Bog'liq «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya (1)
Yilningsoffoydasi(zarari) – soliqlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan ko‘rsatkichdir. Soliqlar to‘langungacha foydadan (daromaddan) soliqlar va boshqa biror yerda hisobga olinmagan soliq hamda to‘lovlar chiqarib tashlanadi.
Yilning sof foydasi = soliq to‘langunga qadar foyda – 9810–9830- schyotlarning debetida jamlangan foydadan soliq, obodonlashtirish uchun va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun ajratmalar farqidan iborat. Shunday qilib yilning sof foydasi (zarari) - mahsulotni sotishdan olingan daromad (9010–9030) – sotilgan mahsulotning tannarxi (9110– 9130) + boshqa daromadlar (9310–9390) – davr xarajatlari (9410–9430)
+ moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (9510–9590) – moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflar (9610–9690) ± favquloddagi foydalar va zararlar (9710–9720) – foydadan soliqlar (9810–9830). Bu foyda yoki zarar 9900-schyotning debet aylanmasi bilan kredit aylanmasidan iboratdir va moliyaviy faoliyat bo‘yicha hisobotning oxirgi qatorida aks ettiriladi. Yilning oxirida daromadlar va sarflarni hisobga oluvchi vaqtinchalik schyotlar (9010–9030; 9110–9130, 9310–9390, 9410–9440, 9510–9590,
9610–9690, 9710–9720, 9810–9830) yopiladi va natijalari 9900-schyotga o‘tkaziladi. Uning qoldig‘i hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) 8710-schyotiga o‘tkaziladi.
Yakuniy moliyaviy natijalarning sintetik hisobi aloqasi quyidagicha aks ettiriladi:
t/r
Muomalalarmazmuni
Schyotlaraloqasi
D
K
1
Hisobot davri yakunida asosiy faoliyatdan olingan daromadlar yakuniy moliyaviy natijalarga o‘tkazildi
9010–
9030
9900
2
Hisobot davri yakunida asosiy faoliyatdan olingan bosh- qa daromadlar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi
9310–
9390
9900
3
Hisobot davri yakunida sotilgan mahsulot tannarxi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi
9900
9110-
-9140
4
Hisobot davri yakunida moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi
9510–
9590
9900
5
Hisobot davri yakunida moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflarning yakuni moliyaviy natijaga o‘tkazildi
9900
9610-
9690
6
Hisobot davri yakunida foydadan foydalanish yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi
9900
9810-
-9890
7
Hisobot yilining sof foydasi (zarari) summasi taqsim- lanmagan foyda (zarar) hisobiga o‘tkazildi