KorXoNaNING INNovaTSIoN faoLIYaTI
Mamlakatda yuqori iqtisodiy o‘sish va rivojlanishni ta’minlash uchun
korxonalarda innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish zarur.
Korxonaning innovatsion faoliyati
– yangi bilim va texnologiya-
larni ishlab chiqarishga joriy etishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi.
Bu tadbirlar ilmiy, texnologik, moliyaviy va tijorat tavsifiga ega bo‘lishi
mumkin. Korxonada innovatsion faoliyatni amalga oshirish natijasida:
– yangi mahsulot turini ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni yo‘lga
qo‘yish;
– mavjud mahsulot yoki xizmatlarda yangi sifat xususiyatlari hosil
qilinishi mumkin.
Korxonada innovatsion faoliyatni boshqarish innovatsion menejment
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |