T-8 shakli – «Mehnat shartnomasi tugatilganligi to‘g‘risida buyruq». Bu buyruq xodimlar ishdan bo‘shatilganda bir nusxada yozilib, unga asosan kadrlar bo‘limi mehnat daftarchasiga ko‘chiradi va buxgalteriya hisob-kitob qiladi.
shakli – «Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish va ish haqi hisoblash tabeli». Bu xodimlarning ishga kelishini belgilaydi va shunga asosan ish haqi hisoblanadi.
shakli – «Ish vaqtini hisoblash tabeli». Bunda faqat xodim- larning ishga kelishi belgilanib boriladi.
Bularning hammasi mas’ul shaxslar tomonidan imzolanib, bux- galteriyaga topshiriladi.
ISHCHI VA XIZMATCHILAR BILAN HISOB- KITOBNING SINTETIK VA ANALITIK HISOBI
Ish haqi va ishlab chiqarish hisobi bo‘yicha ishlab chiqarish sexlari, bo‘linmalarida rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatga buxgalteriyaga topshiriladi va ular qayta ishlangandan so‘ng xodimlar toifalari va tabel raqamlari bo‘yicha guruhlanadi. Guruhlangan hujjatlardagi ma’lumotlar ishchi yoki xodimning ish haqini hisoblash shaxsiy varaqasiga yozib boriladi. Keyinchalik o‘sha varaqdagi ma’lu- motlardan ish haqini hisoblash vedomostida foydalaniladi. Bu vedomostda ishchi va xizmatchilarga ish haqi va undan ushlab qolina- digan summalar aks ettiriladi. Vedomost har bir sex bo‘linmalaridagi xodimlarning toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Hisobot oyining birinchi yarmida ish haqining ma’lum qismi bo‘nak tariqasida beriladi. Ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va xizmatchilar ishlab chiqarilgan mahsulot soni, sifati, ishchining ishlagan vaqtiga qarab hisoblangan ish haqi, ushlab qolingan soliqlar hamda berilishi lozim bo‘lgan ish haqi miqdori ko‘rsatiladi. Ayrim korxonalarda esa aksincha, ish haqini hisoblash vedomosti bilan to‘lov vedomosti alohida hisob registrlarida hisoblanib, bunday vaqtlarda to‘lov vedomostidan ish haqi to‘lashda foydalaniladi. Ish haqini hisoblash – to‘lov vedomosti korxonalarida avvaldan tayyorlanib qo‘yiladi. Buning uchun ish haqini hisoblash byurosi operatorlari vedomostida xodim- larning ismi-shariflarini, razryadlarini, tabel raqamlarini va boshqa ma’lumotlarni qayd qiladi.
Hisobot oyi tugashi bilan ish haqi hujjatlar asosida hisoblanib, vedomostga yoziladi.
Korxona ro‘yxatidagi va ro‘yxatda bo‘lmagan xodimlarga mehnat haqi hisoblash, mehnat haqining hamma turlari – mukofot, yordam puli, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya, aktsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash passiv 6710 –
«Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar» schotida hisobga olinadi.
Schyotning kreditida hisoblangan mehnat haqi, kasallik varaqalari bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar, ta’til summalari, debetida esa qonunda belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolishlar va mehnat haqining kassadan berilishi aks ettiriladi.
6710 – schyotidagi aloqalar quyidagicha aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |