Tyermiz davlat universiteti pyedagogika instituti


Eksperimentning reja - dasturi



Download 1,07 Mb.
bet49/81
Sana23.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#696757
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
ИТМ ЯНГИ МАЖМУА

Eksperimentning reja - dasturi. Eksperimentning reja-dasturi – eksperimental tadqiqotlarning metodologik asosidir.
Reja-dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tadqiqot mavzularining ro‘yxati va ishchi gipotezaning mazmuni;

  • eksperiment metodikasi va uni bajarish uchun zarur materiallar, asboblar, qurilmalar va h.k.lar ro‘yxati;

  • bajaruvchilar ro‘yxati va ularning kalendar ish rejasi;

  • eksperimentni bajarish uchun xarajatlar ro‘yxati.

Eksperiment metodikasi deb metodlar, eksperimental tadqiqotlar nima maqsadga muvofiq bajarish usullarining majmuiga aytiladi. Umumiy tarzda u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • eksperimentning maqsad va vazifasini;

  • omillarni tanlash va ularning o‘zgarish darajasini;

  • vositalar va o‘lchashlar intervalini asoslashni;

  • eksperimentning mohiyati va tartibining bayonini;

  • eksperiment natijalarini ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslashni.

Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani tahlil qilish asosida aniqlanadi. Vazifa aniq bo‘lishi, ularning soni uncha ko‘p bo‘lmasligi lozim: oddiy eksperiment uchun - 3...4, majmua eksperiment uchun esa - 8...10 ta.
O‘rganilayotgan jarayon yoki ob’ektga ta’sir etuvchi omillarni tanlash qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha omillar mazkur eksperiment uchun avval muhimlik darajasiga ko‘ra saralanadi, so‘ngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi.
Omillar soni uncha ko‘p bo‘lmaganda (3 gacha) ularning muhimlik darajasi bir omilli eksperiment bo‘yicha aniqlanadi (bitta omil qolganlar muhim bo‘lganda o‘zgaradi). Agar omillar soni katta bo‘lsa, yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, ko‘p omillik tahlil qo‘llaniladi.
O‘lchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, o‘lchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi.
Qoidaga ko‘ra, tajribalarda mamlakatimizda va chet ellarda yalpi ishlab chiqariladigan standart o‘lchash vositalaridan foydalaniladi. Ayrim hollarda, kamyob o‘lchov asboblari va apparatlari qo‘lbola tarzda bunyod etiladi.
Eksperimentni o‘tkazishning mazmun va tartibi - metodikaning markaziy qismi hisoblanadi. Unda eksperiment o‘tkazish jarayoni to‘la loyihalashtiriladi:

  • kuzatish va o‘lchash operatsiyalarini amalga oshirishning ketma-ketligi tuziladi;

  • eksperiment o‘tkazishning tanlangan vositalarini hisobga olgan holda har bir operatsiya ayrim-ayrim holda mufassal tavsiflanadi;

  • operatsiyalarning sifatini nazorat qilishda qo‘llanadigan usullar tavsiflanadi;

  • kuzatish va o‘lchash natijalarini yozish uchun daftar tutiladi.

Eksperimental ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslash metodikani muhim bo‘limi hisoblanadi. Eksperiment natijalari namoyish etishning ko‘rgazmali shakliga keltirilishi lozim, ya’ni jadvallar, grafik, nomogrammalar va h.k. tarzida, toki ularni qiyoslash va tahlil qilish mumkin bo‘lsin. Bunda alohida e’tibor natijalarni ishlab chiqishning matematik usullariga ya’ni empirik bog‘liqlik, omillar va chiqish parametrlari o‘rtasidagi aloqa approksimatsiyasi, mezonlar, ishonchli intervallar o‘rnatish va boshqalarga qaratiladi.
Eksperimentning metodikasi ishlab chiqilgandan so‘ng, eksperimental tadqiqotning hajmi va mehnat talabliligi aniqlanadi. Ular nazariy ishlanmalarning chuqurligi va qabul qilingan o‘lchash vositalarining tavsifiy ko‘rsatkichlariga ya’ni aniqlik darajasi, ishonchliligi, tezkorligi, harakatlanishi va h.k. ga bog‘liq. Tadqiqotning nazariy qismi qanchalik aniq ifodalangan bo‘lsa, eksperimentning hajmi va mehnat talabliligi shuncha kam bo‘ladi. Tabiiyki, hajm va mehnat talablilik eksperimentning turiga bog‘liq. Dala sinovlari, qoidaga ko‘ra ko‘p mehnat talabdir.



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish