Тузувчи : Файзуллаева Н


-MAVZU. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASHNING MOHIYATI, PREDMETI VA OB’EKTI



Download 13,29 Mb.
bet118/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

9-MAVZU. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASHNING MOHIYATI, PREDMETI VA OB’EKTI
Reja:

9.1. Iqtisodiy prognozlash tushunchasi, uning mohiyati va funksiyasi.

9.2. Prognoz, gipoteza va reja xaqida tushuncha.

9.3. Prognozlashtirish ob’ektining tizimli tahlili.

9.4. Prognoz turlarining klassifikatsiyasi

9.5. Prognozlar tasnifi

9.6. Prognozlashtirish tamoyillari

9.7. Makroiqtisodiy prognozning ob’ekti, predmeti va amaliy ahamiyati

9.8. Makroiqtisodiy jarayonlarni prognozlash tizimi
9.1. Iqtisodiy prognozlash tushunchasi, uning mohiyati va funksiyasi
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, kelajakni baholamasdan uning rivojlanish istiqbolini prognozlashsiz tasavvur qilish qiyin. Rejali ijtimoiy xo‘jalik yuritish sharoitida iqtisodiy prognozlar jamiyat rivojlanishining mumkin bo‘lgan maqsadlarni ularga erishishni ta’minlovchi iqtisodiy resurslarni, uzoq muddatli, o‘rta muddatli va joriy rejalarning ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan va iqtisodiy jihatdan samarali variantlarni aniqlash uchun, iqtisodiy va texnik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, qabul qilinayotgan qarorlarning natijalarini prognozlash va har bir muayyan vaqtda aniq tadbirlarni, faoliyatni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Bozor islohotlari va ilmiy-texnik taraqqiyotni takomillashtirish sharoitida prognozlash ijtimoiy rivojlanishining strategiya va taktikani shakllantirishning hal qiluvchi ilmiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Insonning aqliy faoliyati mobaynidagi eng asosiy va muhim jihatlardan biri – bu kelajakni oldindan bashorat qilishdir.

Bugungi kunda oldindan bashorat qilishning ikki xildagi ko‘rinishi mavjud – ilmiy bashoratlash hamda ilmiy asoslanmagan bashoratlash. Ilmiy asoslanmagan bashoratlash – insonning topqirligi, sezgirligi bilan bog‘liq bo‘lgan bashoratlashlarni o‘z ichiga oladi.

Ilmiy bashoratlashning oddiy bashoratlashdan prinsipial farqi shundaki, ilmiy bashoratlash orqali kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisa to‘g‘risida ishonchliroq va aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bu orqali esa amaliyotda eng muhim va maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ilmiy bashoratlashning xilma-xil shakllari orasida eng ko‘p tarqalgan turlaridan bittasi prognozlashtirish hisoblanadi.

Prognoz shu paytgacha hech bir til tizimida hali kuzatilmagan ehtimolli voqeani atamalar orqali qayd etishga, biror bir ob’ekt, jarayon, hodisaning holatini uzoq yoki yaqin kelajak uchun qayd etishga yordam beradi.

Prognozni ishlab chiqishda tekshirilgan, aniq va ziddiyatga uchramaydigan prognozlashtirish metodidan foydalanish lozim. Ana shundagina, prognozni shaxsiy intuitiv tarzda emas, balki ilmiy asoslangan tarzda ishlab chiqilganligini etirof etish mumkin. Qolaversa, prognozlashtirilgan voqea-hodisaning realizatsiyasini kelajakda tekshirish usullari ham aniq bo‘lishi shart.

Shunday qilib, prognoz – bu kelajakda, ma’lum bir muddat oralig‘ida ob’ekt, hodisa yoki jarayonlarning rivoji samarasi hamda ularning ehtimolli yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ilmiy-uslubiy asoslangan mulohaza hisoblanadi.

Prognozlashtirish sohasi keng qamrovli va xilma-xildir. Bugungi kunda geografik, geologik, ekologik, tibbiy prognozlashtirish, ilm-fan va texnika prognozi, iqtisodiy, sotsiologik, harbiy prognozlashtirish, tashqi-siyosiy, yuridik, madaniy-estetik va boshqa turdagi prognozlashtirish sohalarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.


Гипотезалар
.


Прогнозлар








Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish