Joriy operatsiya hisobi defitsitining ma’qullangan miqdori. Agar joriy operatsiya hisobi defitsiti prognozlashtirilayotgan bo‘lsa, defitsitni moliyalashtirishni ta’minlash va qarz berish bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni chetlab o‘tish imkonini beruvchi hajmdagi kapitallar oqimiga davlat kafolat bera olisholmasligi muhim hisoblanadi. Mamlakatning chet el valyutasini qo‘lga kiritish imkonini kengaytiruvchi, tashqi qarz bo‘yicha ma’qul pozitsiyasini ta’minlash zayom vositalaridan samarali foydalanishni talab qiladi. Boshqa muhim omillar sirasiga makroiqtisodiy siyosatning asoslanganligi, tashqi shart-sharoit, shuningdek, kreditorlarning davlatga berilgan kreditlar summasini oshirishga tayyorligi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |