O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
XORAZM VILOYATI
URGANCH SHAHAR 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI
“KELISHILDI” “TASDIQLANDI”
Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha Urganch 1-son kasb-hunar direktor o’rinbosari maktabi direktori
__________U.Anapasov. __________ B.Yaqubov.
«______»____________2022 yil «______»____________2022 yil
BOSHLANG’ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
O’QUV DASTURI
Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi: 33.81.03.10 Radiotelefon aloqasini ta’mirlash ustasi
Kvalifikatsiya nomi: Radiotelefon aloqasini ta’mirlash ustasi
O’quv dasturi nomi: Ishlab chiqarish amaliyoti
Ajratilgan soat: 180
Urganch-2022
Ishlab chiqarish amaliyotining o’quv dasturi Urganch shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi
Pedagogik kengashining 2022 yildagi «____» -sonli yig’ilishida o’quv jarayoniga qo’llashga tavsiya etildi.
Ishlab chiqarish amaliyotining o’quv dasturi «»fanlar kafedrasining 2022 yildagi «____» -sonli yig’ilishida muhokama etildi va ma’qullandi.
Tuzuvchi: Sh.P. Polyazov- Urganch shahar 1-son kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi ustasi
Taqrizchi: U.K.Annapasov- Urganch shahar 1-son kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari
“ISHLAB CHIQARISH AMALIYoTI” namunaviy dasturi
I. O’QUV AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI:
180 soat o’quv amaliyotining maqsadi kasb-hunar maktab o’quvchilariga kasb mohiyati mijozlar bilan ishlash, o’z vazifalariga sidqidildan yondashish, xujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha ko’nikma va bilimlarni shakllantirishdan iborat. Mijozlar bilan ishlash, aholiga servis xizmat ko’rsatish kabi turkumlar bilan tanishish.
“Ishlab chiqarish amaliyoti” dasturi radiotelefon aloqasi qurilmalarni, aloqa qurulmalarni va apparatlarni ta’mirlash usullari, xizmat ko’rsatish omillarini hamda sozlash va sinash ishlarini o’rgatishini o’z ichiga oladi.
Amaliyot davomida asosiy e’tiborni radiotelefon aloqasi qurilmalarni ta’mirlash sifatini yaxshilash, ta’mirlash tannarxini kamaytirish, elektrotexnik asboblar va apparatlarni takomillashtirishga qaratilishi kerak.
Ishlab chiqarish ta’limi ustaxonasida asbob va apparatlarni qismlarga ajratish va yig’ish, nosozliklarni aniqlash, yaroqsizlik haqida qaydnoma tuzish, ta’mirlash ishlarini bajarish, alohida qismlar va asboblarni sozlash va sinash ishlarini bajarishni o’rgatiladi.
“Ishlab chiqarish amaliyoti” ta’limi davomida o’quvchilar nazariy olgan bilimlarni amaliy mustahkamlash bilan birgalikda radiotelefon aloqasi qurilmalarni ta’mirlash texnologiyasini, ta’mirlash ishlarini tashkil etishni ilg’or usullarini, elektr asboblar va apparatlarni sozlash va sinash vositalarini va usullarini, elektr asboblar va apparatlarni takomillashtirish bilimini o’rganadilar.
O’quv dasturida berilgan mavzular rejasini taxminiy bo’lib, maxalliy sharoitga bog’liq holda fan (turkum) uyushmasi mavzular va o’quv soatlariga o’zgartirish kiritishi mumkin. Barcha o’zgartirishlar o’quv yurtining ishlab chiqarish bo’yicha direktor muovini tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |