7.3. Elektron auksionda to„lovni o„tkazish va shartnoma shartlarini
bajarilish tartibi
Buyurtmachi belgilangan muddatda to‗lovni amalga oshirmagan
taqdirda, uning zakalat mablag‗i 3 ish kunida Ijrochining Hisob-kitob
kliring palatasidagi hisob varag‗iga o‗tkaziladi.
Ishtirokchi shartnoma bo‗yicha 100 % to‗lov o‗tganligi haqidagi
ma‘lumotni shaxsiy kabinet orqali ―Mening buyurtmalarim bo‗yicha
shartnomalar ro‗yxati‖ dan ko‗rgandan so‗ng tovar etkazib berishi kerak
bo‗ladi.
Auksion tugaydigan vaqt kelganda portal auktsion o‗tkazilgan vaqt
davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni
avtomatik ravishda aniqlab oladi.
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‗lsa yoki hech
kim ishtirok etmagan bo‗lsa, auktsion o‗tkazilmagan deb hisoblanadi va
g‗olib aniqlanmaydi, buyurtmachi auktsionni besh kunga uzaytiradi.
84
Auksionni uzaytirish avvalgi auktsion tamom bo‗lgan paytdan e‘tiboran
uch kun ichida buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Auksionni
uzaytirishda buyurtmachi boshlang‗ich narxni, texnik talablarni,
xususiyatlarni yoki texnik topshiriqni qayta ko‗rib chiqishga haqli.
Tuzilgan shartnoma bo‗yicha tovar etkazib berilganligi to‗g‗risida
ma‘lumot taqdim etilmasa shartnoma bo‗yicha tovarlarni etkazib berish
muddati yakunlangandan so‗ng 3 ish kuni mobaynida Hisob-kitob kliring
palatasi byudjet va korporativ buyurtmachi tomonidan kiritilgan
mablag‗larni qaytaradi, zakalat mablag‗lari bundan mustasno. Sud yoki
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha
komissiyasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar buyurtmachi yoki
ijrochining zakalatiga band qo‗yadi.
Nazorat uchun savollar
1.
Boshlang‗ich narxni pasaytirish uchun o‗tkaziladigan auksion
qanday holatlarda o‗tkaziladi?
2.
Auksionni o‗tkazish mezonlari nimalardan iborat?
3.
Byudjet buyurtmachilari qaysi savdo platformasida(saytda) elektron
do‗kon orqali xaridlarni amalga oshiradilar?
4.
Korporativ buyurtmachilar qaysi savdo platformasida(saytda)
elektron do‗kon orqali xaridlarni amalga oshiradilar?
5.
Auksion o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘lon auksion amalga oshirilishidan
qancha vaqt avval joylashtirilishi kerak?
6.
Auksion o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘londa qanday ma‘lumotlar
bo‗lishi kerak?
7.
Buyurtmachi lot joylashtirishdan avval qancha miqdordagi
komission yig‗im va avans to‗lovini kiritishi lozim?
8.
Auksion qanday yo‗l bilan o‗tkaziladi?
9.
Auksionni o‗tkazish chog‗ida ishtirokchilar qancha muddat ichida
narx bo‗yicha takliflarni berishga haqli?
10.
Auksion qachon tugagan deb hisoblanadi?
11.
Qanday
holatda
ishtirokchi
qo‗shimcha
zakalatni
xarid
predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart?
12.
Agar auksionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok
etmasa nima bo‗ladi?
13.
Auksion o‗tkazilmagan deb hisoblanganda auksionqancha vaqtga
uzaytiriladi?
14.
Qanday holda auksion o‗rniga tanlov o‗tkaziladi?
85
Do'stlaringiz bilan baham: |