58
jarayon – ona jarayon (
parent process
), qaytadan yangi yaratilgan
jarayon – farzand jarayon (
child process
) deb ataladi. Farzand
jarayonlari o‘z navbatida yangi farzandlarni yaratishi mumkin.
Umumiy holatda tizim ichi jarayon daraxtidan iborat bo‘ladi. 2.14-
rasmda geneologik daraxtga misol keltirilgan.
Shuni qayd etish
kerakki operatsion tizimdagi ba’zi jarayonlar bilan birgalikda
foydalanuvchi jarayonlari bitta daraxtda joylashgan bo‘lishi mumkin.
Ko‘plab hisoblash tizimlarida daraxtlar bitta daraxtdan tug‘ilgan
bo‘ladi.
2.14- rasm. Jarayonning soddalashtirilgan genologik daraxti
Izoh: Ko‘rsatgich ona - farzand munosabatini ko‘rsatadi
Tizimda jarayonning tug‘ilish jarayoni holati yangi PCB
(
Process Control
Block
) bilan nomlanadi va uni to‘ldirish boshlanadi.
Yangi jarayon o‘zining noyob identifikatsiya raqamini oladi.
Operatsion tizimda jarayonlar identifikatsiya raqamini saqlash uchun
chegaralangan jarayonlarda bir vaqtda ishtirok etishi uchun noyob
raqam ajratiladi. Jarayon tugagandan so‘ng
uni boshqa jarayonda
ishlatish uchun identifikatsiya raqamidan ozod qilinadi.
Odatda o‘zining farzand jarayoni funksiyasini bajarish uchun
ma’lum bir resurslar talab qilinadi: xotira, fayl, kiritish/chiqarish
qurilmasi va boshqalar. Ularni ajratish bo‘yicha ikki xil usul mavjud.
Yangi jarayon ba’zi qismlari ona resurslarida joylashgan bo‘lishi
mumkin, ona jarayoni va boshqa farzand jarayonlari bilan ajratilgan
bo‘lishi mumkin, yoki operatsion tizimdan bevosita o‘zining
resurslarini olishi mumkin. Ajratilgan resurslar to‘g‘risida axborotlar
PCB ga kiritiladi.
Farzand jarayon resurslari ajratilgandan so‘ng unga dasturiy kod
manzili, ma’lumot belgilari, dastur hisoblagichni o‘rnatish
kerak
bo‘ladi. Bu yerda ikki xil yechim mavjud. Farzand jarayon birinchi
Jarayon 2
Jarayon 4
Jarayon 23
Jarayon 1
Jarayon 12
Jarayon 255
Jarayon 3
Jarayon 14
Jarayon 15
Jarayon 24
Jarayon 128
59
holatida registr va foydalanuvchi konteksti bo‘yicha ona jarayon
nusxasi bo‘lib shakllanadi, shu sababli qaysi biri ona jarayoni nusxasi
ekanligini aniqlash kerak bo‘ladi. Ikkinchi holatda farzand jarayon
istalgan biror fayli yangi dasturni yuklaydi. Unix operatsion tizimi
faqat birinchi usuldagi jarayon tug‘ilishiga
ruhsat beradi; ya’ni ona
jarayon nusxasini yaratish uchun dastlab yangi dasturni yuklaydi,
so‘ng farzand jarayoni maxsus chaqiriq tizimi yordami bilan o‘zining
foydalanuvchi
kontekstini
almashtirishi
kerak
bo‘ladi.
VAX/VMS operatsion tizimi faqat ikkinchi usuldan foydalanadi.
Windows NT ikki xil rejimdan ham foydalanadi (API turlariga qarab).
Ona jarayon nusxasiga o‘xshab yangi jarayonni paydo bo‘lishi
bittadan ko‘proq jarayonni tashkil qilishda ishlatish uchun mavjud
dastur
imkoniyatlaridan
foydalanadi.
Uning
ishi
bo‘yicha
foydalanuvchi kontekst jarayonini almashtirishi mumkin. Ya’ni bir
jarayon doirasida turli xil bir nechta dasturlarni bajarilish ketma-
ketligiga o‘tkazish mumkin.
Jarayonlar taqsimlanib berilgandan so‘ng, PCBda qolgan
axborotlar yozib qo‘yiladi va yangi jarayon holati tayyorlilik holatiga
o‘tkaziladi. Endi farzand jarayonlari paydo bo‘lgandan so‘ng ona
jarayoni holatini aytib o‘tish qoldi. Ona jarayoni farzand jarayonlarini
bajarish bilan bir vaqtda o‘z
ishini ham bajarishi mumkin, ayrim
ishlarni yakunlashni yoki barcha farzand jarayonlarning paydo
bo‘lishini kutishi mumkin.
Biz jarayon hayot davrini tugashini batafsil ko‘rib chiqmaymiz.
Jarayon o‘z ishini tugatgandan so‘ng operatsion tizim uni bajarish
yakunlangan holatga o‘tkazadi va jarayon boshqaruv blokidagi
yozuvlarga muvofiq u bilan bog‘liq barcha resurslarni bo‘shatadi. Bu
yerda PCB yo‘q qilinmaydi, tizimda ma’lum bir vaqtgacha saqlanadi.
Bu ona jarayonidan farzand jarayoni tug‘ilishi yakunlangandan so‘ng
operatsion tizim jarayonning tugallanishi “o‘limi” to‘g‘risida va/yoki
uning ishlashi to‘g‘risida statistik axborotlarni so‘rashi mumkin. Ona
jarayoni so‘rovigacha qayta ishlovchi
jarayonlar yoki uning
faoliyatining oxirigacha, ya’ni tizimda jarayonlarning tugashigacha
bo‘lgan batafsil axborot PCB da saqlanadi. Unix operatsion
tizimlarida jarayonlar bajarilishi tugallangan holatida bo‘ladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki ko‘plab
operatsion tizimlarda
(masalan, VAX/VMS da) ona jarayonlari o‘zining “farzandlari” uchun
yakunlangan
ko‘rinishga o‘tadi. Boshqa operatsion tizimlarda
60
(masalan, Unix) ona jarayon vazifasi tugagandan so‘ng farzand
jarayonlari o‘zining mavjudligini davom etiradi. Shu sababli farzand
jarayon o‘z ishini davom ettirishi uchun PCB da axborotlarni
o‘zgartirish zarurati paydo bo‘ladi. 20 raqamli jarayondan 25 raqamli
jarayon tug‘ilgan bo‘lsin, va uning vazifasi tugagandan so‘ng uzoq
vaqt hisoblash tizimida saqlanib qoladi. 20 raqamli jarayon operatsion
tizimda boshqa jarayonda qatnashishi bundan mustasno emas. Agar 25
jarayonining ona jarayoni to‘g‘risida axborot o‘zgartirilmasa, u holda
jarayon geneologik daraxti noto‘g‘ri deb hisoblaniladi – 25 jarayoni
yangi 20 jarayonini o‘zining
onasi deb hisoblaydi, 20 jarayon
ochilganda esa kutilmagan holat yuz beradi. “Yetim qolish” jarayonini
“asrab qolish” qoidasi bo‘yicha operatsion tizim ishini davom ettiradi
va butun vaqt davomida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: