O’quv mashg’ulotining maqsadi: Qog’oz va karton turlari . Qog’oz va kartondan trafaret, shablon va muxr tayyorlash texnikasi
Pedagogik vazifalar:
Talabalarning Qog’ozning ixtiro qilinishi haqidagi bilimlarini aniqlash;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar berish;
Qog’oz turlarini o’rgatadi;
Ishlab chiqarish xom ashyosini o’rgatadi;
Amaliy ish natijalarini ko’radi, muhokama qiladi va baholaydi.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
talabalar bilishi kerak:
Qog’ozning ixtiro qilinishi to’g’risida bilganlarini aytadi;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilishni o’rganadi;
Qog’oz turlarini o’rganadi;
Ishlab chiqarish xom ashyosini o’rganadi;
Natijalarni taqdimot qiladi va baholanadi;
|
Ta’lim usullari
|
Tushuntirish, tezkor so’rov, namoyish etish, savol-javob, amaliy ish, taqdimot
|
Ta’lim vositalari
|
Metodik qo’llanmalar, slaydlar, ekspert topshiriqlar, turli rangli qog’oz to’plami, chizg’ich, qaychi, qalam
|
O’qitish shakllari
|
Yakka tartibda, guruhli.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Nazorat va baholash
|
Savol-javob va amaliy ish
|
Reja:
1.Qog’ozning ixtiro qilinishi.
2.Qog’oz turlari.
3.Ishlab chiqarish xom ashyosi.
Qog’oz sanoati tarixidan qisqacha ma’lumot.Odamlar asrlar davomida o’z xotiralarini suyakka, toshga, hayvonlar terisiga bitik qilib keldi.fikrlarning ilk shakli muayyan shartli belgilar bilan ifodalangandir. Dastlabki kitoblarlar –qoyalar bo’lib, ibtidoiy odamlar unga ovchilik qurol-yarog’lari, o’rmon va sahroda yashovchi hayvonlarning rasmlarini o’yib ishlaganlar. Osuriya podshohi Ashurbanipal, eramizdan oldingi 5 asrda o’z poytaxtida sopol kitoblarning katta kutubxonasini tashkil qilgan bo’lib, bu kitob namunalari bizgacha yetib kelgan.
Qadim Hindistonda yozuvlar palma barglariga bitilgan. Palma yaproqlarini quritib, ulardan eskiz plastinkalar qirqib olinib keyin tush bilan yozilgan, bu plastinkalar so’ng bir-biriga mustahkamlanib, jildi yaxshi silliqlangan taxtachalardan qilingan, ustiga bezak berilib kitob holiga keltirilgan. Novgorod ruslari qayin po’stlog’ida yozishgan Eramizdan V asr muqaddam Uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga yozish rasm bo’lgan. Bu ham qimmatbaho material bo’lib, madaniyat rivojlanib brogan sayin yozish uchun arzon materialga talab orta brogan.
Olimlar qog’ozni birinchi marta ipak namati tayyorlanayotgan vaqtda paydo bo’lgan deb taxmin qiladilar. Anchagina pishiq, arzon hom ashyodan tayyorlanadigan qog’oz barcha mamlakatlarda keng qo’llana boshladi. Biroq qog’ozni tayyorlashning bu jarayoni juda unumsiz edi, qog’zga talab esa brogan sari ortardi. Keyinchalik xom ashyoni maydalashda o’g’ir o’rniga tegirmon toshidan foydalanila boshlandi, shuning uchun Gazeta qog’ozi eng arzon va ko’p tarqalgan qog’oz turidir. Sifatiga ko’ra uncha pishiq emas, namlikni va yelimni yaxshi singdiradi. Yozuv qog’ozi –sathi silliq, yelim singdirilgan, namlikni kamroq singdiradi.
Narsalarni konstruksiyalash, muqovalash, kartondan yasalgan narsalarniyelimlashda juda qulay. Chizmachilik qog’ozi – eng pishiq va qalin qog’oz. lattadan tayyorlanadi, uning oily navi qo’lda quyiladi. Undan karnaval maskalari, lito va shu kabilarni yasashda foydalaniladi. Rasm qog’ozi – 2-nomerli bo’lib, to’liq sellulozadan tayyorlanadi, uning oily naviga 25%latta qo’shiladi. Qo’l mehnati darslarida, shuningdek chizmalar chizishda foydalaniladi. Rangli va jiloli qog’oz mehnat darslarida keng qo’llanib, aplekatsiya, muqovalash ishlarida foydalaniladi turli naborlarda chiqariladi. Yelimlangan qog’oz – jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim surtilgan qo’l mehnati darslari uchun juda qulay. 5 Rangli jild qog’ozi—turli ranglarda bo’yalgan, jilo berilgan rangli qog’ozning o’rnini bosib, qo’l mehnat darslarida keng qo’llaniladi.
Shagren naqshdor qog’ozi muqova sozlikda va tayyor narsalarning ustidan yopishtirishda , archa o’yinchoqlarini yasashda foydalaniladi. Gulqog’ozning rangi va guli turlicha bo’lib muqovalash, narsalarning ustinidan yelimlash, bezash ishlarida keng foydalaniladi. Kalka qog’oziga shaffoflik berish uchun mum va moy singdiriladi. Yaxshi, sifatli kalka qog’ozining hatto tozalangan joyida ham tush yoyilib ketmasligi kerak.
Kalka qog’oz ―fonus hayol‖ teatrida archa o’yinchoqlari yasash, sahnani bezash, rasmlarni qayta tushirish ishlarida ishlatiladi.
Millimeter qog’oz – sathi bosma to’r shaklida tayyorlanadi. Filtr qog’oz – yelimlanmagan qog’ozdir.
Karton qog’ozi deb 1kv.m 250 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga aytiladi.
Oq karton – uni qirqish oson, o’zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko’p shimadi, ko’pincha yelimdan shishadi ham. Unda mayda narsalarni muqovalashda foydalanish mumkin. Sariq karton oq kartondan ko’ra pishiqroq egiluvchan, yaxshi qirqiladi. Yelimdan shishmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Kulrang karton—oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. Pichoq karton massasidagi qumdan tez o’tmaslashadi. Kartonning bu navidan o’ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyorlanadi.
Rangli karton—yupqa egiluvchan, sathi turli rangda jilo berilgan, ishlov berish oson va ko’rinishi chiroyli. Undan hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash ma’qul. Uning ustidan boshqa narsa yopishtirishga hojat yo’q.
Trafaretlar, shablonlar zamonaviy sanoatda xilma-xil maq- sadlarda keng qo‘llaniladi. Trafaret qalin qog‘oz, yupqa karton, tunuka, selluloid, plastmassadan tayyorlanadigan, yig‘indisi turli murakkablikdagi naqshni yoki biror yozuv matnini tarkib toptiradigan tirqishlar qilingan plastinkadir. Trafaretdan ko‘p marta takrorlanuvchi rasmlar, harflar, yozuvlarni olish mumkin.
Trafaret tayyorlash uchun kerakli shakl (rasm) namunadan nusxa qog‘oz yordamida qalin qog‘ozga tushiriladi yoki qo‘l bilan chiziladi. Tushirilgan shaklning detallari uchi kichik qaychi yoki qalamtarosh bilan qirqib olinadi. Trafaret tayyor bo‘lganda ikkala tasvirni saqlash lozim, chunki undan keyinchalik to‘g‘ri va teskari iz olish mumkin.
Trafaretda turli rangni bosish. Bu holda ranglarning qancha bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lsa, shuncha miqdorda bir xil qog‘oz olinadi. Hamma qog‘oz orasiga nusxa— qog‘oz qo‘yib chiqiladi. Eng ustidagisiga asl rasmni qo‘yib, qora qalam bilan chiziladi. Natijada ayni bir rasmning nusxasiga bo‘linadi. Har bir qog‘ozga qaysi rang berilishini yozib, rasmning shu rang beriladigan qismi qirqib olinadi. So‘ng trafaretni navbat bilan qog‘ozning ustiga qo‘yib, unga tegishli bo‘yoq beriladi.
Shablon to‘la qabul qilingan namuna bo‘lib, keramika sanoatida lagan, likopcha, piyolalar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Maktabga doir va qaytarma shablondan loy va papye-mashe bilan ishlagan- da, simmetrik shakldagi modellarni yasashda foydalaniladi.
Shablon maktabda «Matematika», «Ona tili», «Atrofimizdagi olam» fanlarida keng qo‘llaniladi. Sanash, kim chaqqon, baland-past, qo‘shish, ayirish, gap tuzing kabi jumboqlarni o‘zlashtirishda ham undan foydalaniladi.
Shablon tayyorlash uchun: tasvir qog‘ozga tushiriladi, uni qirqib, rang beriladi (akvarel bo‘yoqda), qurigach loklanadi. Shablonlar bir xil rangli yoki ko‘p bo‘yoqli bo‘ladi.
Tayanch so’z va ibora
Suyak, tosh, hayvonlar terisi, gazeta, yozuv, chizmachilik, rasm qog’ozi, kalka, gulqog’oz.
Savollar:
1.Qog’oz ixtiro qilingunga qadar odamlar nimalarga yozishgan?
2.Sopol kitoblar kutubxonosi
3.Qog’oz turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |