvi masalalari tahlil qilingan. Ayniqsa, Angliya hukumatining Osiyoga nisbatan olib borgan siyosati natijasida ingliz tarixchilari Buxoro xonligi tarixiga
taalluqli voqea-hodisalarni muntazam o‘rganganlar. Ingliz tadqiqotchisi Meri Xoldsvort Buxoro tarixini o‘rganib, XVIII asrda ikkita asosiy sabablarga ko‘ra Buxoro, Qo‘qon va Xorazm tarixini o‘rganishda zarur deb yozadi. Birinchi sabab, XVIII asr oxirida yoki undan oldinroq harbiy imperiyaning bir qismiga aylangan hududlar tarixini, shahar tarixi bilan birga ichki urf-odatlar hamda Buxoro xonligini Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan taqqoslash, tashqi aloqalarini o‘rganishda. Ikkinchi sabab, ingliz kitobxonlari uchun Buxoroo xalqlari, uning o‘tmish tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etish. Meri Xoldsvortning “Turkestan in the ninetteenith. Centry. A brief histore of the Khanates of Bukhara, Kokand and Khiva” asarida Buxoro amirligining tashqi iqtisodiy ahvoli Buxoro – Afg‘oniston, Buxoro – Eron o‘rtasidagi elchilik aloqalari, tashqi savdo munosabatlariga doir ma’lumotlar keltirilgan.15
Jorj Frederik Raytning “Rossiya Osiyosi” kitobida Markaziy Osiyoning moddiy madaniyatiga doir tarixiy manbalar, Buxoro – Rossiya, Buxoro – Afg‘oniston, Eron – Hindiston munosabatlari haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.16 Joshua Kunitning “Samarqand bo‘ylab tong, O‘rta Osiyoning qayta tug‘ilishi” nomli asarida Buxoro xonligida davlat boshqaruvi tizimi quyidagicha izohlangan: “Xonning hokimiyati mutloq edi. Turli muassasalar boshliqlari, hokimlar u tomonidan tayinlanar va faqat unga mas’ul edi. Mamlakat ma’muriy birlashmalar, viloyatlar, tumanlar va qishloqlarga bo‘linardi. Ma’muriy amaldorlar beklar, amloqdorlar oqsoqollar edi”.17 Mavzu tarixshunosligining tahlili shuni ko‘rsatadiki, Buxoro xonligining tarixshunosligi masalasi nafaqat mahalliy, balki xorij tarixshunosligida ham alohida tadqiqot ob’ekti bo‘lgan. Xonlik tarixiga oid yaratilgan tadqiqotlar va nashrlarda asosiy e‘tibor Buxoroning siyosiy tarixi, Rossiya bilan munosabatlari, davlat tuzilishi, boshqaruvning xususiyatlari kabi masalalarga qaratilgan.

Abdullaxon II markaziy hokimiyatni susaytirishga uringan har qanday xatti-harakat tashabbuskori hamda ishtirokchilarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Shunga qaramay, u baribir siyosiy parokandalikka barham berolmadi. Taxtga o'g'li Abdulmo'min o'tqazildi. Biroq, uning hukmdorligi uzoqqa cho'zilmadi. Oradan ko'p o'tmay Abdulmo'min ham o'ldirildi. Abdulmo'mindan qolgan 2 yashar o'g'ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi. Ana shunday bir sharoitda mamlakatning turli burchaklaridan taxt da'vogarlari chiqa boshladi. Ulardan bin Abdulmo'minning amakisi Balx hokimi Pirmuhammad edi. Buxoro xonligi taxtiga o'sha Pirmuhammad o'tqazildi. Biroq, uning zodagonlar orasida obro'si yo'q edi. Pirmuhammad davlatni 1601-yilgacha idora qildi, xolos. Markaziy hokimiyat nihoyatda zaiflashdi.


Buxoro xonligida vujudga kelgan og'ir vaziyatdan birinchi navbatda qo'shni davlatlar foydalanib qolishga urindilar, mamlakatda esa ichki nizolar yanada avj oldi. Har bir viloyat hukmdori ajralib chiqib mustaqil bo'lib olishga intildi. Xususan, Eron hukmdori shoh Abbos Hirotni va Xurosonning talaygina qismini bosib oldi. Qozoq sultonlarining lashkari Toshkent bilan Samarqandni egalladilar. Buxoroning o'zi bo'lsa ikki oy davo-mida qamal qilindi. Xorazm esa mustaqil davlat bo'lib oldi. Ana shunday og'ir sharoitda Buxoroning oliy tabaqalari kelib chiqishi Ashtarxon (Hojitarxon)lik bo'lgan Jonibek sultonni taxtga o'tkazishga qaror qildilar. Yangi sulola ashtarxoniylar nomini oldi. Xo'sh, Jonibek sulton avlodi qanday qilib Buxoroga kelib qolgan? Ashtarxoniylar Chingizxonning o'g'li Jo'chixon naslidan edilar. Ular XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Astraxan) va uning atrofidagi yerlarga hukmronlik qila boshlaganlar. 1556-yili Rossiya Astraxanni bosib olgach, ashtarxoniy Yormuhammadxon oila a'zolari va qarindosh-urug'i bilan Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxonning otasi)ning huzuriga — Buxoroga keladilar. Xon uni izzat-ikrom bilan kutib oladi hamda qizi Zuhraxonimni Yormuhammadxonning o'g'li Jonibek sultonga beradi. Jonibek sulton Zuhraxonimdan uch o'g'il (Dinmuhammad, Boqimuhammad va Valimuhammad) ko'rgan. O'g'illarining kattasi Dinmuhammad Abdullaxon davrida Seistonni idora qilgan.
1601-yili Jommuhammadxon nomiga xutba o'qitiladi va Buxoro xoni deb e'lon qilinadi. Ayni paytda Jommuhammadxon o'g'li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Lekin, Dinmuhammadga Buxoro taxtiga o'tirish nasib etmaydi. U Eron qo'shinlariga qarshi umshda halok bo'ladi. Endi, Buxoro taxtiga Boqimuhammad o'tiradi. Boqimuhammad bu davrda Samarqand hokimi edi. Valimuhammad esa voris deb e'lon qilinadi.
Shunday qilib, Buxoro taxtini ashtarxoniylar egallaydilar va Buxoro xonligi tarixida o'zbek sulolasi — ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davri (1601—1756) boshlanadi. Bu sulola Buxoro taxtida 1756-yilgacha, mang'itlar sulolasi vakillari qo'liga o'tguncha hukmron­lik qildi.



Download 78,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish