Investitsiya riski –
ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra investitsiya mab-
lag‘larining samara keltirmasligi oqibatida moliyaviy yo‘qotish ehtimoli.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash – bozor holati o‘zgarishlariga mos-
lashuvchanlikni oshirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengay-
tirish.
Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi
– bu mahsulot sotishdan olingan
daromadlar ishlab chiqarish xarajatlarini to‘liq qoplagan holatdir. Mazkur nuqtada
foyda hajmi nolga teng bo‘ladi.
Kalkulatsiya –
lotincha «calculatio» degan so‘zdan olingan bo‘lib, hisob,
hisob-kitob degan ma’nolarni anglatadi. Bu mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi
ishlab chiqarish xarajatlarini pul shaklidagi hisob-kitobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |