3-t o p s h i r i q.
Daromad va xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari
t.r.
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Summasi, so‘m
|
Schyotlar bog‘lanishi
|
Asos bo‘luvchi hujjatlar
|
D-t
|
K-t
|
1
|
Sotishga chiqarilgan tayyor mahsu- lotlarning tannarxiga
|
1800000
|
|
|
|
2
|
Sotishga chiqarilgan yosh chorva mol- lari tannarxiga
|
1000000
|
|
|
|
3
|
Sotilgan tovarlarning tannarxiga
|
1200000
|
|
|
|
4
|
Yordamchi xo‘jaliklarning bajargan ishlari tannarxiga
|
600000
|
|
|
|
5
|
Tovar-moddiy zaxiralar sotib olindi (TMZ ni davriy hisobga olish uslubida)
|
500000
|
|
|
|
6
|
Hisobot davrining oxirida quyidagi schyotlar yopildi:
9110-schyot
9120-schyot
9130-schyot
9140-schyot
9150-schyot
|
|
|
|
|
7
|
Jo‘natilgan mahsulotlar, tovarlar,
|
|
|
|
|
|
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xiz-
|
|
|
matlar xaridorlar tomonidan qabul
|
|
|
qilindi:
|
2300000
|
|
– tayyor mahsulotlar;
|
1300000
|
|
– yosh chorva mollari;
|
|
|
– bajarilgan ish va ko‘rsatilgan
|
|
|
xizmatlar.
|
800000
|
8
|
Tayyor mahsulotlar naqd pulga sotildi
|
200000
|
|
|
|
9
|
Sotilgan tovarlar xaridorlar tomonidan qibul qilindi
|
400000
|
|
|
|
10
|
Xaridorlarga sotishdan va narxdan chegirmalar berildi
|
500 000
|
|
|
|
11
|
Hisobot davrining oxirida quyidagi schyotlar yopildi:
9010-schyot
9020-schyot
9030-schyot
9040-schyot
9050-schyot
|
|
|
|
|
12
|
Aktivlarni sotishdan foyda olindi:
|
800000
|
|
|
|
|
- asosiy vositalarni sotishdan
|
|
|
- nomoddiy aktivlarni sotishdan
|
600000
|
|
- materiallarni sotishdan
|
300000
|
13
|
Qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha ijara to‘lovlari summasiga
|
200000
|
|
|
|
14
|
Da’vo muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarildi
|
500000
|
|
|
|
15
|
Hisobot davrining oxirida quyidagi schyotlar yopildi:
|
|
|
|
|
|
9310-schyot
9320-schyot
9350-schyot
9360-schyot
|
|
|
|
|
16
|
Mahsulotlarni jo‘natish bo‘yicha transport xarajatlari summasiga
|
100000
|
|
|
|
17
|
Marketing va reklama xarajatlari summasiga
|
200000
|
|
|
|
18
|
Ma’muriy boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblandi
|
1000000
|
|
|
|
19
|
Ma’muriy boshqaruvda foydala- nilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblandi
|
400000
|
|
|
|
20
|
Asosiy vositalarni sotishdan zarar ko‘rildi
|
350000
|
|
|
|
21
|
Xo‘jalik shartnomalarini buzganlik uchun jarima hisoblandi
|
250000
|
|
|
|
22
|
Hisobot davrining oxirida schyotlar yopildi:
9410-schyot
9420-schyot
9430-schyot
|
|
|
|
|
Topshiriqni bajarish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar: Quyidagi schyotlarda qoldiqlar bo‘lgan: 1110-schyot – 1000000 so‘m, 2810-schyot – 1800000 so‘m, 2910-schyot – 1200000 so‘m, 4010-schyot – 500000 so‘m, 5110-schyot – 2000000 so‘m, 6010-schyot – 800000 so‘m, 8330-schyot – 7400000 so‘m, 9210-schyot – 800000 so‘m, 9220-schyot – 900000 so‘m.
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Yuqoridagi xo‘jalik muomalalariga schyotlar bog‘lanishini ko‘rsating (buxgalteriya provodkasini tuzing).
Asos bo‘luvchi hujjatlarni yozing.
Muomalalarni hisob registrlarida aks ettiring.
BO‘LIM
BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI
Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohalarida hisob-kitob ishlarini aniq yo‘lga qo‘yish, ular faoliyati xaqidagi ma’lumotlardan davlat miq- yosida foydalanish va davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri shakllantirish muammolari bu sohalardagi buxgalteriya hisobining o‘ziga xos tomonlarini tashkil etadi. Bu sohaga mulkchilik turidan qat’i nazar, davlat budjetidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan yoki xo‘jalik hisobida ish yuritayotgan xizmat ko‘rsatuvchi muassasa va tashkilotlar kiradi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga so- luvchi asosiy me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomadir.
BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH
Budjet tashkilotlari budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi Qonuniga, yuqorida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiladilar.
Tashkilotlarda buxgalteriya hisobi mazkur yo‘riqnomaga muvofiq buxgalteriya hisobi yuritishning memorial order shaklida olib boriladi.
Tashkilotning rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishini hamda to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik opera- tsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’min- lanishi shart.
Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari, hisobchilari o‘zla- rining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turadilar.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron– bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi. Tashkilot bosh hisobchisi
bevosita mazkur tashkilot rahbariga, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobining yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarning o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilishiga javobgar bo‘ladi. Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
Bosh hisobchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobini mazkur yo‘riqnomaga va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylash- tirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lar- ning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobining qonun- chilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipen- diyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shu- ningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiy- lashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalari hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlari, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |