Seller-Kefover tuzatishi
kiritildi: noqonuniy
birlashish tushunchasi aniqlab berildi. Masalan, aktivlarni sotib olish yo‘li bilan
birlashish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni orqali yirik firmalarning gorizontal
birlashmalariga cheklovlar belgilangan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal
birlashuvlarga chek qo‘ydi.
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshiruvchi davlat idoralari 2ta
prinsipga yondoshishlari mumkin: 1) qonun talablariga qat’iy amal qilgan holda; 2)
«oqilona yondashuv» prinsipi orqali. Masalan, SHerman qonuni talabiga ko‘ra, har
qanday ikkita sherikning birgalikda ish yuritish borasidagi harakatini qonunchilik
tomonidan ta’qib etilishi mumkin. «Oqilona yondoshuv» orqali esa faqat
savdoning oqilona bo‘lmagan cheklovlari (bitimlar, birlashuvlar, sun’iy taqchillik
hosil qilish) ta’qib qilinishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshirish juda murakkab jarayon
hisoblanadi. Davlat monopoliya holatini cheklash orqali Ayni paytda raqobatga
ham putur etkazib qo‘ymasligi lozim.
Shunisi ham muhimki, trestga qarshi qonunchilik yirik korporatsiyalarga
qarshi qaratilmagan. Chunki korxonalarning miqyosi hali ularni monopoliya
130
sifatida talqin etish uchu nasos bo‘la olmaydi. Monopoliyaga qarishi tartibga solish
samarali raqobatga putur etkazuvchi cheklovchi amaliyotga qarshi yo‘naltirilgan.
4. O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi qonunchilik
Mustaqillikning ilk yillaridan O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi va
raqobat siyosatining huquqiy-me’yoriy bazasini yaratish vazifasi belgilab olindi.
Bu boradagi birinchi me’yoriy hujjat bo‘lib 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi
qonuni hisoblanadi.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli
o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27
dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat
to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va
g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy
asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini
shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan,
monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud
va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini
suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa,
ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan
chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishni taqiqlamay, balki bozorda
uning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar hatti-harakatiga qarshi o‘rnatilgan.
Quyidagi
hatti-harakatlar
monopoliyaga
qarshi
qonunchilikka
zid
hisoblanadi:
131
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining
suiste’mol qilinishi;
- xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro
kelishilgan hatti-harakatlari);
- boshqaruv barcha darajalaridagi hokimiyat organlarining raqobatni
cheklashga yo‘naltirilgan hatti-harakatlari;
- nohalol raqobat.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni xalqaro
analoglar asosida tuzilgan, biroq, bu qonun amalga oshirilayotgan muhit
rivojlangan mamlakatlar sharoitidan tubdan farq qilib, uning bajarilishiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Qonunga ko‘ra bozor ulushi 65%dan yuqori bo‘lgan korxonalar ustun
mavqega ega hisoblanadilar. Bozor ulushdagi ustunlikning 35-65% darajasi
bozorning barqarorligi, raqobatchilarning nisbatan ulushi, tarmoqqa kirishda
to‘siqlarning mavjudligi va boshqa shu kabi qo‘shimcha omillarni tahlil qilish
orqali aniqlanadi.
Taqqoslama tahlil shuni ko‘rsatadiki, korxonani ustun mavqega ega deb
hisoblanishi uchun bozor ulushining «etalon» hajmi mavjud bo‘lmay, har bir
mamlakat uni o‘z mezoniga ko‘ra aniqlaydi. Masalan, bu ulush Polsha va
Chexiyada – 40%, Vengriyada – 25-30%, Rossiyada – 35-65%, AQSHda – 70%,
Kanadada – 35%, Evropa Ittifoqida – 40-50%. AQSH, Kanada, Evropa Ittifoqi va
boshqa qator mamlakatlar qonunida bozor ulushlari ko‘rsatilmagan, ustunlik esa
pretsedent huquq asosida aniqlanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, huquqiy shaxslarning birlashmalari
(uyushmalar, assotsiatsiyalar, konsernlar va h.k.) uchun assotsiatsiyalashgan
sub’ektlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashuv taqiqlanadi. Biroq, amalda tashkil
etilgan birlashmalar, odatda ilgari amal qilgan tarmoq vazirliklarining
davomchilari bo‘lib, hozirgi vaqtda ularga xom ashyo resurslarini,
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni taqsimlash, mahsulotlarni sotish va
132
boshqa vazifalarning yuklatilishi ko‘pincha raqobat muhitining rivojlanishini
sekinlashtirib qolmay, balki ularning yaratilishiga to‘sqinlik ham qilmoqda.
Ularning amal qilishi kichik va o‘rta biznesning xom ashyo resurslariga, valyuta
mablag‘lariga bo‘lgan imkoniyatini cheklash orqali to‘siqlar qo‘yishi jiddiy salbiy
holat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi
siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning tovar
bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va
unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu
maqsadda monopolist-korxonalar Davlat reestri yuritiladi. Ushbu reestrlarga
ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan korxonalar
kiritiladi. Reestrga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z mahsulotlarining narx
(tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya
organlarida deklaratsiyadan o‘tkazishlari shart.
Dastlab monopolist-korxonalar Davlat reestrida faqat alohida xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt bozordagi tovarlarning ulushi miqdoriy ko‘rsatkichi bo‘yicha
monopolist korxonalar tarkibiga kiritilar edi. Bu o‘rinda bozorning sifat jihatidan
tarkibi, xususan, raqobat muhitini yarata olishga layoqatli bo‘lgan o‘rnini bosuvchi
mahsulotlarning mavjudligi hisobga olinmay, bunday yondoshuvni to‘g‘ri deb
hisoblash mumkin emas edi. Shunga ko‘ra, qonunda tovar bozorida ustun mavqega
ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mezonlarini yanada aniqroq
belgilab, ularni monopolistlar toifasiga kiritishda ham miqdoriy, ham sifat
ko‘rsatkichlaridan foydalanish zarur edi.
Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib
borish, kichik va o‘rta tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investsiyalarining kirib
kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog‘ining oshishi va boshqa
omillar ta’sirida ko‘pgina monopolist korxonaning tovar bozorlaridagi ulushining
kamayishi munosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1
oktyabr holatiga reestrda 716 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 1924 turdagi mahsulot,
ish, xizmat bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386
133
ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari
bo‘yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1 yanvariga kelib
monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, monopol
mahsulotlar soni esa 17 barobarga qisqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |