U. X. Safarov, N. M. Karakulov


JAHON AHOLISI GEOGRAFIYASI



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

. JAHON AHOLISI GEOGRAFIYASI 
 Tayanch tushunchalar: 
aholi, oykumena, tabiiy ko‘payish, migratsiya, irq, 
din, millat, aholining demografik tarkibi, aholining hududiy joylashuvi, 
urbanizatsiya, shahar, qishloq. 
4.1. Jahon aholisi soni va dinamikasi 
Ma’lum joyda, ya’ni yer shari, uning ayrim qismlari: qit’alar, mamlakatlar, 
shaharlar, rayonlarda istiqomat qilayotgan kishilar guruhi aholi deb ataladi. 
Aholini geografik jihatdan o‘rganishda aholining quyidagi jihatlariga e’tibor 
berish kerak: 

Aholi – 
ishlab chiqarish sub’ekti, barcha moddiy ne’matlarni 
ishlab chiqaruvchi
;

Aholi – 
ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulotlarning 
ma’lum qismini iste’molchisi
;

Aholi 
butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining 
muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zi ham takror barpo qilinishi zarur
;

Aholi – 
tabiiy resurs – xo‘jalik tizimining bog‘lovchi bo‘g‘ini 
bo‘lib hisoblanadi
.
 
Har bir tarixiy davrda yer yuzi aholisi ham miqdoriy, ham sifatiy 
rivojlanishni boshidan kechirgan. Buning natijasi sifatida zamonaviy ishlab 
chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘ziga xos madaniyat va hayot 
tarziga ega bo‘lgan insonlar shakllangan. 
Ilmiy manbaalar ma’lumotlariga ko‘ra eng qadimgi insonlar – 
Homo 
sapiens 
– bundan taxminan 50 ming yillar avval Sharqiy Afrika hududida paydo 
bo‘lganlar. Aynan Shimoli-sharqiy, Sharqiy Afrika, Janubiy Yevropa hamda Old 
Osiyo ilk insonlar paydo bo‘lgan va o‘zlashtirgan oykumenalar hisoblanadi 
(
grekcha oikumene, oikeo – yashayman, turaman so‘zidan olingan bo‘lib, yer 
yuzasining aholi yashaydigan va ular tomonidan o‘zlashtirilgan qismi 
hisoblanadi
). Keyinchalik qadimiy insonlarning turli mintaqalarga tomon yuz 
bergan ilk migratsiyalar natijasida yer sharining turli qismlari aholi tomonidan 
o‘zlashtirilgan. Neolit davrida ilk mehnat taqsimotining yuz berishi oqibatida 


70 
ishlab chiqarishning ikki shakli – dehqonchilik va chorvachilik paydo bo‘lgan. 
Aynan dehqonchilik hududlari hisoblangan dengizbo‘ylari, daryo vodiylari va 
tekislik hamda tog‘ oldi hududlarida qadimiy aholi manzilgohlari tarkib topgan. 
Uzoq davrlar davomida Yevropa, Osiyo va Afrika hududlari aholining asosiy 
qismi to‘plangan mintaqalar bo‘lib qoldi. Bu yerlarda insoniyat tarixida katta iz 
qoldirgan turli imperiyalar, davlatlar gullab yashnadi, davrlar o‘tishi bilan 
inqirozga yuz tutib, uning o‘rnini yangi davlatchilik ko‘rinishlari egallab keldi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar aholining yangi topilgan yerlarga katta 
miqdorda ko‘chib o‘tishiga sababchi bo‘lgan bo‘lib, uning natijasida qit’alar 
o‘rtasida aholi sonining qayta taqsimlanishi yuz berdi. Agar Yevropa aholisi Yangi 
yerlarga moliyaviy ahvolini yaxshilash, yangicha hayot tarziga ega bo‘lish uchun 
ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, Afrika aholisi majburiy tarzdagi migratsiyasiga
qulfurushlar sababchi bo‘ldi. Ular tomonidan Braziliyaga 50 mln, AQSHga 25 
mln, Markaziy Amerikaga 18 mln negrlar qul sifatida olib ketildi. Bu davrlarda 
tibbiy xizmatning rivojlanmaganligi, aholining aksariyati past hayot tarziga ega 
bo‘lganligi sababli aholining tabiiy ko‘payishi past darajada edi. 
XX asrda yuz bergan ikkinchi Jahon urushi mintaqalardagi aholi soniga yana 
ta’sir ko‘rsatdi. Urushlar aholining katta qismining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu holat 
hozirgi kungacha Yevropa aholisining jinsiy tarkibining nomuttanosib holatga ega 
bo‘lishining asosiy sababchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, urushlar katta 
miqdordagi aholi migratsiyasiga ham sabab bo‘lgan. Yevropa, Shimoliy 
Amerikada ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi sohalarning paydo bo‘lishi, tibbiy 
xizmatning rivojlanishi natijasida aholining tabiiy ko‘payish darajasi orta bordi. 
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrlarda Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasi davlatlarining siyosiy mustaqillikka erishuvi, ularga BMT tomonidan 
insonparvarlik yordamlarining berilishi natijasida aholi orasida o‘lim darajasi 
pasaydi. Bu holat aholining sonining tez sur’atlarda o‘sishiga sababchi bo‘ldi. 
Natijada 1960-1980 yillarda “demografik portlash” jarayoni yuz berdi. 
So‘nggi yillarda demograf olimlar “demografik portlash”ga deyarli 
nihoyasiga yetib borayotgan jarayon sifatida baho berayotgan bo‘lsa-da, statistik 


71 
ma’lumotlar Afrika va Osiyoning bir qator davlatlarida aholining yillik tabiiy 
ko‘payish darajasi hali ham yuqoriligini ta’kidlamoqdalar. Shu bilan birga 
jahonning rivojlangan davlatlarida tabiiy ko‘payishning manfiy holati – 
depopulyatsiya jarayoni (
o‘lim koeffitsientining tug‘ilish koefitsientiga nisbatan 
yuqoriligi
) yuz bermoqdadir. 
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra jahonda 7,4 mlrd.dan ortiq aholi istiqomat 
qiladi. Mutloq yillik tabiiy ko‘payish 75-80 mln kishini tashkil qilmoqdadir. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilayotganidek, aholi sonining tez sur’atlar bilan o‘sishi XX 
asirga kelib tezlashib ketdi. Agar yer yuzining birinchi milliard aholisi dunyoga 
kelishi uchun qadimiy insonlar paydo bo‘lgan davrdan to 1800 yillargacha bo‘lgan 
vaqt oralig‘i kerak bo‘lgan bo‘lsa, keyingi milliard aholi dunyoga kelishi uchun 
oraliq vaqt qisqara bordi. Buni 12 jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish