2
Dastur 5A311502 - Geodeziya va kartografiya (funksiyalari bo‘yicha)
va magistratura
mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun 5311500 - Geodeziya, kartografi va kadastr (fan) ta’lim
yo‘nalishining 2017/2018 o`quv yilida tasdiqlangan o`quv rejasidagi
asosiy fanlar asosida
tuzilgan.
TUZUVCHILAR:
UrDU “Geodeziya kartografiya geografiya” kafedrasi dotsenti: g.f.n. Avezov S.A.
UrDU “Geodeziya kartografiya geografiya” kafedrasi dotsenti: Matchanov M.J.
TAQRIZCHILAR:
UrDU “Geodeziya kartografiya geografiya” kafedrasi dotsenti: g.f.n.Atadjonov I.Sh.
UrDU “Geodeziya kartografiya geografiya” kafedrasi dotsenti: g.f.n. Xamrayev M.O.
Dastur Tabiiy fanlar fakultetining 2021 yil 30 iyundagi № 11-sonli Kengashi yig‘ilishida
muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
5311500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (fan) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - fan,
ishlab chikarish va xizmat ko‘rsatish soxasidagi yo‘nalish bo‘lib, Er shaklini o‘rganish
va uning
sirtida aniq va yuqori aniq geodezik o‘lchashlarni bajarish orkali plan va kartalarni yaratish hamda
yagona koordinatalar sistemasida davlat geodezik tayanch tarmoqlarini barpo etish,
davlat
hududini kartalashtirish ishlarini zamonaviy sun’iy yo‘ldosh tizimlari va masofadan turib erni
zondlash usulidan foydalanish, bino va inshootlarni loyihalash va qurishda bajariladigan geodezik
ishlarda zamonaviy asbob va texnologiyalarni qo‘llash, Davlat kadastrlarini
yaratish va yuritish
ishlarini geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalari asosida tuzish va yuritish usullari
hamda vositalar majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning
vazifasi - Oliy, malaka oshirish,
kayta
tayyorlash va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni
o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq
ilmiy-tadqiqot institutlarida;
O‘zbekiston Respublikasi “ERGEODEZKADASTR” davlat kumitasi tizimidagi viloyat va tuman
korxonalarida; “O’ZGASHK LITI” DUK, uning Toshkent shahar va viloyatlardagi filiallarida
mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
5311500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (fan) ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A311502 -
Geodeziya va kartografiya (funksiyalari bo‘yicha) va magistratura mutaxassisliklariga
kiruvchi
talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi ukuv rejasiga asosan 10 ta umumkasbiy fanlar: “Geodeziya”,
“Oliy geodeziya”, “Fotogrammetriya va erni masofadan turib tadkik kilish”, “Kompyuter grafikasi
va kartalarni jixozlash”, “Kartashunoslik”, “Umumgeografik kartalarni loyihalash va tuzish”,
“Tabiiy kartalarni loiyxalash va tuzish” “Davlat kadastrlari asosi”, “Ko‘chmas mulk kadastri”,
“Geografik axborot tizimlari (GAT)” hamda 2 ta ixtisoslik fanlari: “Injenerlik geodeziyasi”,
“Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya” fanlaridan test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar uz negizida
qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.