20-mavzu: Loy va plastilindan ijodiy ishlar bajarish.
O’quv soati: 6 soat
|
talabalar soni: 30 ta
|
O’quv mashg’uloti shakli
|
Amaliy mashg’ulot.
|
Amaliy mashg’ulot tuzilishi:
|
1.Ish joyini tashkil etish.
2.Baholash mezonlari bilan tanishtirish.
3.Ish qurollaridan foydalanish qoidalari.
4. Loy va plastilindan ijodiy ishlar bajarish.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Esdalik sovg’alari yasash va bezatish.
|
Pedagogik vazifalar:
Loy va plastilindan ijodiy ishlar bajarish haqidagi bilimlarini aniqlash;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar berish;
Amaliy ish natijalarini ko’radi, muhokama qiladi va baholaydi.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
talabalar bilishi kerak:
Loy va plastilindan ijodiy ishlar bajarish to’g’risida bilganlarini aytadi;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilishni o’rganadi;
Natijalarni taqdimot qiladi va baholanadi;
|
Ta’lim usullari
|
Tushuntirish, tezkor so’rov, namoyish etish, savol-javob, amaliy ish, taqdimot
|
Ta’lim vositalari
|
Metodik qo’llanmalar, slaydlar, ekspert topshiriqlar, turli rangli qog’oz to’plami, chizg’ich, qaychi, qalam
|
O’qitish shakllari
|
Yakka tartibda, guruhli.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Nazorat va baholash
|
Savol-javob va amaliy ish
|
Reja:
Loy va plastilindan o’yinchoqlar yashash haqida tushuncha
Loy va plastilin bilan ishlash bosqichlari
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash o‘z xarakteriga ko‘ra bir tomondan, rivojlangan sezgi va idrokni talab qilsa, ikkinchi tomondan uning o‘zi sezgi va idrokni rivojlantiradi. Real olamdagi predmetlarni bilishda ko‘rish yetakchi hisoblanadi. Lekin bolalarda obrazlar shakllanishining dastlabki bosqichlarida sezish ko‘rish uchun tayanch bo‘ladi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, qo‘llar predmetning shaklini ko‘zga nisbatan boshqacharoq va to‘liqroq aniqlaydi, chunki biz qo‘llarimiz kaftini predmetning doimo ko‘zdan ozroq yoki ko‘proq yashirin yon sirtlariga va mutlaqo ko‘z ilg‘amas orqa tomoni sirtiga qo‘yishimiz mumkin. Loy yoki plastilin o‘yinchoq yasayotgan bola jismlarning moddiy xossalarini — ularning shakli, qattiqligi kabilarini ifodalashi kerak. Lekin u bu ishni o‘z tajribasida sezish alomatlari bo‘lsagina bajara oladi. Chunki predmetning ana shu sifatlarini ko‘rib aks ettirish sezib aks ettirishdan farqli ravishda bilvosita amalga oshadi. Kishida buyumlarning mexanik sifatlari haqidagi mufassal ko‘ruv tasavvuri predmetni ko‘rish va qo‘l bilan paypaslash ko‘p marta takrorlanishi natijasida vujudga keladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar predmetni tasavvur qilishlari uchun uning ayrim umumiy belgilari kifoyadir. Predmet bilan uni ushlab tanishishda ko‘pincha predmetning bola ushlab yoki uning qo‘li tegib turgan qismlari bilan cheklaniladi. Bunday passiv sezish bolaga predmetning ba’zi xossalari haqidagina ma’lumotlar beradi va ular yaxlit obrazga birikmaydi. Lekin bu predmetni tasvirlash uchun kamlik qiladi: bola predmetni uning xossalari va sifatlari bilan birgalikda tasavvur etishi kerak. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayoni predmetning hajmi xossalarini nozik analiz va sintez qilishni taqozo etadi. Bola buni mustaqil ravishda egallay olmaydi. Bu ishda kattalar unga yordam berishlari kerak. Ular bolaga predmetni faol ko‘zdan kechirishning umumlashtirilgan tizimini o‘rgatadilar. Loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishishdan oldin predmetni faol ko‘zdan kechirish — bolalarning hissiy tajribasini tashkil etishning pedagogic usulidir. Bu tizimni shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich — predmetni yaxlit idrok etishni tashkil qilishdir. Bu bosqich barmoqlar va ko‘zlarning yuqorigi nuqtadan pastga asosiy xarakterli chiziqlar bo‘ylab izchil va uzluksiz (tepadan pastga va qandaydir spiral bo‘yicha) harakatlanishidan iboratdir. Predmet doimo muayyan holatda bo‘ladi. (uni chap qo‘l tutib turadi, o‘ng qo‘l kuzatadi; predmet stolda harakatsiz turishi ham mumkin).
Ikkinchi bosqichda predmetni qo‘l va nigoh bilan kuzatishda uning asosiy qismlari tahlil qilinadi, ularning xossalary (shakli, kattaligi, mutanosibligi va hokazolari) aniqlanadi; barmoqlarning harakati go‘yo ularning chuqurligi nisbatlarini o‘lchaydi, fazodagi o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi.
Uchinchi bosqich — predmetning yanada maydaroq qismlarini kuzatish, ularning shakli, kattaligi va asosiy qismlarga nisbatan fazodagi holatini aniqlab olishdir.
To‘rtinchi bosqich — predmetni yaxlit hodda takroran idrok etishdir. Bunda qo‘l va ko‘zning yuqoridan pastga umumiy yakunlovchi harakatlari sezish orqali olingan ma’lumotlarni yaxlit obrazga birlashtirish imkonini beradi. Kuzatishni predmet sirtining strukturasi(tarkibi, tuzilmasi)ni tahlil qilishga (uni
silab ko‘rishga) ham qaratish mumkin. Bunda qo‘l barmoqlarining hammasini ishga solish kerak. Materialning tarkibini aniqlash uchun predmetning sirtiga qattiq bosib ko‘rish usuli qo‘llaniladi.
Shunday qilib, bolalarga umumlashgan harakatlar tizimini amalga oshirish tavsiya etiladi. Ular bu ishni dastlab kattalar rahbarligida, keyinroq mustaqil holda bajaradilar.
XULOSA.
Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil inson qilib tarbiyalash yo'lida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunining 11-moddasida maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlashi ta'kidlangan. Bu ta'lim 6-7 yoshdagi bolalarga oilada, bolalar bog'chasida va boshqa ta'lim muassasalarida beriladi.
Farzandlarimizning shakllanishi, dunyoqarashlari kengayishida bog'cha tarbiyasi muhim. Bog'cha dasturiga ko'ra, bola vaqtida ovqatlanadi, o'ynaydi, dam oladi. Bu tartib bola salomatligi uchun juda muhimdir. Bog'chada bola ta'limning boshlang'ich dasturini bosqichma-bosqich o'rgana boradi. O'qishni, yozishni, matematik-mantiqiy amallar bajarishni bilib oladi. U shu yerda Vatanni taniydi, yuragida tabiat va jamiyatga mehr hissi uyg'onadi. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari”da bolalar tafakkurini rivojlanishida barcha ilk boshlang'ich bilimlarni uzluksiz o'stirib borish muhim o'rin tutadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ko'proq bolaning yoshini hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan didaktik o'yinlar bilan shug'ullantirib, keyin asta-sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarashi va ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin – o'qish, o'yin – mehnat, o'yin – jiddiy tarbiya shaklidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin atrofdagi olamni bilish usulidir. Agar bola pedagogik jarayonga to'liq kirsa, u holda o'yin tarbiya vositasidan iborat bo'ladi. O'yinni tashkil etish va boshqarish orqali tarbiyachi bola shaxsi rivojlanishining barcha tomonlariga: sezgisiga, ongiga, erkiga va xulqiga to'la ta'sir etadi. Bolalarga badiiy-ijodiy qobiliyat ta'lim-tarbiya jarayonida rivolantirib boriladi. “Hamma bolalar, bеistisno hammasi:- dеb yozadi shoir P.Antokolskiy - 63 san'atning biror sohasida talantli bo`lib tug`iladilar.
Bolaning qobiliyatsizligi har doim tarbiyaning natijasidir. Aniqrog`i, tarbiyaning yo`qligi, bolaga g`amho`rlik qilinmaslikning natijasidir”. Bolalarni har tomonlama barkamol rivojlantirish va tarbiyalashni amalga oshirishda yordam beradigan o‘yin va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim ishlardan biridir. Hozirgi kunda o‘yinchoqlarning yangi namunalarini yaratayotgan rassomlar safi kengaymoqda, badiiy hamda konstruktorlik markazlari tashkil etilyapti.
O‘yin va o‘yincholar muammolarini qamrab oluvchi ilmiy tadqiqotlar ham ko‘paymoqda. Har yili o‘yinchoqlar assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan seminarlar, shuningdek, o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo‘llangan konkurslar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilib turilibdi. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida Respublika va viloyatlar miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan “Sevimli o‘yinchog‘im” ko‘rik-tanlovi buning isbotidir. Ma’lumki, qo‘lbola hamda loy va plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlash – bolaning qo‘lidan keladigan va quvonchli ish. Materialning o‘yinchoqqa aylanish jarayoni turli kechinmalar – ajablanish, quvonchli orzu, zo‘r berib fikr yuritish va amaliy ish natijalaridan, o‘z imkoniyatlarini, mustaqilligini anglashdan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan birga davom etadi.
Loy – qo‘lbola o‘yinchoqlar yaratishda yaxshi natija beradigan material. Bolalar undan odamchalar, hayvonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasaydilar. Pishirish – bu o‘yinchoqlarni mustahkam qiladi, ulardan keng foydalanish, ularni boshqalarga sovg‘a qilish imkonini beradi. Qo‘lbola o‘yinchoqlar bolalarning o‘zlari yoki ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan tayyorlanadi. Bu qo‘g‘irchoq ishlab chiqarish sanoati bo‘lmagan vaqtda, ko‘pgina avlod bolalarining hamrohi bo‘lgan. Bu o‘yinchoqlar hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Eng oddiy o‘yinchoqni tayyorlash vaqtida bola fikr yuritadi, qiyinchiliklarni yengadi, muvaffaqiyatdan quvonadi.
O‘zining ijodiy, yaratuvchilik mehnati jarayonida u do‘stlari bilan muomalada bo‘lish yo‘llarini axtaradi, ularga birgalikda o‘ynashni taklif qiladi. Bunda faqat o‘zi uchun emas, balki boshqalar uchun ham o‘yinchoq yasashga tayyor turish tuyg‘usining shakllanishi axloqiy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Bunday o‘yinchoqlar sensor tarbiya va nutqni o‘stirish vazifalarini bajarar ekan, bolalarning predmetlarni, ularning rangi, shakli, hajmi kabilarni idrok qilishini rivojlantirishga, ularning turli xossalar va sifatlarni ifodalovchi so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri ishlatishga ham yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR.
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. – T.: “O'zbekiston”, 2008.
2. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: “O'zbekiston”, 1999.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori - T.: “O'zbekiston”, 1997.
4. Karimov I.A. Ma'naviy yuksalish yo'lida. – T.: «O'zbekiston”, 1997.
5. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. 7-jild. – T.: “O'zbekiston”, 1999.
6. Karimov I.A. Milliy mafkura mamlakat kеlajagining poydеvori.- T., 2002.
7. Abdullayеv N. San'at tarixi - T., 1997.
8. Azimov B. Natyurtmort tuzish va tasvirlash mеtodikasi.- T., “O`qituvchi”, 1994.
9. Apuxtin O.K. Tasviriy san'at darslari va samaradorligini oshirish omillari”, T., 1990.
10. Mirdjalilova S.S. va b. ”Bolajon” tayanch dasturi.- T., 2010. – 214b.
11. Oripov B.O. «Tasviriy san'at darslari va samaradorligini oshirish omillari» Toshkеnt 1997.
12. Qodirxo’jaеv F. Maktabda badiiy bеzak ishlari.- T., “O`qituvchi”, 1991.
13. Sakulina N.P., Kamarova T.S. Bolalar bog`chasida tasviriy faoliyat.- T., ”O`qituvchi”, 1996.
14. Safo Ochil. Mustaqilik ma'naviyati va tarbiya asoslari.- T.: “O'zbekiston”, 1995.
15. Sodirov N. Madaniy yodgorliklar xazinasi.- T.: “Fan”, 1981.
16. Umarov E. va b. Estetika asoslari. – T.: Cho’lpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2009.- 208 b.
17. Vеtlugina N.A. Bolalar bog`chasida estеtik tarbiya.- T., “O`qituvchi”, 1997.
18. Xalezova N.B. va b. Bolalar bog’chasida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash.- T.: O’qituvchi, 1991.- 192b.
19. Xasanov R. Boshlang`ich sinflarda naqsh chizish mеtodikasi.- T., “O`qituvchi” 1997.
20. Xasanov R. Tеma asosida rasm chizish jarayonida estеtik tarbiya.- T., ”O`qituvchi”, 1990.
21. Xayitmetov A. Adabiy merosimiz ufqlari.- T.: “O'qituvchi”, 1997.
22. Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari.- T.: “Universitet”, 1998.
Do'stlaringiz bilan baham: |