Foydalanuvchi agenti (User agent – UA)
Elektron pochta tizimining birinchi komponenti foydalanuvchi
agentidir (UA). Bu foydalanuvchi uchun xabar yuborish va qabul
qilish
jarayonini
osonlashtiradigan
xizmatni
taqdim
etadi.
Foydalanuvchi agenti - bu xabarlarni tuzadigan, o‘qiydigan, javob
beradigan va qayta yuboradigan dasturiy ta’minot to‘plami.
Shuningdek, u foydalanuvchi kompyuterlarida mahalliy pochta
qutilariga ishlov beradi.
7.13- rasm. Elektron pochtaning formati
Pochta xabarini yuborish uchun foydalanuvchi UA orqali pochta
jo‘natmalariga juda o‘xshash pochta xabarlarini yaratadi. U konvert va
xabarga ega (7.13- rasmga qarang).
Aziza Yunusova
MTRK
A.Temur ko‘chasi 107 uy
Bobur Karimov
EastTelecom
Tashkent, AA 11007
Mail:
aziza80@gmail.com
dan
boburet@gmail.com
ga
Bobur Karimov
EastTelecom
Tashkent, AA 11007
Yanvar 5, 2020
Mavzu: Tarmoq
Hurmatli Bobur Karimov
Sizga shuni ma’lum
qilmoqchimizki, oxirgi
ta’mirdan so‘ng bizning
tarmog’imiz yaxshi ishlamoqda.
Hurmat bilan,
Aziza Yunusova
Kimdan: Aziza Yunusova
Kimga: Bobur Karimov
Kun: 05.01.2020
Mavzu: Tarmoq
Hurmatli Bobur Karimov
Sizga shuni ma’lum
qilmoqchimizki, oxirgi
ta’mirdan so‘ng bizning
tarmog’imiz yaxshi ishlamoqda.
Hurmat bilan,
Aziza Yunusova
Konv
ert
Asosi
y
qism
Sarlav
ha
Xabar
249
Konvertda odatda jo‘natuvchining manzili, qabul qiluvchining
manzili va boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Xabarda sarlavha va
asosiy qism mavjud. Xabarning sarlavhasi yuboruvchini, qabul
qiluvchini, xabar mavzusini va boshqa ba’zi ma’lumotlarni aniqlaydi.
Xabarning asosiy qismida qabul qiluvchi tomonidan o‘qilishi kerak
bo‘lgan haqiqiy ma’lumotlar mavjud.
Foydalanuvchi agenti foydalanuvchi (yoki taymer) tomonidan
ishga tushiriladi. Agar foydalanuvchida pochta bo‘lsa, UA
foydalanuvchini
ogohlantirish
bilan
xabardor
qiladi.
Agar
foydalanuvchi pochtani o‘qishga tayyor bo‘lsa, ro‘yxat ko‘rsatiladi,
unda har bir satr pochta qutisidagi ma’lum bir xabar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning qisqacha mazmuni mavjud. Qisqacha bayon sifatida
odatda yuboruvchining pochta manzili, xabar mavzusi va xabar
yuborilgan yoki olingan vaqtni keltiriladi. Foydalanuvchi istalgan
xabarlarni tanlab, undagi ma’lumotlarni ekranda ko‘rsatishi mumkin.
Manzil
Pochtani yetkazib berish uchun pochta bilan ishlash tizimi noyob
manzillarga ega manzillar tizimidan foydalanishi kerak. Elektron
pochta manzili ikki qismdan iborat: mahalliy qism va @ belgisi bilan
ajratilgan domen nomi (7.14- rasmga qarang).
7.14- rasm. Pochta manzili
Mahalliy qism foydalanuvchi pochta qutisi deb nomlangan
maxsus faylning (domenda takrorlanmas) nomini belgilaydi, unda
foydalanuvchi uchun qabul qilingan barcha xabarlar xabarlarga kirish
agenti tomonidan olish uchun saqlanadi.
Manzilning ikkinchi qismi - bu domen nomi. Tashkilot odatda
elektron pochta xabarlarini olish va yuborish uchun bitta yoki bir
nechta xostlarni tanlaydi; ular ba’zan pochta serverlari yoki
almashtiruvchilar deb ataladi. Har bir pochta almashinuvchisiga
tayinlangan domen nomi DNS ma’lumotlar bazasidan keladi yoki
mantiqiy nomdir (masalan, tashkilot nomi).
Mahalliy qism
Domen nomi
Pochta serverining domen nomi
Qabul qiluvchining pochta
qutisi manzili
250
Do'stlaringiz bilan baham: |