Dastlabkiqiymat— aktivni xarid qilish uchun to‘langan pul mablag‘lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati nomoddiy aktivni xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishga sarflangan barcha xarajatlarni, ya’ni: xarid narxi, yuridik yig‘imlar va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati ekspert yo‘li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo‘yicha tan olinadi. Tekinga olingan nomoddiy aktiv kirim qilingan sanada amal qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo‘li bilan tasdiqlanishi kerak.
Sotishqiymati nomoddiy aktivlarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir.
Qoldiq qiymatiaktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jam- g‘arilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangan holda nomoddiy aktiv- larning dastlabki yoki joriy qiymati sanaladi.
O‘rnini qoplash qiymati – korxona aktivdan keyinchalik foyda- lanish hisobiga qoplash mo‘ljallanayotgan summa, shu jumladan, tugatilish qiymati.
Nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
Nomoddiy aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo‘yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo‘lgan hollarda u aktiv sifatida alohida modda bilan aks ettirilmaydi.
Korxona tomonidan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi, chunki u korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur subyektni tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi tafovut sifatida yuzaga keladi.
Ba’zi vaqtlarda nomoddiy aktivlarni qayta baholashga ehtiyoj tug‘iladi. Nomoddiy aktivni qayta baholashda uning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktiv balans qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan oshadigan summada «Zaxira sarmoya» schyotining kreditida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi.
Nomoddiy aktivlar obyektlarining analitik hisobi OS-6 shaklidagi inventar kartochkalarida yuritiladi. Unda obyektning ro‘yxat qilish raqami, dastlabki qiymati, texnik iqtisodiy tavsifi, samarali foydalanish muddati va boshqalar aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni aktiv 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobi» schyotida uning turlariga ochilgan subschyotlari bo‘yicha (0410-0490) ularning eskirishi
0500-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» schyotida (0510-0530) subschyotlari bo‘yicha hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi schyotlar ochilgan: