Bir so'z bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning
yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan
b u n d a y adolatli siyosat boburiylar davlatining u l k a n i m p e r i y a g a
aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar t o m o n i d a n qo'llab-
quvvatlanishida katta rol о 'ynadi. Bu esa, о 'z navbatida, imperiyaning
qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qilgan.
Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati evaziga «Milliy
p o d s h o h » , « X a l q h u k m d o r i » n o m l a r i g a h a m s a z o v o r b o ' l g a n .
Akbarshoh 1605- yilda vafot etgan.
X V I I asr ikkinchi y a r m i d a n boshlab i m p e r i y a d a toju taxt u c h u n
k u r a s h avj oldi. Oxir-oqibatda, bu k u r a s h d a 1 6 2 7 - 1 6 5 8 - y i l l a r d a
h u k m r o n l i k qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o ' g ' l i
Avrangzeb g'alaba qozondi. U 1658- yilda Dehli shahrini egalladi va
o'zini shoh deb e ' l o n qildi. Avrangzeb h u k m r o n l i g i davrida (1658—
1707) i m p e r i y a h u d u d i y a n a d a k e n g a y d i . Ayni p a y t d a , Avrangzeb
hukmronligi yillarida imperiya inqirozi uchun zamin h a m yetila bordi.
Xo'sh, bu nimalardan iborat edi? Avvalo, Avrangzebning hech kimga
ishonmasligi, h a m m a narsaga shubha bilan qarashi davlati arkon hamda
mahalliy hind hukmdorlarining undan ко 'nglini sovitdi.
Ikkinchidan, u o'zini faqat mamlakatni idora qilish uchungina emas,
balki islom dinini himoya qiUsh va uning yoyiUshi ко 'lamini yanada ken-
gaytirish uchun h a m taxtga chiqqan hukmdor deb hisoblardi. Shu tufayli
m u s u l m o n b o ' l m a g a n fuqarolarni islom diniga o'tkazish uchun hech
narsadan qaytmadi. Bunday siyosat oqibatida mamlakatning musulmon
b o ' l m a g a n aholisi uning itoatkor fuqarosiga emas, balki g'azablangan
raqibiga aylandi.
1679- yil dan hindlar qaytadan «jizya» solig'ini to'lashga majbur
etildi. Hatto hindlarning m u q a d d a s ziyoratgohlarga boruvchilaridan
h a m soliq olinadigan b o ' l d i . M u s u l m o n savdogarlari soliqdan ozod
qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning besh foizi miqdorida
soliq joriy etildi. Soliq yig'uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-
sekinlik bilan lavozimlaridan bo'shatila boshlandi. Avrangzebning bu
siyosati oxir-oqibatda B o b u r i y l a r i m p e r i y a s i n i n g c h o k - c h o k i d a n
so'kilib ketishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: