Ichki xarajatlar – korxona yoki tadbirkorning o‘ziga tegishli
bo‘lgan resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar.
Bunday xarajatlar uchun pul to‘lovlari amalga oshirilmaydi. Ichki xa-
rajatlar ushbu resurslar qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozordagi
narxlariga taqqoslash orqali baholanadi.
Ichki va tashqi xarajatlarni farqlash korxona iqtisodiy faoliyati sama-
radorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.
DoIMIY va o‘ZGarUvChaN XaraJaTLar Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga
qarab xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi.
UMUMIY XaraJaTLar Doimiy xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar Korxona to‘lov majburiyatlari
Xomashyo
Soliqlar
Material
Amortizatsiya ajratmalari
Yonilg‘i
Ijara haqi
Transport xizmati
Qo‘riqlash xizmati xarajatlari,
xodimlar maoshi va h.k.
Ishchilar ish haqi va shu kabilar
uchun xarajatlar