Kerakli toshning og'irligi yo'q. Gapdagi yasama otning asosi qaysi so'z turkumiga taalluqli?
A) ravish B) modal so'z C) ot D) sifat
Qaysi gapda asosi yasama fe’l bo'lgan ot to'ldiruvchi vazifasini bajargan?
Qo'shiq aytsa, demak, cho'ponlikka yaraydi.
Suzma va qatiqning inson salomat- ligi uchun foydasi ko'p.
Otaqo'zi kuyovining bachkana qiliq- lariga ichida bir g'ijinib qo'ydi.
Hammasi birinchi she’riy to'plamini bosib chiqargandan so'ng boshlandi.
Berilganlardan qaysi so'zlarda ot yasovchi qo'shimcha fe'l yasovchi qo'shimchadan keyin qo'shilgan?
1) taroq; 2) o'chirg'ich; 3) bog'lam; 4) g'ildirak; 5) qurilma;
2, 3,4, 5 B) 2, 3,4 C) 3,4 D) 1,2, 3,4
Qaysi qatordagi gapda turdosh otning barcha turi qatnashgan?
Dadam kunduzi g'o'zani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg'onmadi.
Yolqin akam traktor terimidan bo'shagandan keyin hovlining kamchi- liklarini tuzatadi.
Mundoq razm solib qarasam, ko'pchilikning qo'lida kosov, bolta, o'roq.
Ukasining so'rog'ini kutmay, oilada- gi yangiliklardan gapira boshladi.
Asal mijozni tozalaydi, tomir yoltarini ravon qiladi, unda ho'llik va gazakni shimdiruvchi quvvat bor. Ushbu gapda ot turkumiga oid nechta so'z bor?
A) 5 B)6 C) 7 D) 8
Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o'zbegim.
Ushbu gapda otlar qaysi gap bo'lagi
vazifasini bajargan?
2 ta o'rinda ega, 1 ta o'rinda kesim, 2 ta o'rinda to'ldiruvchi, 2 ta o'rinda undalma
1 ta o'rinda ega, 2 ta o'rinda kesim, 1 ta o'rinda to'ldiruvchi, 2 ta o'rinda undalma
1 ta o'rinda ega, 1 ta o'rinda kesim, 1 ta o'rinda to'ldiruvchi, 2 ta o'rinda undalma
2 ta o'rinda ega, 1 ta o'rinda kesim,1 ta o'rinda to'ldiruvchi, 2 ta o'rinda undalma
Otlarning lug'aviy shaklini hosil qiluvchi va so'z yasovchi qo'shimchalar shakldoshligiga misol bo'la oladigan juftlik berilgan javobni toping.
bolaginam - Karimgina ,
o'tloq - dumaloq
kelinchak - kuyunchak
o'yinchoq - ovunchoq
Qaysi javobda bir xil morfem shaklga ega so'z yasovchilar keltirilgan?
yuvundi - chirindi
asrandi - chirindi
qirindi - chirindi
o'tindi - qirindi
Qaysi javobda narsa oti yasovchi va sifat yasovchi qo'shimchalar shakldoshligiga misol bo'ladigan so'zlar keltirilgan?
sachratqi - tutatqi
qishlik - yoshlik
o'chirg'ich - yulg'ich
qo'zichoq - maqtanchoq
Qaysi javobda ot + fe’l qolipidagi' qo'shma ot keltirilgan?
gulbeor B) tinchliksevar C) husnbuzar D) shaftoliqoqi
Qaysi javobda keltirilgan gapda o'zaro shakldosh qo'shimchali yasama . so'zlar qatnashgan?
Maktabda «Balli qizlar» musobaqasi bo'lib o'tdi.
Qo'lida boltasi bo‘lsa-yu, shart bir daraxtni kesib jo'nasa.
Yoshlik g'animat, uni behudaga sarflash kerak emas.
Qiz qaynatma sho'rva va qatlamalarni olib kelib, onasini yo'qlab keldi.
Qaysi gaplarda sifatdan yasalgan ot mavjud?
Kamtar bo'l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi.
To'g'ri so'z qilichdan o'tkir, shuning uchun hamisha rost so'zlashga odatlan.
O'z fikrini o'ylab, bosiqlik bilan so'zlagan odam doimo yutadi.
1,3 B) 1,2,3 C) 2, 3 D) 1, 2
Fe’l yasovchi va ot yasovchi v qo'shimchalar ta’sirida ham asosda, ham ko'makchi morfemada tovush o'zgarishi bo'lgan so'z qaysi gap tarkibida qo'llangan?
Otlar qanday so'roqlarga javob bo'lishini bilasizmi?
Radiodan o'ynoqi musiqa yangradi.
Inson o'z umrining hisobli ekanligini hamisha kech anglaydi.
Qiynoqlarga tashlading meni.
Fe’l yasovchi va ot yasovchi qo'shimcha ta’sirida so'zning tovush tarkibida ikki xil fonetik o'zgarish ro‘y bergan so'z qo'llangan gapni aniqlang.
Yalqov va dangasalar hech qachon sanoqda bo'lmaydi.
Men shunaqa biroz yig'loqman.
Mahbus mislsiz qiynoqlarga ham indamay dosh beribdi.
Ammamning uyida sayroqi qushlar ko'p.
Ot yasovchi qo'shimcha ta’sirida tovush ortishi ro'y bergan so'z qaysi gap tarkibida qo'llangan?
Cho'lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi.
Oshdan oldin onam jizza pishirib berdilar.
Togdan o'ynab tushayotgan sharshara yetti xil rangda tovlanardi.
Qishloq aholisining barchasi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
Fe’l yasovchi qo'shimchadan keyin qo'shilgan ot yasovchi qo'shimcha sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha bilan omonimlik xususiyatiga ega bo'lgan yasama ot qaysi gap tarkibida mavjud?
Davraga boshlovchilik qilish menga topshirildi.
Xalqimizning istagi bitta - tinchlik.
Uning iste’dodi ilk she’riy to’plamini bosilib chiqqandan keyin hammaga ma’lum bo'ldi.
Biz dehqonchilik, chorvachilikning hadisini olganmiz.
Qo'shimcha qo'shilishi natijasida bitta tovush tushishi, ikkita tovush almashishi ro'y bergan so'zni toping.
A) qiynog'i B) sanog'I C) yig'loqi D) sayroqi
Vazifasiga ko'ra bir xil qo'shimcha qo'shilishi natijasida ikkita fonetik o'zgarish ro'y bergan so'z qaysi javobda keltirilgan?
A) tarog'i B) qaymog'i
bo'yoqqa D) yig'loqi
Qaysi yasama so'z tarkibidagi har ikkala qo'shimcha ot va sifat yasovchi qo'shimcha sifatida omonim bo'la oladi?
A) yuzsizlik B) qaqshatqich C) boyit D) tinchlik
Qaysi maqolda o'rin-joy oti va mavhum ot qo'llangan?
Asal aynimas, sariyog' sasimas.
Ko'kka boqma, ko'pga boq.
Zar qadrini zargar biladi.
Uying tor bo'lsa ham, ko'ngling keng bo'lsin.
Amr qildimki, vazirlar ushbu to'rt sifatga ega bo'lgan kishilardan bo'lishi lozim: birinchisi
asillik, toza nasllilik, ikkinchisi - aql-farosatlilik, uchinchisi - sipoh-u el ahvolidan xabardorlik, to'rtinchisi - sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Ushbu gapdagi nechta so'z tarkibida ot yasovchi qo'shimcha ikki marta qo'llangan?
A) 4 B)3 C)1 D) 2
Harakat-holat ma’nosi asosida hosil qilingan otlar qaysi javobda berilgan?
ezmalik, go'zallik, ko'rik
yaxshilik, urush, chopi
chopiq, terim, ko'rik
odamgarchilik, bog'dorchilik, yomonlik
Amr qildimki, vazirlar ushbu to'rt sifatga ega bo'lgan kishilardan bo'lishi lozim: birinchisi
asillik, toza nasllilik, ikkinchisi - aql-farosatlilik, uchinchisi - sipoh-u el ahvolidan xaberdorlik, to'rtinchisi - sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Ushbu gapdagi ot yasovchi qo'shimchalar sonini aniqlang.
A) 6 B) 8 C) 5 D) 7
Asarning bosh g'oyasi atrofida markazlashgan davlat qurish, insonparvarlik, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik, adolat, ezgulik, halollik, mardlikni sharaflab, qonli urushlarni qo'zg'ash, yovuzlik, adolatsizlik, munofiqlikni qoralash g'oyalari ham ilgari suriladi.
Ushbu gapda nechta yasama ot mavjud?
A) 9 B) 7 C) 10 D) 8
Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo'lgan so'zlardan tashkil topgan juft otlar ko'rsatilgan javobni toping.
1) ochko'z; 2) qo'y-qo'zi; 3) yor-do'st; 4) uzuq-yuluq; 5) gul-chechak.
3,5 B) 1, 3,4 C) 2, 3, 5 D) 2, 4, 5
«Yozuvchi sifatida bir narsani anglab yetganman va bu qoidaga qat’iy amal qilaman. Qalamkash, avvalo, Inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog’I lozim. Shundagina uni kitobxon tan oladi, kitobini bag'riga bosib o'qiydi».
Ushbu parchada yasama otlarning nechtasi fonetik o'zgarish asosida yozilgan?
A) 3 tasi B) 4 tasi
5 tasi D) 2 tasi
Dehqonchilik sirini pro» fessorlar o'rgatgan emas bizga. Paxtakorning o'z kitobi bor. Bu kitob uning ko'kragida. Ushbu parchada nechta shaxs oti qatnashgan va ular qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?
3 ta: ega, aniqlovchi, to'ldiruvchi
1 ta: ega
3 ta: aniqlovchi, ega, aniqlovchi
2 ta: ega, aniqlovchi
Quyidagi qaysi gaplarda fe'l asosli sodda yasama ot ishtirok etgan?
Bugun sen ataylab ishga kechik.
Daryo bo'lsang oqqan hayqirib,
Kechik bo'lib qolar ekansan.
Birov suv topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi kechgani.
Kun ham kechikib qolibdi.
A) 1,2,3 B) 1,2, 3,4 C) 2,3 D) 1,4
Quyida berilgan so'zlarning nechtasidan sifat yasovchi qo'shimcha bilan omonim bo'la oladigan qo'shimcha yordamida ot yasash mumkin? arava, o'yin, yosh, kech, oqshom, tayan, bos
to'rttasidan B) yettitasidan C) oltitasidan D) beshtasidan
Takabburlik va zulm - ulug'likning ofati, muloyimlik va tavoze - insonning ziynati, sharm-hayo uning go'zal, yoqimlilibosidir.
Berilgan gapda yasama otlar qaysi .so'z turkumidan yasalganligini aniqlang."
fe’l, ot, sifat B) faqat sifat С) ot va sifat D) fe'l va sifat
Qalamkash, avvalo, Inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va lubanligini haqqoniy tasvirlamog'i lozim.
Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini aniqlang.
A)5ta B)7ta C) 6 ta D)4ta
Qaysi qatorda yasovchi vositasigina omonimlik xususiyatiga ega bo'lgan yasama otlar berilgan?
zargar, tikanzor, to'plam
suvdon, bezak, sezgir
terim, ko'rik, ochqich
qisqich, paxtakor, bezak
Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo'lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo'lsa, qayg'u keltiradi. Berilgan gapda ot yasovchi qo'shimchalar necha o'rinda qo'llangan?
A) 1 B) 2 C)3 D)4
Quyidagi qaysi so'zlardagi qo'shimchaning ma'nodoshi bor?
1) tilshunos; 2) itoatli; 3) aravakash; 4) tutzor.
A) 1,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4
Me’yorni ko'p buzar odam bolasi,
Uning kattasidan kichigigacha...
Ushbu she'riy parchadagi munosabat shakliga ega otlar miqdorini aniqlang.
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta
Qaysi gapda ega omonim ot bilan ifodalangan?
Onam har gal xokandozni bo'shatganida qop-qora chang ko’tariladi.
Qalbimga o‘t yoqdi.
Unisi o'ziga bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa o'z qilig'idan azob chekadi.
Bog'imizning gavjumligi bejiz emas
edi.
Qaysi gapdagi yasama so'z uchun yasama ot yasashga asos bo'lib kelgan?
Munkayib qolgan Oyxol momo Akromni quchoqlab bag'riga bosdi.
So'rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal.
O'qituvchi bo'lish uchun chidam bilan o'qiladi.
Salima darsni yaxshi tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo'ldi.
O'qituvchilik so'zi haqidagi to'g'ri hukmni toping.
A) shaxs oti B) narsa oti C) tub ot D) faoliyat- jarayon oti
Ot+ot kompozitsiyasidan hosil qilingan, narsani boshqa narsaga qiyoslash ma’nosini anglatuvchi, tarkibida undoshlar va og'izning ochilish darajasiga ko'ra birlashtiruvchi belgiga ega bo'lgan unlilargina qatnashgan ot(lar)ni aniqlang.
1) ko'zoynak; 2) oshqovoq; 3) oybolta; 4) qo'yko'z; 5) toshbag'ir.
A) 2,3 B) 2,3,4,5 C) 1 2,3,4,5 D) 3
Tarkibida sifat ishtirok etmagan qo'shma otlarni aniqlang.
1) mingoyoq; 2) achchiqtosh; 3) qizilishton; 4) havorang; 5) oybolta; 5) karnaygul; 7) olaqarg'a.
1,4,5,6 B) 1.4,5 C) 2, 3,4,7 D) 1, 5, 6
Biringiz boqiysiz, biringiz - balki puch,
Biringiz shodliksiz, biringiz - o'kinch,
Biringiz baxtlisiz, biringiz - baxtsiz. Biringiz yarador, o'lgansiz vaqtsiz. Ushbu she’riy parchada sifatdan yasalgan ot necha o'rinda qo'llangan?
A) 2 B) 4 C)1 D) 3
Quyida berilgan qoshimchalardan shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan narsa oti yasovchi qo'shimchalarni aniqlang.
1) -paz; 2) -xon; 3) -don; 4) -gi; 5) -k; 6) -ma.
A) 1, 4, 5 B) 2, 3,4,5, 6 C) 1,2,3,4, 6 D) 3,4, 5,6
Sen bo'lmasang so'zlarning Bag'ri ming tilim bo'lar, Onajon, ona tilim, Mening shohona tilim. (Barot Yarash) She'riy parchada otlar tarkibida qatnashgan shakl yasovchi qo'shimchalar soni necha?
A) 6 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 5ta
Qaysi maqolda ikki o'rinda shaxs oti qo'llangan?
Mehmon otangdan ulug'.
Arslon izidan qaytmas, yigit - so'zidan.
Zar qadrini zargar biladi.
Kattaga hurmatda bo'l, kichikka izzatda bo'l.
457. Shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan qo'shimchalar yordamida ot yasash mumkin bo'lgan so'zlar ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1) chaq; 2) ehtiyot; 3) paxta; 4) och; 5) chiz; 6) jirkan; 7) quvon.
A) 2, 5, 6 B) 1, 2, 3,4, 5, 7 C) 1,3,4, 5, 7 D) 3,5,6,7
Birinchi qismida faqat tor unli, ikkinchi qismida faqat keng unli qatnashgan qo'shma otni toping.
sirinsuxan B) xushovoz C) huzur-halovat D) ildizpoya
Sen bo'lmasang so'zlarni:
Bag'ri ming tilim bo'lar,
Onajon, ona tilim,
Mening shohona tilim.
Ushbu she’riy parchada otlar tarkibidagi- lug'aviy shakl yasovchi sonini toping.
A) 2 B)1 C) 4 D) 3
Qo'shma ot tarkibida sodda yasama so'z qatnashgan so'zlarni toping.
otboqar, kirsovun
issiqsevar, xushbichim
tishkovlagich, qiymataxta
achchiqtosh, o'rinbosar
Men o'qimay turib ham, boshimda shu qadrdon qaipoqcham bor ekan, albatta, agronom ham, injener ham, artist ham bo'la olaman.
Ushbu gapdagi shaxs otlari qaysi gap bo'lagi vazifada kelgan?
A) ega B) kesim C) to'ldiruvch D) aniqlovchi
Hoji buvi qo'lidan kelgancha dori-darmon qildi, keyin oyim tuzaldi.
Gapdagi shaxs otlari qaysi gap bo'lagi bo'lib kelgan?
A) ega B) kesim C) to'ldiruvchi D) aniqlovchi
Shavkat amma, xolalari bilan quchoqlashib, xayr-xo'shlashdi. Ushbu gapdagi shaxs otlari qaysi gap bo'lagi bo'lib kelgan?
ega B) kesim C) to'ldiruvchi D) aniqlovchi
Berilgan qoshimchalardan’ nechtasi shakl yasovchi va ot yasovchi sifatida omonimlik hosil qiladi? -xon , -loq, -in, -choq, -k, -q, -aloq
A) beshasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to'rttasi
Qaysi gapda tub so'z va yasama so'zdan yasalgan yasama ot mavjud?
Suzma va qatiqning inson salomatligi uchun foydasi ko'p.
Mundoq razm solib qarasam, ko’pchilikning qo'lida bolta, o'roq, kosov.
Maqtanchoqtik qarilikning ibtidosidir.
G'ildiraklarning bir maromda taraqlab tebranishidan, ko'zim ilinibdi.
O'zbekiston go'zal diyor, Saodatga mehnati yor, Go'zallikda hikmati bor, Halollikda aytar alyor.Ushbu she’riy parchada tobe qismi ham, hokim qismi ot bilan ifodalangan nechta bog'lanish bor?
2 ta В) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
Yangi yil kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingning o‘zi bir bayram.
Qulog'ingga bir gap aytaymi, endi,
Qirqinchi qasrimga o'taymi endi,
Kechagi yoshiigim ertakmi endi?
Ushbu she’riy parchada ot turkumiga mansub so'z necha o'rinda kesim vazifasida kelgan?
A)2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
467. Buzrugmehr shunday deydi: «Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo'lsa, bu - sog'liq, o'limdan ham qo'rqinchliroq narsa bor bolsa bu - kasallik, hayotga teng narsa - boylik, o'lim bilan barobar narsa - faqirlik».Ushbu gapda yasama otlar qanday sintaktik vazifa bajargan?
4 o'rinda ega, 4 ta o'rinda kesim, 2 ta o'rinda to'ldiruvchi
4 ta o'rinda ega, 2 ta o’rinda to'ldiruvchi
4 ta o'rinda kesim, 2 ta o'rinda to'ldiruvchi
4 ta o'rinda kesim, 1 ta o'rinda to'ldiruvchi, 1 o'rinda hol
Quyida berilgan nechta fe'ldan omonimlik xususiyatiga ega qo'shimcha yordamida ot yasash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |