U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


 Operatsion tizimning qurilmalarni boshqarish vazifalari



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/253
Sana11.07.2022
Hajmi3,88 Mb.
#773993
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   253
Bog'liq
2-1570

4.2. Operatsion tizimning qurilmalarni boshqarish vazifalari 
Multidasturli 
OTning 
kiritish/chiqarish 
kichik 
tizimi 
(Input/Output Subsystem) orqali kompyuterni tashqi qurilmalar bilan 
ma’lumotlar almashinuvida qator umumiy vazifalarni bajarishi kerak, 
shularning eng muhimlari quyidagilardan iborat: 

Kiritish/chiqarish qurilmalari va protsessorni parallel 
ravishda ishlashini tashkil etish; 

almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish va ma’lumotlarni 
keshlash; 

qurilmalar va ma’lumotlarni jarayonlar o‘rtasida taqsimlash; 

qurilmalarga qulay dasturiy interfeyslarni taqdim etish; 

tizimga yangi drayverni oson ulash imkoniyati shakllangan 
holda drayverlar keng spektrini ishlashini ta’minlash;

drayverlarni dinamik tarzda yuklash va tizimdan chiqarish;

sinxron va asinxron kiritish/chiqarish amallar ishlashini 
ta’minlash. 
Ushbu barcha vazifalar ushbu ma’ruzada keyinchalik batafsil 
ko‘rib chiqiladi. 
Shaxsiy kompyuterlar uchun kiritish/chiqarish vazifalari uch xil 
usulda bajarilishi mumkin: 
1.
Dasturlanadigan kiritish/chiqarish yordamida. Bu holda 
protsessorga kiritish/chiqarish bilan bog‘liq buyruq uchratilsa u bu 
buyruqni kiritish/chiqarish kontrolleriga tegishli buyruqlarni yuborish 
yo‘li bilan bajaradi. Bu qurilma tegishli amalni bajaradi, keyin esa 
kiritish/chiqarish holati registrlarida tegishli bitlarni o‘rnatadi va 
boshqa hech qanday signallarini, shu jumladan to‘xtatish signallarini, 
yubormaydi. Kiritish/chiqarish amalni yakunlanganligini tekshirish 
maqsadida protsessor kiritish/chiqarish modulning holatini muntazam 
ravishda tekshirib boradi. Shunday qilib protsessor kiritish/chiqarish 
amallarni, shu jumladan qurilma holatini aniqlash, o‘qish-yozish 
buyruqlarini jo‘natish va ma’lumotlarni uzatishni bevosita boshqarib 
boradi. Protsessor kiritish/chiqarish kontrolleriga kerakli buyruqlarni 
jo‘natadi va joriy jarayonni kiritish/chiqarish amalini yakunlanishini 


137 
kutish holatiga o‘tkazadi. Mazkur usulni kamchiligi – bu 
kiritish/chiqarishni boshqarish bilan bog‘liq jarayon vaqtining katta 
yo‘qotishlaridir. 
2.
To‘xtatishlar 
bilan 
boshqariladigan 
kiritish/chiqarish. 
Protsessor kiritish/chiqarish kontrolleriga kerakli buyruqlarni jo‘natadi 
va joriy jarayonni bajarishni davom etadi, agar kiritish/chiqarish 
amallar bajarishni kutishda zarurat bo‘lmasa. Aks holda joriy jarayon 
kiritish/chiqarish yakunlanganligi to‘g‘risida uzilish signali olingunga 
qadar vaqtinchalik to‘xtatiladi, protsessor esa boshqa jarayonni 
bajarishga 
o‘tkaziladi. To‘xtatishlar mavjudligini protsessor 
bajarilayotgan buyruqlarni har bir siklining oxirida tekshiradi. Bunday 
kiritish/chiqarish 
dasturlanadigan 
kiritish/chiqarishga 
nisbatan 
anchagina samaraliroq, chunki bunda protsessorning behuda bekor 
turishi bilan bog‘liq keraksiz kutishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin bu 
holda ham kiritish/chiqarish baribir protsessorning katta miqdorda 
vaqtini iste’mol qiladi, chunki xotiradan kiritish/chiqarish moduli 
(kontroller)ga uzatiladigan har bir so‘z yoki teskari amal albatta 
protsessor orqali o‘tishi kerak. 
3.
Xotiraga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kirish 
(DMA) 
kontrolleri 
yordamida. Xotirada kiritish/chiqarish qurilmasi tasvirlanishini 
qo‘llab-quvvatlashni mustaqil bo‘lishi uchun markaziy protsessorga u 
bilan ma’lumotlar almashish uchun kontroller qurilmasini manzillash 
kerak bo‘ladi. Protsessor bayt asosida kontrollerdan ma’lumotlarni 
so‘rashi mumkin. Agar ma’lumotlarni katta blokli qurilmadan qabul 
qilish talab etilsa (masalan, disk), vaqtning katta qismi uni ishga 
tushirishga sarflanadi. Ushbu sabab bo‘yicha xotira bilan birga ishlash 
uchun 
xotiraga to‘gridan-to‘gri kirish
(Direct Memory Access, DMA) 
deb ataladigan usul ishlatiladi, ko‘plab kompyuterlar bunday 
kontrollerlarga ega (4.3-rasm). Ba’zida DMAkontrollerlar boshqa 
kontrollerlarga qo‘yiladi (masalan diskni o‘quvchi kontrollerlar), lekin 
har bir qurilmaga talab qilinadi. Tizimlar ko‘pincha yagona 
DMAkontrolleriga ega bo‘ladilar, ya’ni odatda ona plataga 
joylashtiriladi. U parallel ravishda ko‘plab kiritish/chiqarish 
qurilmalarida ma’lumotlar almashishni boshqaradi. 
DMA kontroller o‘qish va yozish uchun protsessorga kirishga 
ruhsati bor bir nechta registrlarga ega: manzil registri, baytlarni 
hisoblagich va qator boshqaruv registrlari. Kiritish/chiqarish portidan 
so‘nggi foydalanadigan bir davrda jo‘natuvchi ma’lumotlar (bayt yoki 


138 
so‘z) va bayt sonlari almashadi, ma’lumotlar almashishni yo‘naltiradi 
(o‘qiydi yoki yozadi). 
DMA funksiyasini aniqlashtirib olish uchun dastlab xotiraga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish mavjud bo‘lmagan diskli o‘qishni amalga 
oshirilishini ko‘rib chiqamiz. Dastlab kontroller bitdan bitgacha 
ketma-ketlikda kontroller ichki buferi ko‘rsatilmagunga qadar blok 
(bir yoki bir nechta sektor) deb hisoblaniladi. So‘ng nazorat summasi 
hisoblaniladi va mavjud xatolar tekshiriladi. Hisoblash, siklik, baytli 
yoki so‘zli ko‘rinishda amalga oshiriladi. Bayt (so‘z) hisoblangandan 
so‘ng u asosiy xotirada saqlanadi, xotira manzili ko‘payadi, 
hisoblagich qolgan elementlarni dekrementlaydi. Hisoblagich nolga 
teng bo‘lganda sikl to‘xtatiladi. Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish 
protsedura tavsifini o‘zgartiradi. 
4.3-rasm DMA-kontrolleri ishlashi 
Dastlab 
protsessor 
DMAkontrollerni 
dasturlaydi, 
uning 
registriga yozuvlarni yozadi (qayerga jo‘natilishi kontrollerda 
ko‘rsatilgan (4.3-rasmda 1-qadam). So‘ng kontrollerga o‘zining ichki 
buferida diskdagi ma’lumotlarni hisoblash buyrug‘ini jo‘natadi va 
nazorat summasini tekshiradi. DMA ma’lumotlari kontrollerda paydo 
bo‘lgandan so‘ng ishlashni boshlashi mumkin bo‘ladi. 


139 
DMAkontroller ma’lumotlarni ko‘chirishni boshlaydi, o‘qish 
so‘rovini shina bo‘yicha disk kontrolleriga jo‘natadi (2-qadam). Bu 
so‘rov o‘qishga odatiy so‘rov bo‘ladi, chunki diskni kontroller 
markaziy protsessordan yoki DMAkontrolleridan jo‘natilganligini 
bilmaydi. Xotira manzili odatda manzilli shinada joylashgan bo‘ladi, 
o‘zining ichki buferidan keyingi so‘zlarni qayerga jo‘natish kerakligi 
to‘g‘risida boxabar bo‘ladi. Xotirada yozish shinaning yana bir 
standart sikli bo‘ladi. (3-qadam). Yozish tugagandan keyin disk 
kontrolleri shina bo‘yicha DMAkontrollerini qo‘llab-quvvatlaydigan 
signalni jo‘natadi (4-qadam). So‘ng DMAkontroller xotirada 
foydalanilgan manzilni inkrementlaydi va hisoblagich bayt qiymatini 
dekrementlaydi. Shundan so‘ng hisoblagich nolga teng bo‘lgunga 
qadar 2-4- qadamlar takrorlanadi. DMAkontrollerida ko‘chirish 
(nusxa olish) sikli tugashi bo‘yicha protsessor to‘xtatiladi. Operatsion 
tizimga xotiradan diskli blokni ko‘chirish kerak emas. U allaqachon u 
yerda joylashgan bo‘ladi. Kontrollerga ichki xotira ikki sabab tufayli 
zarur. Birinchisi ichki buferlash hisobiga disk kontrolleri xotiraga 
ma’lumotlar jo‘natilish boshlanishigacha nazorat summasini tekshira 
olishi mumkin bo‘ladi. Agar qiymatlar mos kelmasa, xatolik 
to‘g‘risida signal shakllantiriladi va ma’lumotlarni uzatish amalga 
oshirilmaydi. 
Ikkinchidan diskni o‘qish operatsiyasi boshlanganda bitlarni 
kontroller qabul qilish va qilmasligiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
doimiy tezlik bilan kelib tushishi boshlanadi. Agar disk kontrolleri bu 
ma’lumotlarni xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozishga harakat qilsa, uni 
tizimli shina bo‘yicha amalga oshiradi. Agar navbatdagi so‘zni 
uzatishda shina biron bir boshqa qurilma bilan band bo‘lsa disk 
kontrolleri kutishiga to‘g‘ri keladi. Agar keyingi so‘z kontroller 
kechikishlarni saqlashini amalga oshirishga ulgurishiga nisbatan 
diskda avval kelgan bo‘lsa kontroller avvalgi so‘zni yo‘qotadi yoki 
uni yana bir bor xotirlaydi (esga oladi). Agar shina intensiv 
foydalanilsa kontroller bir nechta so‘zlarni shu zahoti saqlashi kerak 
bo‘ladi va ko‘plab xizmat ishlarini bajaradi. Xotiraga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kirish operatsiyasi boshlanmagunga qadar shina ichki buferi 
mavjud bo‘lishi zarur emas. Natijada diskli qurilma soddaroq bo‘ladi, 
chunki vaqtinchalik parametrlarni xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishi 
qiyin bo‘lmaydi. 


140 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish