16. Sodda jonivorlar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari, laboratoriya tashxisi.
Patogen sodda jonivorlarga umumiy xarakteristika, klassifikastiyasi, yuqish yo’llari, kasallik turlari, diagnostikasi va profilaktikasi. Xivchin tutuvchi sodda jonivor (leyshmaniya, tripanosoma, lyambliya, trixomonada) qo’zg’atuvchilari yuqish yo’llari, kasallik turlar diagnostikas va profilaktikasi. Sporaviklar (plazmodimalariya, toksoplazmoz, kriptosporidiya) qo’zg’atuvchilari yuqish yo’llari, kasallik turlar diagnostikasi va profilaktikasi. Kiprik tutuvchi sodda jonivorlar (balantidiya, mikrosporidiya, blastostistalar), qo’zg’atuvchilari, yuqish yo’llari, kasallik turlar diagnostikasi va profilaktikasi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: “krosvord yechish” “Bo’sh zveno” “Galereya bo’ylab tur” mavzu bo’yicha testlar, vaziyatli masalalar, videoroliklar, ranglirasimlar.
Adabiyotlar: asosiy (1, 2, 4, 5) qo’shimcha (ing. tilida 7, 9, 13, 15, 21 o’z. tilida 22, 24. Rus. tilida 25, 28, 30, 31, 37,38)
2.3. Laboratoriya mashg’ulotlariga (LM) tavsiya etilgan mavzular
(OMX fakulteti yo’nalishi uchun namunaviy o’quv rejada fan bo’yicha lobaratoriya ishi rejalashtirilmagan).
1. Surtma tayyorlash texnikasi (patologik materiallardan va bakteriyalarning toza kulturalaridan surtma tayyorlash), oddiy usulda bo’yash.
Bakteriologik amaliyotda patologik materiallar va mikrob kulturalaridan surtma tayyorlash va oddiy usulda bo’yash muhim ahamiyat kasbetadi, chunki to’g’ri va yaxshi tayyorlangan surtmani bo’yab mikroskopda ko’rilganda surtmadagi mikroorganizimlarni morfologik ko’rinishlariga qarab ularni bir-birlaridan (shakli, formasi, o’lchami, bir-biriga nisbatan surtmada joylashuvi) farqlash mumkin, bu esa yuqumli kasalliklarni ajratib olishda va ularni identifikastiya qilishda muhim ma’lumot xisoblanadi.
Adabiyotlar: asosiy (1, 2, 3,4,) qo’shimcha (ing. tilida 7,8,17,19, 21. o’z. tilida 22,23. Rus. tilida.25.29, 33,34,36)
2.Bakteriyalarni strukturasi va ularni murakkab usulda bo’yab o’rganish. o’rganish (Ezilgan va osilgan tomchi usulida xarakatchanligini aniqlash, Gramusuli), murakkab bo’yash usuli. Ko’pchilik bakteriyalarda xivchinlar uchraydi, bu xivchinlar ularning harakat organlari hisoblanadi. Shuning uchun bakteriyalar harakatchan va harakatsiz bakteriyalarga bo’linadi. Bakteriyalarni xarakatchanligini aniqlashda ko’plab usullar qo’llaniladi. Bulardan elektron mikroskop orqali ularning xivchinlarini ko’rish, fazolikontrast mikroskopda ko’rish va oddiy mikroskopda “ezilgan” va “osilgan” tomchi usullaridan foydalaniladi. Bakteriyalarni xarakatchanligini oddiy mikroskopda “ezilgan” va “osilgan” tomchi usullarida aniqlash.
Bakteriologik amaliyotda bakteriyalarni strukturalarini o’rganishda murakkab bo’yab o’rganish usullari qo’llaniladi. Murakkab bo’yash oddiy bo’yash usullaridan farqlanib unda birnecha bo’yoqlar, differenstiyalovchi moddalar va protrovalar qishlatiladi. Bu usulda bakteriyalarning strukturasi asosida ularni bir-birlaridan farqlash va ularning strukturalaridagi o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish mumkin. Gram usuli. Qo’yish prinstiplari. Bakteriologik amaliyotdagi ahamiyati.
Adabiyotlar: asosiy (1, 2, 3,4,5) qo’shimcha (ing. tilida 7,8,17,19, 21. o’z. tilida 22,23. Rus. tilida.25.29, 33,34,36)
Do'stlaringiz bilan baham: |