hozirgi kunda qanday ishlarni amalga
oshirish va uzoq kelajakda
qilinadigan ishlar ko‘rsatkichlarini yaxshilash ustida o'ylab ko‘rishni
talab etadi. Qisqa yoki uzoq muddatli maqsadlarni tanlasnda, uzoq
muddatli maqsadni tanlash doimo ustun bo‘lishi lozim. Agar menejer
faqat bugungi kun muvafFaqiyatlarini o'ylab ish yuritsa, firma kelajagini
xavf ostida
qoldirsa, korxonaning ravnaq topishi amrimahol bo‘ladi.
M a’lumki, menejmentning maqsadi korxonani yuqori natijaga
erishishini ta ’minlashdir. Joriy maqsadlar o‘z ichiga shunday maqsad
larni oladiki, ularni amalga oshirilishi rahbar va xizmatchilami kundalik
xizmat burchi hisoblanadi. Bu kabi maqsadlar esa korxonaning
kelajakda erishishi va qo'lga kiritishi lozim bo'lgan
natijalari, imko-
niyatlari uchun ishlab chiqiladi.
Muammoviy va innovatsion maqsadlar oddiylaridan sezilarli daraja
da farq qiladi. Bu farqni asl m a’nosi ularga erishish tavsifidadir.
Muammoviy va innovatsion maqsadlar katta aqliy energiya sarfmi
talab qiladi, chunki o'ziga yangi elemental qamrab oladi.
U ijodiy
natijani qo'lga kiritish uchun aniqlanadi va ishlab chiqiladi.
Muammoviy maqsadlar firmaning yoki alohida insonning faoliyati
uchun zarur vaziyatning o'zgarishi bilan bog'liq. Masalan, birdaniga
tovarlar sifatining
pasayishi kuzatiladi, tabiiyki, bu korxonaning
oladigan foydasiga ta ’sir ko‘rsatadi. Sifatni nazorat qilish bo'limi rah-
bari oldiga qo'yilgan maqsad m a’lum
muddat davomida buning
sababini aniqlash va mahsulot sifatini yaxshilashdan iborat.
Muammoli maqsadlar qatoriga yana innovatsion maqsadlarni ham
qo'yish mumkin. Ular yangi usullami izlash va ishlab chiqish, yangi
vosita va yangi mahsulot bilan bog'liqdir. Masalan, reklama bo'limi
mutaxassisining maqsadi,
tovar uchun yangi, samaraliroq reklama
yaratish bo'lsa, uni m a’lum muddat ichida telestudiyaga yo'llashi esa
innovatsion maqsaddir. Izlanish bo'limi xizmatchilarining innovatsion
maqsadi quyidagi masaladan iborat: Masalan, 1-iyulga 3 ta yangi
tovami eksport sotuvi uchun tekshirib maromiga yetkazish:
Rahbar yoki xizmatchining o'z oldiga qo'ygan maqsadi
qanchalik
mashaqqatli bo'lsa, unda shunchahk muammo ko'pdir. Shuni aytish
kerakki, muammo tushunchasi faqat obyektiv omil bo'lib qolmasdan,
balki u o'ziga subyektiv omilni ham qamrab olgan. Bitta maqsad bir
xizmatehi uchun oddiy hisoblansa, boshqasi uchun muammoli bo'lishi
mumkin. Birinchi holatda xizmatehi
unga erishish uchun zaruriy
usullarga ega bo'lsa, qo'yilgan vazifani katta qiyinchiliklarsiz bajarish
uchun yetarli bilim va qobiliyatga ega bo'ladi.
18