U buxgalteriya hisobi nazariyasi fanining predmeti va metodi hamda tadqiqot



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana21.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#832336
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi

 Buxgalteriya hisobi. 
Buxgalteriya hisobi — ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun 
joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo‘jalik 
faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. 
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy 
qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona hamda tashkilotlar bilan hisob-
kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; 
tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi hamda tannarxi 
aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari — foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; 
korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator 
ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. 


Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchov birliklari — 
natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchov birligiga alohida ahamiyat 
beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini 
beradi. SHuning uchun pul o‘lchovida buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular 
natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi. 
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning hujjatlarida barcha 
xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini 
olish uchun zarurdir. 
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyatlaridan biri uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya 
hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya (xo‘jalik jarayoni) o‘sha vaqtni o‘zidayoq 
hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbayi 
hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish va boshqarish uchun 
asoslangan ma’lumot- larni olish imkoniyatini beradi. 
Buxgalteriya hisobida yakunlangan yig‘ma ko‘rsatkichlarni olish uchun yig‘ilgan 
ma’lumotlarni qayta ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim 
xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot va muassasalarning 
butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi. 
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda 
ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbayi sifatida xizmat qiladi. 
Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashgan ko‘rinishda korxonaning moliyaviy 
holatini baholashda qo‘llaniladi. Umumlashgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni 
baholashda ko‘pincha buxgalteriya hisobining ma’lumot- lariga asoslanadigan statistika 
yordamida olinadi. 
Bozor munosabatlarini rivojlanib borish sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qismi (moliyaviy va boshqaruv hisoblari) korxona rahbariyati 
tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob 
axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma 
ichida qo‘llaniladigan axborotdan tashqari, tashqi foydalanuvchilarga xabar qilinadigan 
axborotdan iborat bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobi — iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani 
buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, shakli, predmeti, ob’ekti va usullarini o‘rgatadi. Bu 
fan xo‘jalik tarmoq- larida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib, 
uning ilg‘or usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. SHu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar 
buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini xo‘jalik tarmoqlariga joriy etish 
yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi. 
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan hisob tizimining har xil turi va uning butun tizimi ham 
uzluksiz ravishda rivojlanib boradi. Dastlabki ma’lu- motlarni yig‘ish texnikasi, qayta ishlash 
uslublari yaxshilanib boradi. 
Iqtisodiyotimizdagi hisob turlari asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
– iqtisodiyot tarmoqlari korxona va tashkilotlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini 
kuzatib borish; 
– kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash; 
– korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlari- ni kuzatish natijalarini maxsus 
hujjatlarda qayd etish; 
– maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, 
xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish. 
Hisobning yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman olganda 
butun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja 
ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishi ustidan nazorat olib borishda va jamiyatni 
boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. 



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish