double &rd = d; //d ga rd nomli &-ko'rsatkich
const int &crj = j; //const ko'rsatkich
const short int k = 3; //const o'zgaruvchi - konstanta
cout << rd << endl;
printInt(j);
printInt(crj);
31
return (0);
}
void printInt(const int &i) //...int& i... deb yozish ham mumkin;
{ //kirish argumenti const dir
cout << i << endl;
return;
}
Ekranda:
3.999
10
Ko'rganimizdek, rd ko'rsatkichimiz d o'zgaruvchi qiymatini ekranga bosib chiqarish imkonini beradi. Ko'rsatkich o'rqali o'zgaruchining qiymatini ham o'zgartirsa bo'ladi. &-ko'rsatkichning asosiy hususiyati shundaki mahsus sintaksis - & belgisining qo'yilishi faqat ko'rsatkich e'lonida qo'llaniladi halos. Dastur davomida esa oddiy o'zgaruvchi kabi ishlov ko'raveradi. Bu juda qulaydir, albatta. Lekin ko'rsatkich ishlatilganda ehtiyot bo'lish kerak, chunki, masalan, funksiya tanasi ichida argumentning nushasi bilan emas, uning o'zi bilan ish bajarilayatganligi esdan chiqishi mumkin. const (o'zgarmas) ifodasiga kelaylik. Umuman olganda bu nisbatan yangi ifodadir. Masalan C da ishlagan dasturchilar uni ishlatishmaydi ham. const ni qo'llashdan maqsad, ma'lum bir identefikatorni o'zgarmas holga keltirishdir. Masalan, o'zgaruvchi yoki argument const bilan sifatlantirilsa, ularning qiymatini o'zgartirish mumkin emas. Lekin boshqa amallarni bajarish mumkin. Ularni ekranga chiqarish, qiymatlarini boshqa o'zgaruvchiga berish ta'qiqlanmaydi. const ifodasisiz ham dasturlash mumkin, ammo const yordamida tartibli, chiroyli va eng muhimi kam hatoli dasturlashni amalga oshirsa bo'ladi. const ning ta'siri shundaki, const qilingan o'zgaruvchilar kerakmas
joyda o'zgarolmaydilar. Agar funksiya argumenti const deb belgilangan bo'lsa, ushbu argumentni funksiya tanasida o'zgartirilishga harakat qilinsa, kompilyator hato beradi. Bu esa o'zgaruvchining himoyasini oshirgan bo'ladi. const ning qo'llanilish shakli ko'pdir. Shulardan asosiylarini ko'rib chiqsak.
Yuqoridagi misoldagi const int &crj = j;
amali bilan biz &-ko'rsatkichni e'lon va initsalizatsiya qildik. Ammo crj ko'rsatkichimiz const qilib belgilandan, bu degani crj ko'rsatkichi orqali j o'zgaruvchisining qiymatini o'zgartira olmaymiz. Agar const ifodasi qo'llanilmaganda edi, masalan yuqoridagi double &rd = d; ifodadagi rd ko'rsatkichi yordamida d ning qiymatini qiyinchiliksiz o'zgartirishimiz mumkin. d ning qiymatini 1 ga oshirish uchun d++; yoki rd++;
deb yozishimiz kifoyadir. Yana bir marta qaytarib o'taylikki, &-ko'rsatkichlar e'lon vaqtida initsalizatsiya qilinishi shartdir. Yani quyidagi ko'rinishdagi bir misol hatodir:
Do'stlaringiz bilan baham: |