Тузувчи : Файзуллаева Н


Soliq faoliyatining tahlili



Download 13,29 Mb.
bet96/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

Soliq faoliyatining tahlili

Daromadlarning etarli miqdorini samarali yig‘ish har qanday soliq tizimining eng muhim vazifasidir. Aniqroq aytganda, soliq tizimining vazifasi  iqtisodiy resurslarni xususiy foydalanuvchilardan davlatga tartibga solib va noinflyasion uzatishdir. Soliq faoliyati nomi bilan ma’lum bo‘lgan uslubiyatdan foydalanib, daromadlar yig‘ish unumdorligining me’zonini aniqlash mumkin.

Daromadlar olish tizimi unumdorligini baholash asosida yotgan savol shundaki, DBO zarurat tug‘ilganda daromadlar tushumi darajasini minimal salbiy oqibatlar bilan oshira oladimi? Bu kontaktda soliqlar yig‘ish samaradorligining eng keng qo‘llaniladigan indikatori soliq tushumlarining nisbati yoki haqiqiy soliq koeffitsientidir. Hukumatning soliq yig‘ish bo‘yicha faoliyati umumiy tavsifi uchun turli mamlakatlarda soliqlarning YAIMga nisbati hisoblanadi. Lekin haqiqiy soliq koeffitsientini soliq faoliyatini baholash uchun qo‘llash noto‘g‘ri natijalar berishi mumkin, chunki haqiqiy soliq koeffitsienti uning salohiyatining eng mos keluvchi indikatori YAIM deb hisoblab, bu mamlakat soliq salohiyatini hisobga olmaydi.

Soliq salohiyati o‘rta intensivlikka ega soliq bazalardan foydalaniladigan soliq tushumlari darajsidir. SHunday qilib, “soliq faoliyatining koefitsenti” haqiqatda yig‘ib olingan soliqlarning soliq valyutasiga nisbatidir. Soliq salohiyati  aniq ko‘rsatkich emas, lekin u umuman olganda soliqqa tortishning samardorligini baholashga imkon beradi. Soliq salohiyati 3 ta asosiy omil bilan aniqlanadi:



  • iqtisodiyotning ochiqlik darajasi;

  • uning rivojlanish va daromadlar darajasi;

  • daromadlarning tarkibi.

Soliq faoliyatining tahlili soliq yig‘ishning samaradorligini baholashga yordam bersada, u kamchiliklarga ega ekani aniq. Bu me’yoriy ko‘rsatkich emas, chunki soliq faoliyati o‘rta darajadan past bo‘lgan mamlakatlarda ham, soliq koeffitsienti milliy afzalliklarni hisobga olish uchun etarlicha bo‘lishi mumkin. Soliq faoliyatining tahlili o‘z xarakteriga ko‘ra, juda statikdir, chunki u bu tahlil vaqtli xarakterga ega hollardan tashqari soliq koeffitsientlari faoliyatidagi tez o‘zgarishlarni hisobga olmaydi. Dinamika nuqtai nazaridan eng maqbul indikator bo‘lib soliq tushumlarining YAIMga nisbatan elastiklik koeffitsienti xizmat qiladi.

Davlat harajatlari  bu, tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish va daromadlar transfertlari bo‘yicha davlat organlari faoliyatini moliyalashning sarflaridir. Davlat ikki turdagi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaradi: bevosita aholi individual yoki jamoa asosida iste’mol qiladigan tovarlar (masalan, jamoa transporti va milliy bog‘lar) va ishlab chiqarish omillaridan yanada samaraliroq foydalanishga imkon beruvchi tovarlar va xizmatlar (masalan, portning sanoat inshootlari). Infratuzilmaga ko‘p xarajatlar, shu jumladan yo‘llar ikkala kategoriyani o‘z ichiga oladi. Ayrim davlat xarajatlari, masalan, nafaqalar va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar uy xo‘jaliklari va tijorat korxonalari uchun bevosita transfertlardir. Keyingi bo‘limlarda davlat harajatlarining asosiy kategoriyalari ko‘rib chiqiladi, bunda asosiy e’tibor subsidiyalarga, davlatning roliga, davlat xarajatlarining makroiqtisodiy ta’siri hamda makroiqtisodiy nazarlar bilan davlat harajatlari tarkibiy jihatlari orasidagi o‘zaro munosabatga qaratiladi.

Davlat xarajatlarini baholashda tegishli tahliliy yondashuvdan foydalanish muhimdir. Ushbu tizimli yondashuv muayyan unsurlardan iborat:


  • makroiqtisodiy yondashuvga to‘g‘ri keladigan yalpi xarajatlar va byudjet balansining darajasi;

  • qator tovarlar va xizmatlar etkazib berishda xususiy sektordan ratsional foydalanish (hatto ijtimoiy tovarlarni etkazib berish, tashqi samarani ta’minlash va aholi ijtimoiy himoyasi tizimidan foydalanuvchilarga nafaqalarni berish bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshirishga birinchi navbatda davlat moliyalashi zarur bo‘lgan hollarda, ya’ni xususiy bozor ta’minlamaydigan yoki etarli darajada ta’minlamaydigan hollarda);

  • xarajatlarni ham bir dastur, ham turli dasturlarning o‘zaro ta’siri natijasida olingan natijaga ko‘ra taqsimlash;

  • barcha sektorlar va dasturlar orasida mablag‘larni balanslashtirib taqsimlash maqsadida ushbu dasturlar yoki sektorlarga joriy xarajatlarni va kapital qo‘yilmalarni batafsil tahlili;

  • yalpi xarajatlarni cheklash va sarflanayotgan mablag‘larni samarador hamda adolatli taqsimlash uchun byudjet tashkilotlarini stimullar va yo‘riqnomalarni qo‘llab batafsil tahlil qilish.

Xarajatlar strategiyasi korrektirovkalari ko‘pincha byudjetni anchaga qisqartirishni talab qiladi. Amalda soliq stavkasini oshirish bilan bog‘liq salbiy oqibatlar va daromadlarning boshqa manbalari yo‘qligi byudjetni asosan xarajatlarni qisqartirish hisobiga kamaytirishga majbur qilishi mumkin.


Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish