6)
Davlat
xaridlarining
ijrochisi.
Davlat
xaridlarining
ijrochisixarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‗yicha g‗olib deb topilgan
va o‗zi bilan davlat xaridlari to‗g‗risida shartnoma tuzilgan ishtirokchidir.
Ijrochi:
davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani bajarish
jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish;
etkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish;
shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonunchilikda nazarda
tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
Ijrochi qonunchilik talablariga rioya etishi, shartnomani uning
shartlariga muvofiq bajarishi, asosiy benefitsiar mulkdor to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarni oshkor etishi, shartnomani bajarish jarayonida davlat
buyurtmachisiga yoki vakolatli davlat organiga uning so‗rovi bo‗yicha
tushuntirishlar va axborot berishi shart.
7) Davlat xaridlari elektron tizimining operatori
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori davlat xaridlarining
subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-
taomillarini amalga oshirish bilan bog‗liq xizmatlar ko‗rsatadigan, davlat
22
xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus
vakolatli yuridik shaxsdir.
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori:
davlat xaridlari elektron tizimining uzluksiz ishlashini, unga
joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, o‗z elektron
resursining tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va
axborot tizimlari hamda maxsus axborot portali bilan belgilangan tartibda
uyg‗un ishlashini ta‘minlaydi;
qonunchilikka muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini,
shu jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning saqlanishini
ta‘minlash, shuningdek xarid qilish tartib-taomillarini o‗tkazishda davlat
xaridlarining elektron tizimini to‗g‗ri ishlashi uchun javobgar bo‗ladi;
o‗z elektron resursini O‗zbekiston Respublikasi hududidagi
apparat-texnika vositalariga joylashtiradi;
vakolatli organ, davlat xaridlari jarayonida ishtirok etayotgan
boshqa davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikni amalga
oshiradi.
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori ishtirokchi, ijrochi
sifatida, shuningdek o‗zining elektron tizimida davlat buyurtmachisi
sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi
bo‗lishga, davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga
aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat
xaridlari sub‘ektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat
xaridlari sub‘ektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga,
(bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno),uzatiladigan,
olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning
ishonchliligini, shuningdek agar qonunchilikda yoki shartnomada
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‗lsa, ularning qonunchilikka
muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga, davlat xaridlari
sub‘ektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron
xabarlarning mazmunini o‗zgartirishga haqli emas.
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori davlat xaridlari
sub‘ektlarining ushbu operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron
xabarlarining, shu jumladan bo‗lajak davlat xaridlari to‗g‗risida davlat
xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladigan axborotning mazmuni
bilan bog‗liq huquqiy oqibatlar uchun javobgar bo‗lmaydi.
23
Davlat xaridlarining predmeti
bu tovar, ish, xizmatdir. Har bir
davlat buyurtmachisi biror savdo natijasiga ko‗ra ma‘lum bir tovar yoki
ish, yohud xizmatni sotib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |