IZOLYATSIYA QARSHILIGINI MEGOMMETR BILAN O`LCHASH.
1.Ishdan ko`zda tutilgan maqsad.
1. Megoommetrning ishlash qoidasi va tuzilishini o`rganish.
2. Megommetr yordamida izolyatsiya qarshiligini o`lchashni o`rganish.
2. Tajriba ishiga tushuntirish.
Izolyatsiya holatining yaxshiligi, xavfsiz ishlashni va elektr qo`rilmalarining to`g`ri (bo`zilmasdan) va to`xtovsiz ishlashini taminlaydi. Shuning uchun ishlatish davrida elektr qo`rilmalari holati davriy ravishda tekshirib boriladi .
Ishlatishning texnikaviy qoidasiga asosan, nominal kuchlanishi 1000 voltgacha bo`lgan elektr qo`rilmalarining izolyatsiya qarshiligi 1 Mom dan kam bo`lsa, ishlashga ruxsat etilmaydi.
Elektrotexnika qo`rilmalari izolyatsiyasining holatini nazorat qilib turishning keng tarqalgan va oddiy usuli, izolyatsiya qarshiligi miqdorini megommetr yordamida o`lchash hisoblanadi. Megommetr ko`chma o`lchash asbobi bo`lib, generator va izolyatsiya qarshiligining miqdorini ko`rsatuvchi o`lchash asbobidan iborat. Generatorning yakori maxsus dasta yordamida harakatga keltiriladi .
Ushbu tajriba ishida, bir fazali transformator birlamchi va ikkilamchi cho`lg`amining po`lat o`zakka nisbatan, shuningdek bir- biriga nisbatan izolyatsiya qarshiligi aniqlanadi.
Transformator cho`lg`amining temperaturasi 200S dan 400S gacha bo`lgan oraliqda, izolyatsiya qarshiligini o`lchash maqsadga muofiqligi sababli, chulg`amni qizdirish maqsadida tajriba boshlanishidan avval transformator nominal yuklama ulanadi. Buning uchun transformatorni 11.1-rasmdagi sxema bo`yicha o`lash kerak.
12.1-rasm.
Transformator chulg`amining izolyatsiya qarshiligini po`lat uzakka nisbatan o`lchash uchun, megommetrini E qismasi transformator-ning po`lat uzagiga o`lanadi. L qismasi esa, transformator birlamchi va ikkilamchi chulg`amining biron qismasi bilan navbatma-navbat biriktiriladi (12.2-rasm).
Transformatorning chulg`amlari orasidagi izolyatsiya qar-shiligini o`lchash uchun, megommetrning E va L qismalari, transformator birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarining tegishli uchlari bilan biriktiriladi. (12.3-rasm)
Shunga uxshash yo`l bilan boshqa qo`rilmalarning (masalan, asinxron dvigatel, uzatish liniyasi va boshqalarning) ham izolyatsiya qarshiligini o`lchash mumkin.
12.2-rasm. 12.3-rasm.
3. Ishni bajarish tartibi.
1. Megommetrning printsipial biriktirish sxemasini qayta chizib hisobatga qo`shiladi. Sxema bo`yicha megommetrning ishlashi tushuntirib beriladi.
2. Megommetrning ishlash qoidasi (instruktsiyasi) bilan tanishiladi.
3. Megommetrning tipi va uning texnikaviy ma'lumotlari hisobotga yoziladi.
12.1–jadval
№
|
Qarshiligi o’lchanadigan joy
|
izolyatsiya qarshiligi
|
kom
|
Mom
|
1
|
Transformatorning birlamchi chulg’ami–uzak
|
|
|
2
|
Transformatorning ikkilamchi chulg’ami–uzak
|
|
|
3
|
birlamchi vа ikkilamchi chulg’am
|
|
|
4. Transformatorning chulg`amini qizitish uchun 12.1-rasmdagi sxema yig`iladi, reostat R yordamida (ampermetr bo`yicha) nominal yuklama o`rnatiladi. Transformator 10 minut davomida nominal yuklamada ishlagandan so`ng, uni tarmoqdan ajratib, izolyatsiya qarshiligi o`lchanadi.
5. 11.2-rasmdagi sxemani yig`ib, transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlari orasidagi izolyatsiya qarshiligi o`lchanadi.
6. 11.3-rasmdagi sxemani yig`ib, transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlari orasidagi izolyatsiya qarshiligi o`lchanadi.
7. Barcha o`lchashlarning natijalari 12.1-jadvalga yoziladi.
8.Transformatorning ishlatishga yaroqli-yaroqlimasligi to`g`risida xulosa chiqariladi .
4. Tekshiruv savollari.
1. Megommetrning tuzilishi va ishlash qoidalari qanday?
Izolyatsiya qarshiligini o`lchash nima uchun zarur?
Izolyatsiya qarshiligining qanday miqdorida, elektr qo`rilma ishlatishga yaroqli hisoblanadi?
Megommetrning to`g`ri ko`rsatishiga qanday qilib ishonch hosil qilinadi?
13-TAJRIBA ISHI.
Do'stlaringiz bilan baham: |