Тузувчи : Файзуллаева Н



Download 13,29 Mb.
bet6/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

Fanni o'qitishdan maqsad – talabalarda makroiqtisodiyot nazariyasi va davlatning makroiqtisodiy siyosati van i tahlil qilish to'g'risida bir tizimga solingan bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.

  1. O’QUV MATERIALLARI




    1. MAVZULAR BO’YICHA MA’RUZALAR MATNI



Kirish

Fanni o’rganishning dolzarbliligi. Iqtisodiyotda barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiya va biznes muhitini yanada yaxshilash, milliy manfaatlarimiz uchun eng qulay tarzda jahon iqtisodiyotiga integratsilashish, iqtisodiy faollik darajasini oshirish kabi vazifalar davlat tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat samaradorligiga, uning ilmiy asoslanganligi hamda real voqelikni hisobga olib o’tkazilayotganligiga bog’liq.

Inflyatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat byudjeti taqchilligini tan olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo’lishini ta’minlanishi respublikamizda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko’lamining oshishi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o’stirishning muhim sharti hamdir.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning respublikamiz prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalariga nazar tashlar ekanmiz ularning barchasi to’g’ridan- to’g’ri yoki bilvosita makroiqtisodiy masalalar ekanligiga amin bo’lamiz.

O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’lidan, mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lidan izchil harakat qilib borar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida ulkan yutuqlarga erishdi.

Ayniqsa, iqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorlik kasb etganligi, mamlakatimizni rivojlantirish borasida keyingi yillarda qayd etilayotgan natijalar bu xulosalar qanchalik asosli ekanligini ko’rsatdi.

Jumladan, Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yil bo’yicha joriy narxlarda O’zbekiston Respublikasi YAIMi 249 trillion 136,4 milliard so’mni tashkil etgan va 2016 yilning mutanosib davriga nisbatan 5,3 foizga o’sgan. YAIM indeks-deflyatori 2016 yil narxlariga nisbatan 118,9 foizni tashkil etgan.

2017 yil yakunlariga ko’ra aholi jon boshiga YAIM 7 million 692 ming so’mni (939,5 dollar) tashkil etgan, bu 2016 yilga nisbatan 3,6 foizga ko’p demakdir.”3.

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, iqtisodiy o’sish jarayonlarini jadallashtirish hamda uni yangi sifat bosqichiga ko’tarish strategiyasini belgilashda iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini, undagi yutuq hamda kamchiliklarni tahlil qilish, aniqlash va baholash muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo’lishni, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ko’nikmalariga ega bo’lishni talab etadi. SHu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni yechish yo’llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda o’rganish dolzarb vazifadir

Makroiqtisodiyott fani ko’rilayotgan masalalarga bog’liq tarzda iqtisodiyot fanlari tizimidagi «Mehnat iqtisodi», «Bank ishi», «Pul.Kredit.Bank.», «Moliya», «Soliqlar va soliqqa tortish», «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar», «Jahon iqtisodiyoti», «Makroiqtisodiy statistika», «Iqtisodiy matematik modellashtirish» hamda boshqa fanlar bilan aloqadorlikka ega.

Halqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki kabi xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatiga qatnashish bir qancha qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Bulardan biri mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni bir xil usul va uslublarda hisoblashdir. Darhaqiqat, mamlakatning iqtisodiy holatini, o‘tkazilayotgan joriy chora-tadbirlarning zarurligini, ularning samarasini baholashda, istiqbolini aniqlashda iqtisodiy tahlil va prognozlash juda katta ahamiyatga ega.



Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish