«AKOL» TASHKILOTI XIZMATCHILARI UCHUN GRIPPGA
QARSHI KO‘NGILLI IMMUNIZATSIYA DASTURI
Qishda grippni osongina yuqtirib olish mumkinligi sizga yaxshi ma’lum. Shuningdek, bu kasallik bir necha hafta davom etishi mumkin. Gripp virusiga qarshi kurashning eng yaxshi usuli bu tanani sog‘lom saqlashdir. Eng avvalo, immun tizimining viruslar bilan kurashishigayordam berishi uchun kundalik badantarbiya bilan shug‘ullanish va meva-Sabzavotlarga boy taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Ushbu yuqumli kasallikning oldini olish uchun qo‘shimcha profilaktika chorasi sifatida «Akol» tashkiloti o‘z xodimlariga grippga qarshi emlanishni taklif etishga qaror qildi. 17-noyabrdan boshlab hafta davomida ishxonada, ish kunining birinchi yoki ikkinchi yarmida emlash o‘tkazish uchun hamshira bilan shartnoma tuzilgan. Emlanish tashkilot xodimlari uchun qulay va bepul.
Do'stlaringiz bilan baham: |