9.4.Tender natijalari bo„yicha shartnoma tuzish
Tender natijalari bo‗yicha shartnoma tender bo‗yicha xarid qilish
hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan
berilgan taklifda ko‗rsatilgan shartlar asosida tuziladi.
G‗olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga zakalat
summasi qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan
zaxiradagi g‗olib aniqlangan bo‗lsa, shartnoma tuzish va unga doir
majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‗olibga o‗tadi. Bunda
zaxiradagi g‗olib g‗olib tomonidan taklif etilgan narxda (bundan
zaxiradagi g‗olib taklif etgan narx g‗olib tomonidan taklif etilgan narxdan
past bo‗lgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan
99
bosh tortishi mumkin. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‗olib
aniqlanmagan bo‗lsa yoki zaxiradagi g‗olib shartnoma tuzishdan bosh
tortsa, davlat buyurtmachisi yangi tender o‗tkazadi.
Tender natijalari bo‗yicha tuzilgan shartnoma to‗g‗risidagi axborot
davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga u tuzilgan
sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
Nazorat uchun savollar
1.
Qanday xaridlar tender orqali amalga oshiriladi?
2.
Tender o‗tkazish mezonlari nimalardan iborat?
3.
Tender vositasidagi davlat xaridi qanday shartlar bir vaqtning o‗zida
bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi?
4.
Tender o‗tkazishda kamida necha nafar a‘zodan iborat tarkibda xarid
komissiyasi tuziladi?
5.
Tender o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘lon davlat buyurtmachisi
tomonidan qachon maxsus axborot portaliga joylashtiriladi?
6.
Tender o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘londa qanday axborotlar bo‗lishi
kerak?
7.
Tender hujjatlarida nimalar bo‗lishi kerak?
8.
Tender ishtirokchilari qanday tartibda takliflarini beradilar?
9.
Tender ishtirokchilarining takliflarini ko‗rib chiqish va baholash
qancha muddat ichida amalga oshiriladi?
10.
Tender komissiyasi kimning tegishli qarori bilan tuziladi va
tarqatib yuboriladi?
11.
Tender ishtirokchisi nechta taklif berishga haqli?
12.
Kamida nechta taklif kelib tushgan bo‗lsa tender o‗tkazilgan
deb topiladi?
13.
Takliflarni ko‗rib chiqish va baholash bayonnomasida qanday
axborot bo‗lishi lozim?
14.
Tender natijalari bo‗yicha shartnoma qanday shartlar asosida
tuziladi?
15.
Tender yakunlari bo‗yicha shartnomalarni ijro etish qanday
tartibda amalga oshiriladi?
16.
Tender g‗olibi tender shartlari asosida shartnoma tuzishdan
bosh tortgan hollarda nima qilinadi?
100
Do'stlaringiz bilan baham: |