U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

ishlab chiqarish vositalar 
qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi
(s); 
2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga 
tegishli qismi - 
zaruriy mahsulot qiymati
(v); 
3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va 
jamiyat uchun ishlab chiqarilgan 
qo‘shimcha mahsulot qiymati
(m)dan iboratdir. 
Boshqacha qilib aytganda, oldingi ishlab chiqarish jarayonlarida yaratilgan va 
ushbu jarayonda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatidan 
hamda shu ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan yangi qiymatdan iboratdir. 
Chunki yaratilgan mahsulotning bir qismidan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol 
qilingan ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash uchun foydalaniladi. Ishlab 
chiqarishning uzluksiz davom etishi va rivojlanishi uchun iste’mol qilingan ishlab 
chiqarish vositalari har qanday asbob-uskunalar, xom ashyo, yoqilg‘i va boshqa 
yordamchi materiallar o‘rnini to‘ldirib turishi talab qilinadi. Buning uchun ishlab 
chiqarilgan mahsulotning bir qismidan foydalaniladi. YAratilgan mahsulotdan 
iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan 
qismi sof mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band 
bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va 


37 
boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan 
va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir. 
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan 
zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda 
saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi 
avlod ishchilarini etishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur 
bo‘lgan mahsulot ham kiradi. 
Zaruriy mahsulot sof mahsulotning muhim qismi bo‘lib, bevosita ishchi va 
xizmatchilarga tegishlidir. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, 
ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo‘shimcha 
mahsulot deyiladi. 
Bu qo‘shimcha mahsulot bevosita ishchiga emas, balki tadbirkorlarga va 
mulkdorlarga hamda davlatga tegishlidir. 
Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot jamiyat taraqqiyotining deyarli hamma 
bosqichlariga xosdir. Lekin ular o‘rtasidagi nisbat turli davrlarda turlicha bo‘ladi. 
Ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki davrida jamoadosh hamma kishilarning vaqti 
faqat zaruriy mahsulotni, ya’ni yashash uchun eng zarur mahsulotni topib eyish 
bilan band bo‘lgan. Keyinchalik, ya’ni bu tuzumning oxirlariga kelib, qisman 
mehnat unumdorligi oshib, zaruriy mahsulotdan ortiqcha, ya’ni qo‘shimcha 
mahsulot paydo bo‘lgan va uning to‘planib ayrim kishilar tomonidan 
o‘zlashtirilishi natijasida xususiy mulk paydo bo‘lgan. 
Kishilik jamiyati taraqqiyotining quldorlik, feodalizm va kapitalizm deb 
atalmish bosqichlarida qo‘shimcha mahsulotning mavjudligi haqida hech kim 
munozara qilmaydi. Lekin jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida qo‘shimcha 
mahsulotning ijtimoiy shakli turlicha bo‘ladi. Masalan, quldorlik jamiyatida quldor 
latifundistlar daromadi, feodal jamiyatida uch ko‘rinishda (barshchina, obrok, pul 
solig‘i), kapitalizmda esa qo‘shimcha qiymat ko‘rinishlarida bo‘ladi. 
Sobiq sotsialistik jamiyatda ko‘pgina iqtisodchilar zaruriy va qo‘shimcha 
mahsulot faqat xususiy mulkchilik davriga xos deb tushunib, ijtimoiy mulk mavjud 
bo‘lgan davrda u bo‘lmaydi deb keldilar. Ular bu tushunchalarning umumiqtisodiy 


38 
tushuncha bo‘lib, moddiy asosi saqlanib qolishini va ularning ijtimoiy shakli 
o‘zgarishini hali tushunib etmagan edilar. Lekin ular korxonalar olayotgan foyda 
mahsulotning qaysi qismi ekanligini, davlat boshqaruvi, mudofaa, ta’lim, fan-
madaniyat uchun zarur mablag‘lar qayerdan olinishini, bu mablag‘larning tub 
manbai nimadan iborat ekanligini tushuntirib bera olmas edilar. Ushbu nazariy 
zaruriyat tufayli 1965 yillardan keyingina zaruriy va qo‘shimcha mahsulot 
iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo‘lib, iqtisodchilarga tushuntirila boshlandi. Hozir, 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ham bu tushunchalarni rad qiluvchi kishilar 
topiladi. 
Lekin bunday iqtisodchilarga mulkdorlar va tadbirkorlar olayotgan foyda, 
foiz, dividend daromadlari, davlat soliqlari, yer rentasi kabi pul ko‘rinishidagi 
daromadlarning tub manbai nima, ular milliy mahsulot qaysi qismining 
taqsimotdagi harakat ko‘rinishi, degan savolga javob bera olmaydilar. Foyda va 
boshqa turli ko‘rinishdagi daromadlar manbaini bilmaslik nima uchun tovarlarni 
ishlab chiqaruvchi korxonalar zarar ko‘radi-yu, uni sotuvchilar foyda ko‘radi 
degan savollarga ham javob berishda ojizlikka olib keladi. Ular iqtisodiy hodisa va 
jarayonlarning tub ildiziga tushunmasdan

uning yuzaki tomonlarini o‘rganish 
bilangina cheklanib qolgan ko‘rinadi. 
Ularning birdan-bir isbot dalili go‘yo qo‘shimcha mahsulot kapitalizmda 
ekspluatatsiya darajasini ko‘rsatish, ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasida sinfiy 
ziddiyatni ko‘rsatish uchun K.Marks tomonidan o‘ylab topilgan narsa emish. Lekin 
bu kasbdoshlarimiz qo‘shimcha mahsulot to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani rivojining uzoq tarixiga borib taqalishini, K.Marksdan 
juda oldingi davrlarda vujudga kelganligini bilishmaydi. Masalan, arab olimi Ibn 
Xoldun Abdurahmon Abu Zayd o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» 
(Ibratli misollar kitobi)da, ya’ni K.Marksdan 500 yil oldin zaruriy va qo‘shimcha 
mahsulotning farqiga borib, ularni ajratib ko‘rsata olgan edi.
7
7
Qarang: A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N.O‘rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Toshkent, «Moliya» nashriyoti, 
2002, 41-42-betlar.


39 
Keyinchalik fiziokratlar maktabining asoschisi F.Kene o‘zining «Iqtisodiy 
jadval» asarida merkantilistlardan farqli iqtisodiy fanda olg‘a qadam tashlab boylik 
savdoda yoki tashqi savdoda ko‘paymasligini, u faqat ishlab chiqarishda o‘sib 
ko‘payishini, boylikning bu ko‘payishi sof mahsulot, ayniqsa qo‘shimcha mahsulot 
evaziga sodir bo‘lishini ko‘rsatib berdi. F.Kene ishlab chiqarilgan mahsulot bilan 
qilingan harajatlar o‘rtasidagi farqni, ya’ni qo‘shimcha mahsulotni sof mahsulot 
deb atagan edi. 
Keyinchalik qo‘shimcha mahsulot nazariyasi A.Smit va D.Rikardolar 
tomonidan ancha batafsil rivojlantirildi. Ular yangi qiymat yollanma ishchilar 
tomonidan yaratilishini, yollanma ishchining ish vaqti ikkiga bo‘linib, zaruriy ish 
vaqtida o‘zini va oilasini boqish uchun zarur bo‘lgan qiymat yaratishini, ish 
kunining qolgan qismi bo‘lgan qo‘shimcha ish vaqtida esa mulk egalari 
o‘zlashtirib oladigan qo‘shimcha qiymat yaratilishini ko‘rsatib bergan edilar.
8
Bu qisqacha chekinishdan ko‘rinib turibdiki, zaruriy va qo‘shimcha mahsulot 
tushunchalari Marksgacha iqtisodiy adabiyotlarda qo‘llanilib, tushuntirib kelingan 
ekan. K.Marks bu tushunchalarni kengroq boyitib ko‘rsatdi, lekin unda ham 
qo‘shimcha mahsulotning faqatgina kapitalizmdagi ijtimoiy shakliga, ya’ni uning 
qiymat tomoniga e’tibor berib, qo‘shimcha qiymat deb ataydi va ko‘proq 
kapitalizmda ekspluatatsiya darajasini aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatadi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida Rossiyada keyingi (2004-2005) 
yillarda nashr etilgan qator yangi adabiyotlarda, jumladan: V.YA.Ioxin, 
E.F.Borisov tomonidan yozilgan, shuningdek D.D.Moskvin, A.G.Gryaznova va 
T.V.Chechelovalar rahbarligida mualliflar guruhi tomonidan yozilib, nashr qilingan 
iqtisodiyot nazariyasi dasrliklarida sof mahsulotning tarkibiy qismlari bo‘lmish 
zaruriy va qo‘shimcha qiymatlarning mazmuni, hosil bulish jarayonlari, 
qo‘shimcha qiymat turlari, massasi va normasi, ularni ko‘paytirish usullari 
haqidagi masalalar batafsil berilgan. 
8
Qarang: Smit A. «Исследование о природе и причинах богатства народов».; Рикардо Д. «Начало 
политической экономии и налогового обложения». Анталогия экономической классики. М., 1993, с.46,199. 


40 
Bu adabiyotlarda yozilganlardan ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha mahsulotni 
kim qanday tushunishidan qat’iy nazar, doimo mavjud bo‘lgan ob’ektiv 
umumiqtisodiy kategoriyadir. Lekin shuni ta’kidlash joizki, hozirgi davrdagi 
adabiyotlarda ham asosan qo‘shimcha mahsulotning bir tomoniga, ya’ni qiymat 
tarafiga e’tibor berilgan va uni qo‘shimcha qiymat deb ta’riflagan. Xolbuki, biz 
yuqorida aytganimizdek, qo‘shimcha qiymat qo‘shimcha mahsulotning bir tarafi, 
ya’ni qiymat tarafi bo‘lib, uning naflilik tarafi e’tibordan chetda qolmoqda. 
Qo‘shimcha mahsulotni rad qilish o‘rniga uning mazmunini, harakat 
shakllarini puxta o‘rganib, yanada ko‘paytirish va taqsimlanishini takomillashtirish 
yo‘llarini qidirishga kuch sarflash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Chunki qo‘shimcha mehnat va binobarin, qo‘shimcha mahsulot butun-butun 
tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishni, fan-texnikani, ta’limni, sog‘liqni 
saqlashni, madaniyatni rivojlantirishning iqtisodiy manbai bo‘lib kelgan va bundan 
keyin ham shunday bo‘lib qoladi. 
Har bir korxonada, tarmoqda qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish asosan uch 
yo‘l bilan – ishlovchilar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni 
chegarasi o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish 
vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha mahsulot absolyut 
qo‘shimcha mahsulot deb, ish kuni o‘zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, 
qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish evaziga olingan qo‘shimcha mahsulot esa nisbiy 
qo‘shimcha mahsulot deb ataladi. 
Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi qo‘shimcha mahsulot 
massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo‘shimcha 
mahsulot normasi deb yuritiladi. 
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m

, massasini m, zaruriy mahsulotni v 
bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi 
%
100
'



Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish