113
jarayon bir muncha vaqt harakatsiz bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda,
jarayon operatsion tizim tomonidan diskka ko‘chirilishi mumkin,
chunki u egallagan xotira ayni paytda
boshqa faol jarayon uchun
zarurdir. Almashtirish (swapping) - bu operatsion tizimning faol
bo‘lmagan jarayon tasvirini diskka o‘tkazish (yozish) yoki faol
jarayonni asosiy xotiraga ko‘chirish (o‘qish) uchun harakatlaridir.
Bunday
harakatlarni
bajarish
zarurati
asosiy
xotiraning
yetishmasligidan kelib chiqadi. Almashtirish (swapping)
jarayoni
quyidagi 3.14- rasmda keltirilgan.
3.14- rasm. Almashtirish jarayoni
Zahira maydoni (backing store) - bu operatsion tizim tomonidan
ko‘chiriladigan jarayonlar tasvirlarini (fayllarni o‘tkazish) saqlash
uchun foydalaniladigan disk xotirasi maydoni. Zahira maydoni iloji
boricha samarali tashkil etiladi: xotiradagi barcha jarayon tasvirlariga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni ta’minlaydi (masalan,
jarayon raqami
jadvali orqali). O‘tkazish va ko‘chirish algoritmining eng mashhur
versiyasi bu: ustuvorliklarga asoslanib o‘tkazish va ko‘chirish; yuqori
ustuvorlikga ega jarayonlar bajariladi, past ustuvorlikga ega jarayonlar
diskka o‘tkaziladi.
O‘tkazishga sarflanadigan eng katta vaqt - bu ma’lumotlarni
uzatish harajatidir: to‘liq jarayon tasviri katta hajmdagi xotirani
Foydalanuvchi
maydoni
Operatsion tizim
Asosiy xotira
Jarayon J
1
Jarayon J
2
Fayllarni almashtirish zahira
maydoni
1)
O‘tkazish
2)
Ko‘chirish
114
egallashi
mumkin.
Umumiy
o‘tkazish vaqti o‘tkaziladigan
ma’lumotlarning hajmiga mutanosibdir.
Keng tarqalgan operatsion
tizimlarda - UNIX, Linux, Windows va boshqalar – o‘tkazish va
ko‘chirish (swapping) bo‘yicha har xil strategiyalar amalga oshiriladi.
Almashtirish jarayoni odatda ishlashga ta’sir qilsada, parallel ravishda
bir nechta katta jarayonlarni boshqarishga yordam beradi, shuning
uchun almashtirish ham xotirani siqish usuli sifatida tanilgan.
O‘zgartirish jarayoni uchun talab qilinadigan
umumiy vaqt butun
jarayonni ikkinchi darajali diskka ko‘chirish uchun zarur bo‘lgan
vaqtni, so‘ngra jarayonni asosiy xotirani tiklash uchun zarur bo‘lgan
vaqtni o‘z ichiga oladi. Aytaylik, foydalanuvchi jarayoni 2048 KB
hajmda va almashish amalga oshiriladigan standart qattiq diskda
ma’lumot uzatish tezligi sekundiga 1 MB ni tashkil qiladi.
Xotiraga
yoki 1000K hajmdagi jarayonning haqiqiy uzatilishi 2000
millisekundga to‘g‘ri keladi. Endi, kirish va chiqish vaqtini hisobga
olgan holda, jarayon asosiy xotirani tiklash uchun raqobatlashganda
4000 millisekund va boshqa qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: