Pul
Pul - bu shunday maxsus
tovarki
, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini
bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli
xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini
qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda
qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid
etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.
Pul (fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllanilgan mis chaqa
pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40
tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan. Pul — hamma tovarlar va xizmatlar
ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini
ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil
500 yevro
xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni
qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita.
Pul ayirboshlash, toʻlov, qiymat oʻlchovi, jamgʻarish (boylik toʻplash) kabi vazifalarni bajaradi. Qiymat
oʻlchovi — tovarlar qiymati miqdori Pul orqali oʻlchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini
ifodalaydi; ayirboshlash vositasi — Pul vositasida tovarlar oldisotdi qilinadi; jamgʻarish vositasi —
pul oʻzida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi. Agar
tovar
ishlab
chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, Pulga boshqa tovar sotib olmasa, u Pulni jamgʻaradi. Pul jamgʻarish
uchun, ayniqsa, Pil qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; toʻlov vositasi — tovarga uni sotib
olingan vaqtda emas, balki maʼlum muddatdan soʻng haq toʻlanadigan tovar muomalasi jarayonida
yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi toʻlanganda, qarz qaytarilganda P. toʻlov
vositasi rolini bajaradi. P.ning bu vazifasi muomalaning turli kredit vositalari — veksel, chek,
banknotlarnp keltirib chiqaradi. Pul shakliga koʻra, naqd pul (aniq moddiy shaklga, yaʼni qogʻoz,
tanga) va naqd boʻlmagan P. (aniq moddiy shaklga ega boʻlmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan
boshqasiga koʻchirib yozib qoʻyish orqali harakat qiluvchi pul) koʻrinishida buladi. Muomala doirasi
darajasiga koʻra, milliy P. (asosan, mamlakat hududida amalda boʻladigan), xalqaro yoki
mamlakatlararo (baynalmilal) pulga boʻlinadi. Maxsus chiqariladigan jahon P.i yoʻq, ammo umumiy
universal toʻlov vositasi rolini eng qadri yuqori, erkin almashtiriladigan pul uynaydi. Hozirgi paytda
dunyoda AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va 2002-yil yanvardan muomalaga
kiritilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining pul birligi — yevro jahon puli vazifasini bajaradi..
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Iqtisodiyot
va
moliyaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/
index.php?title=Pul&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
94.158.59.11
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Pul&oldid=2506927
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |