U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o‘zgarishining yalpi milliy



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o‘zgarishining yalpi milliy 
ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini
quyidagicha ifodalash mumkin: 
X
MPM
MPS
YaIM




)
(
1
.
 
Tashqi savdo multiplikatori cheksiz harakatda bo‘lmaydi. Import tovarlarni 
iste’mol qilishga so‘nggi qo‘shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo‘lganligi 
sababli navbatdagi qo‘shimcha o‘sishlar miqdori muntazam qisqarib, 
multiplikatsiya jarayoni sekin-asta so‘nib boradi.
 
3. Xalqaro savdoning xususiyatlari 
Xalqaro savdo bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o‘rtasida, mamlakat 
ichidagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida 
viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o‘tishi mumkin. Mamlakatlar 
o‘rtasidagi til va madaniy to‘siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi 
kuchining mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo‘yadi. Soliq 
qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi 
farqlar va boshqa qator muassasaviy to‘siqlar real kapitalning milliy chegara orqali 
migratsiyasini cheklaydi. 
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o‘rtasida 
xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. 


293 
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo‘lib, bu ichki 
savdoga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo‘yicha sezilarli 
farqlanadi. 
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli 
mamlakatlar o‘rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog‘liq. 
Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xom ashyo, 
materiallar, oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo‘lsa, bugungi 
kunga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog‘i 
sezilarli darajada o‘sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin 
ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10%ga qadar etdi. Shuningdek, 
xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy 
ko‘rinishdagi tovar birjalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo 
ko‘rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham 
keng qo‘llanmoqda: 
1) barter – tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. 
Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun 
pulning qiymat o‘lchovi vazifasi orqali baholab olinadi; 
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir 
qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish; 
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi 
mamlakat tomonidan butlab berish; 
5) kompensatsion bitimlari. Mazkur bitimlar shartiga ko‘ra, texnologik asbob-
uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar 
ko‘rinishidagi) bo‘yicha to‘lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor 
mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi; 
6) bir mamlakatda undirilgan xom ashyoni boshqa bir mamlakat ishlab 
chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish 
xizmatlarini qo‘shimcha xom ashyo yetkazib berish orqali to‘lash; 


294 
7) kliring operatsiyalari, ya’ni o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish 
orqali naqd pulsiz hisoblashuv. 
Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar 
barcha hajmida barter bitimlari 4%, ikki tomonlama xarid – 55%, kompensatsion 
bitimlar – 9%, kliring operatsiyalari 8%ni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab 
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. 
Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida 
bu siyosatning 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish